So’nggi yangiliklar

07:30Эрон ОАВси. Сергеев "Персеполис" билан шартнома имзолади  0 03:15Африка кубоги. 1/8 финал. Мали пенальтилар сериясида Тунисни мағлуб этди, Сенегал эса Судан устидан зафар қучди  0 03:03Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди  24 03:00А Серия. "Аталанта" ўз уйида "Рома"ни мағлуб этди  1 02:11Саудия Арабистони Про лигаси. "Ал Иттиҳод" ўз майдонида рақобатчисини мағлуб этди  0 00:26АПЛ. "Арсенал" 5 та гол урилган ўйинда меҳмонда "Борнмут"ни мағлуб этди, Райсдан дубль!  12 23:59А Серия. "Ювентус" ўз майдонида "Лечче"ни мағлуб этолмади  4 23:35Ўзбекистон ва Озарбайжон чемпионлари Анталияда ўзаро ўйнашади  3 23:17БАА чемпионати. "Ал Батаэҳ" ўз майдонида "Дибба"га мағлуб бўлди, ўзбекистонлик икки ўйинчи баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  2 22:30"Астон Вилла" кетма-кет 11 уй ўйинида ғалабага эришди  6 22:12АПЛ. "Вулверхэмптон" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  3 21:49"Қизилқум" 4 футболчиси билан хайрлашди  0 21:25Фарьоли "Челси"га бормаслигини айтди  3 21:02"L’Equipe" йил рамзий термасини эълон қилди  2 20:46"Пахтакор"нинг Туркиядаги илк йиғинидаги рақиблари маълум қилинди  0

A Seriya. "Yuventus" yirik hisobda g'alaba qozondi, Ronaldu qaytishini dubl bilan nishonladi Yangiliklar

A Seriya. "Yuventus" yirik hisobda g'alaba qozondi, Ronaldu qaytishini dubl bilan nishonladi

Italiya chempionati 6-turidan joy olgan "Speciya" – "Yuventus" uchrashuvi matnli translyaciyasini ushbu sahifada kuzatib bordingiz.


Speciya – Yuventus 1:4 

«Dino Manucci»

Gollar: Pobega 32' - Morata 14', Ronaldu 59', pen. 76', Rabo 67'

Speciya – Provedel, Terci (Ismayli, 88), Ferrer, SHabo (Dell'Orko, 73), Bastoni, Pobega (Esteves, 73), Bartolomei, Richchi, Verde (Agudelo, 46), Farias (Gyasi, 73), Nzola.

Yuventus – Buffon, Demiral, Bonuchchi (Frabotta, 78), Danilo, Bentankur (Rabo, 62), Kuadrado, Artur, Makkenni (Remzi, 62), Keza, Dibala (Ronaldu, 56), Morata (Kulushevski, 78).

Ogohlantirishlar: SHabo (50), Rabo (69), Bartolomei (75), Esteves (87).


Bahs o'z nihoyasiga etdi. Xizmatingizda SHerzod Nurmatov bo'ldi. Keyingi o'yinlarda g'oyibona ko'rishguncha! 

90+2. Zarba! Estevezning zarbasi noaniq ketdi. 

90+2. "Yuventus" qarshi hujumga o'tdi, Ronalduning noto'g'ri pasi orqali vaziyat yakuniga etdi.  

Ikkinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shildi. 

90. O'yinda "pauza" yuzaga keldi. Raboga tibbiy yordam zarur. 

88. "Speciya"da o'zgarish: Terci o'rniga Ismayli tushirildi. 

87. Ronaldu tezlik bilan oldinga o'tib bordi, lekin Esteves unga nisbatan qo'pollik ishlatdi va sariq oldi. 

84. Mezbonlar vaziyat yaratishga harakat qilishmoqda, biroq "keksa sinora" bunga jiddiy qarshilik ko'rsatmoqda. 

81. To'pga egalik qilish bo'yicha statistika: 44% - 56% 

78. "Yuventus"da 2 ta almashtirish: Bonuchchi o'rniga Frabotta, Morata o'rniga Kulushevski tushdi.  

76. GOOOOOOOOOOOL! Ronaldu 11 metrlik nuqtadan gol urdi!  1:4! 

75. PENALTI!!!  Bartolomei Kezani yiqitdi.

73. "Speciya"da 3 ta o'zgarish: Farias o'rniga Gyasi, SHabo o'rniga Dell'Orko, Pobega o'rniga Esteves tushirildi. 

70. Zarba!  Bartolomeining zarbasiga aniqlik etishmadi, uni Nzola pas bilan taminlagandi. 

69. Rabo Ferrerga nisbatan qo'pollik ishlatdi va sariq kartochka oldi. 

67. GOOOOOOOOOOOOOOOL! Rabo!  Ox qanday gol!  U ajoyib texnika ustasi ekanligini namoyish etib, raqiblarini aldadi va darvozaga to'p kiritdi. 

64. GOOOL!  Agudelo hisobni tenglashtirdi. Yo'q, ofsayd! 

62. "Yuventus"da 2 ta o'zgarish: Makkenni o'rniga Remzi, Bentankur o'rniga Rabo tushirildi. 

59. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Ronaldu birga-bir vaziyatda darvozabonni aldab o'tib, gol urdi – 1:2!  Morata golli uzatmani qayd etdi. 

58. Morata - Ronaldu - Makkenni kombinaciyasidan keyin to'p himoyagacha qaytib keldi. 

56. "Yuventus"da o'zgarish: Dibala o'rniga Ronaldu tushdi.

54. Ronaldu faol mashg'ulotlarga kirishdi. Oz qoldi. 

53. Zarba!  Bartolomeining kuchli zarbasi yo'liga Danilo to'g'anoq bo'ldi. 

52. Zarba!  Bastonining zarbasi Kuadradoga tegib qoldi. 

50. Makkennini yiqitgan SHabo ogohlantirildi. 

48. Kezaning uzatmasi Nzola tomonidan qaytarib qolindi. 

46. "Speciya"da o'zgarish: Verde o'rniga Agudelo o'yinni davom ettiradi. 

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi! 

Uni maydonga tushishini kutyapsizmi? 

1-taym tugadi. Hozircha hisob – 1:1. Tanaffus! 

Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shildi. 

44. Uuuxx! Morata tezlik bilan ichkariga kirib borib, Makkenniga pas berdi, himoyachi bilan kurash olib borgan futbolchi esa darvozaga yo'l topishda adashdi, burchak to'pi. 

40. Hozirgina maydonga qaytgan Nzola va Bonuchchi o'zaro to'qnashib ketishdi. Bonuchchi belidan biroz lat edi.  

39. Bir necha daqiqa davomida Nzolaga tibbiy yordam ko'rsatildi va u maydonga qaytishga ham ulgurdi. 

37. O'yinda to'xtalish yuzaga keldi. 

34. "Yuventus" deyarli har o'yinda gol o'tkazib yuboryapti, Pirloning tanbehi TVda eshitilib turibdi. 

32. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOLLL! Pobega hisobni tenglashtiridi – 1:1!  To'p rikoshet orqali darvoza to'ridan joy oldi. 

31. "Speciya"dan ajoyib hujum. Nzolaning samarali harakatni amalga oshirdi va Richchiga pas berdi, uning zarbasi esa kuchsiz bo'ldi. 

29. Uuuuxx!  Keza ishonch bilan bir nechta raqibini aldab o'tib, ichkariga kirib bordi, biroq uning zarbasi himoyachilarga tegib qoldi. 

27. Kezaning qanotdan uzatgan to'piga astoydil intilgan Makkenni raqib posboni Provedelga nisbatan qo'pol o'ynadi. 

25. To'pga egalik qilish bo'yicha statistika: 36% - 64% 

23. GOOOL! Morata!   Eh, Morata...Morata... u ofsaydda turgan ekan. 

20. Birinchi bo'limning duyarli yarmi o'tib bo'ldi. Mezbonlar ko'p xato qilishyapti, "keksa sinora" esa bundan foydalanib qolyapti.

18. Qanday vaziyat!  Moratadan markaz tomon ajoyib pas, Keo'aning zarbasi ozgina noaniq ketdi. 

17. "Speciya" raqib hujumini bartaraf etishga intilmoqda, ammo turinliklar hozircha ishonch bilan to'p tepishyapti.

16. Hakam gol urilgan vaziyada ofsayd bor yoki yo'qligini tekshirdi va gol inobatga olindi. 

14. GOOOOOOOOOOOOOOOOLL! Morata!  0:1!  Alvaro Makkenning qulay pasidan unumli foydalandi. 

13. Dibaladan yana bir yurish. Bu gal qanotdan. U to'pni ichkariga uzatdi, ammo to'pga na Morata, na Keza ulgurdi.

12. SHabo Makkennini yiqitdi, jarima to'pi belgilandi. 

11. Uuuxx! Dibalaning qoyilmaqom zarbasiga ozgina aniqlik etishmadi.  Ushbu vaziyatda ofsayd qayd etildi. 

8. Zarba!  Keza chap qanotdan ichkariga uzatmani qayd etdi, Morata bosh bilan zarba berdi, ammo noaniq.

6. Zarba!  Dibala Morataga pas berdi, uning zarbasi o'tkir burchak tomon yo'naltirildi, to'p darvoza to'riga borib tushdi, biroq tashqi tomondan. 

4. Terci pressing ostida qolib ketdi, ammo shunga qaramay raqibni o'z jarima maydoni tomon borishiga yo'l qo'ymadi.

2. "Yuventus" ustunlikni o'z qo'liga olishga shoshilmayapti, "Speciya" to'pga egalik qilmoqda. 

1. O'yinga start berildi! 

Uni zaxirada ko'rish g'alati, lekin bu haqiqat

- Italiya chempionati madhiyasi yangrab o'tdi. 

- Diqqat qilamiz!  Futbolchilar maydonga chiqib kelishmoqda. 

CHigil yozdi mashg'ulotlar yakunlandi

"Yuve" stadionda

"Yuventus" 123 yillik tarixi davomida 3 ta jamoani mag'lub eta olmagan, ulardan biri aynan "Speciya". Demak, qiziq bo'ladi. Kuzatamiz! 

Tarkiblar elon qilindi

- Bahs Toshkent vaqti bilan 19:00 da boshlanadi. 

- Assalomu alaykum, qadrli futbol ixlosmandlari! Bugun A Seriya 6-turida "Yuventus" "Speciya" mehmoni bo'ladi. Ushbu o'yinni yaqin 2 soat ichida siz bilan birgalikda tomosha qilib boramiz.  

Reyting: +24   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика