So’nggi yangiliklar

12:14"Барселона" келаси ёз учун иккита топ-трансферни режалаштирган  0 11:33Месси Жаҳон чемпионатида қатнашадими?   2 10:47Юлиан Нагельсман кечаги мағлубиятдан сўнг шогирдларини кескин танқид қилди  2 10:15МЮ Онанани ижарага бериши мумкин  3 09:40Бразилиялик бизнесмен бутун бойлигини Неймарга қолдирди  16 09:20Италия терма жамоасининг собиқ устози "Фенербахче"ни бошқаришга асосий номзод  2 09:00Месси ўйиндан олдин кўз ёшларини тўхтата олмади. Баҳс якунидан сўнг мухлислар билан хайрлашди  8 08:35ЖЧ-2026. Яна учта терма жамоа мундиал йўлланмасини қўлга киритди  9 08:06CAFA Nations Cup. Бугун Қирғиз Республикасига қарши майдонга тушамиз  12 07:39ЖЧ-2026 саралаш. Аргентина, Бразилия ва Уругвай йирик ҳисобда ғалаба қозонди  6 01:45ЖЧ-2026 саралаши. Германия мағлуб бўлди, Нидерландия дуранг ўйнади ва бошқа натижалар билан танишинг  9 01:20Валерий Карпин: "Иорданиядан бунақасини кутмагандик"  12 00:51Родри: "Бу жароҳат менинг фаолиятимни узайтирди"  1 00:33Даниэль Леви 24 йилдан сўнг "Тоттенхэм"дан кетди  1 00:03Ўртоқлик учрашуви. Россия - Иордания ўйинида голлар урилмади  5

A Seriya. Turning markaziy uchrashuvi yana Rimda bo'ladi Yangiliklar

A Seriya. Turning markaziy uchrashuvi yana Rimda bo'ladi

Italiya A Seriyasida bugun 5-tur uchrashuvlariga start beriladi.


O'tgan turda Italiya A Seriyasida peshqadamlar ochko yo'qotishmadi. "Inter" "Krotone"ni so'nggi daqiqalarda mag'lub etdi.  "Napoli" debyutant "Benevento"ga umuman imkoniyat qoldirmadi. "Yuventus" esa "Sassuolo"dan safarda ustun keldi. Dibalaning benefisiga aylangan bahsda argentinalik hujumchi navbatdagi xet-trigini nishonladi.

SHu tariqa "Yuventus", "Inter" hamda "Napoli" jamoalari turnir jadvalida peshqadamlik qilishda davom etishmoqda.

"Lacio" esa oson bo'lmagan safardan o'zi kerakli 3 ochko bilan qaytdi. CHiro Immobile o'zining ajoyib o'yinlari va gollari bilan yana jamoasi joniga oro kirdi.


Mag'lubiyat alamini tatib ko'rmagan jamoalar to'qnashuvi - "Torino" - "Sampdoriya" uchrashuvi gollarga boy tarzda o'tdi. Ammo bu bellashuvda g'olib aniqlanmadi. Yani, jamoalar mag'lubiyatsiz seriyalarini davom ettirishdi.

Rimdagi "tarsaki"dan keyin o'ziga kelgan "Milan"ga esa bu safar "Udineze" ustidan Nikola Kalinichning dubli muhim g'alabani keltirdi.

"Roma" o'z uyida "Verona" bilan ortiqcha muammolarga duch kelmadi. Eysebio di Franchesko jamoasi yirik g'alabani qo'lga kiritdi.


A Seriya, 4-tur. Turnir jadvali

16 sentyabr, shanba.

"Krotone" - "Inter" 0:2
"Fiorentina" - "Bolonya" 2:1
"Roma" - "Verona" 3:0

17 sentyabr, yakshanba.

"Sassuolo" - "Yuventus" 1:3
"Milan" - "Udineze" 2:1
"Napoli" - "Benevento" 6:0
"SPAL 2013" - "Kalyari" 0:2
"Torino" - "Sampdoriya" 2:2
"Kevo" - "Atalanta" 1:1
"Jenoa" - "Lacio" 2:3


O'tkazilgan 10 uchrashuvdan to'rttasida mezbonlar, yana shunchasida mehmonlar g'alaba qozonishdi va qolgan ikkita bahsda durang qayd etildi.

Bu turda jami 34ta gol kiritildi. Bularning 19tasini mezbon jamoalar urishgan bo'lsa, mehmonlar 15tasi mehmonlar hisobiga yozildi.

A Seriyada "Yuventus" hujumchisi Paulo Dibala 8ta gol bilan to'purarlar bahsida peshqadamlikni o'z qo'liga olgan. Dibala joriy mavsumda maydonni golsiz tark etmayapti. Ikkita o'yinda xet-trik qayd etgan argentinalik futbolchi, qolgan ikkita uchrashuvda bittadan gol kiritishga muvaffaq bo'ldi.

Eng yaxshi assistent esa "Napoli" azosi Lorenco Insine bo'lib turibdi. Ushbu futbolchi jamoadoshlarining 4ta goliga hammualliflik qilgan.


A Seriya 4-turining ramziy terma jamoasi (4-3-3):

Darvozabon: Alessio Krano ("Kalyari")

Himoyachilar: Davide Kalabriya ("Milan"), Milan Skrinyar ("Inter"), Kulibali ("Napoli"), Gulyam ("Napoli")

Yarim himoyachilar: Raja Naingolan ("Roma"), Adam Lyayich ("Torino"), Federiko Keza ("Fiorentina")

Hujumchilar: Paulo Dibala ("Yuventus"), Dris Mertens ("Napoli"), Nikola Kalinich ("Milan")


5-turni ochib beradigan o'yin "Bolonya" hamda "Inter" o'rtasida kechadi. Ketma-ket ikkita turdan buyon ishi yurishmayotgan "Bolonya" o'z uyida peshqadamlar safida ketayotgan "Inter"ni mehmon qiladi.

Ushbu jamoalar o'rtasidagi bellashuvlarda "Bolonya" jamoasi so'nggi bor 2013 yilda "Inter"ni mag'lubiyatga uchratgan. Bugun o'sha noxush seriyasiga chek qo'yish maqsadida maydonga tushadigan mezbonlarga oson bo'lmasligi aniq.

Ertaga esa turning qolgan to'qqizta uchrashuvi bo'lib o'tadi.

Turinda "Yuventus" o'zining principial raqiblaridan biri "Fiorentina"ni qabul qiladi. Stefano Pioli Allegriga taktik kurash taklif etadigan bahsda "Fiorentina"ning imkoniyatlari qanday? "Yuventus"ga A Seriyada hozircha faqat "Jenoa" jiddiy qarshilik ko'rsatib ko'rdi. Qolgan o'yinlarda Allegri jamoasi ortiqcha qiyinchiliksiz o'ynamoqda. Bu turda esa jamoa yana qiynalishi mumkin.

"Milan" esa yana uyida o'yin o'tkazadi. Bu safargi raqib Montella jamoasini ko'p ham terlatib qo'ymasligi mumkin. Uzoq tanaffusdan so'ng A Seriyaga qaytgan "SPAL 2013" hozircha chempionatga to'liq moslashib ulgurgani yo'q. SHu boisdan bu to'qnashuvda favorit aniq.

"Roma" ham oson safarga yo'l olmoqda. A Seriya debyutantiga qarshi o'yinda "Roma"ga faqatgina o'zlari halaqit berib qolishlari mumkin. Yani raqibni mensimaslik oqibati "Roma"ga qimmatga tushishi mumkin.

Turning markaziy o'yini shubhasiz Rimda bo'ladi. CHiro Immobile bilan chaqnayotgan "Lacio" Dris Mertensi bor "Napoli"ni qabul qiladi. Simone Inzagi endi Rimda Mauricio Sarriga mehmondorchilik uyushtirib beradi. "Napoli" "Milan" Rimda qanday ahvolga tushganini yaxshi biladi. SHu boisdan ham Sarri buyog'iga raqibga qarab taktika ishlab chiqishi kerak. CHunki "Lacio" o'z uyida har qanday jamoani esankiratib qo'yishi mumkinligini amalda ko'p isbotlamoqda. "Napoli" esa ancha "pishgan" va jiddiy chorlovlarga ko'nikkan tajribali jamoaga aylanib ulgurgan. Ushbu qarama-qarshilik shubhasiz turni bezagiga aylanadi.


A Seriya, 5-tur. Turnir jadvali

19 sentyabr, seshanba.
"Bolonya" - "Inter" (23:45)

20 sentyabr, chorshanba.
"Benevento" - "Roma" (21:00)
"Milan" - "SPAL 2013" (23:45)
"Lacio" - "Napoli" (23:45)
"Yuventus" - "Fiorentina" (23:45)
"Verona" - "Sampdoriya" (23:45)
"Jenoa" - "Kevo" (23:45)
"Kalyari" - "Sassuolo" (23:45)
"Atalanta" - "Krotone" (23:45)
"Udineze" - "Torino" (23:45)


Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика