So’nggi yangiliklar

01:57Ла Лига. Арда Гюлер "Реал"га ғалаба тақдим қилди!  53 01:40Меҳди Тареми Италия чемпиони сафига қўшилади! (Фабрицио Романо)  0 01:24Арда Гюлер ажойиб натижа қайд этмоқда  0 01:12"Арне Слот – "Ливерпул"нинг янги бош мураббийи!" – Фабрицио Романо  6 00:55Жасур Жалолиддинов: "Бу жамоа билан анча олдин бошланган ўзаро ҳисоб-китобимиз бор эди"  4 00:45U-23 Осиё кубоги. Ироқ минимал ҳисобда Вьетнамни енгди ва ярим финалга йўл олди. Кейинги рақиб – Япония  17 00:40U-23 Осиё кубоги. Ўзбекистон - Саудия Арабистони 2:0  3 00:25Хосе Венансио Лопес Эронга қарши учрашувдан кейин қандай фикрлар билдирди?  5 23:46"Персеполис" Ўрунов гол урган ўйинда пенальтилар сериясида мағлубиятга учраб, Эрон кубогини тарк этди  3 23:20Саудия чемпионати. "Ал Ҳилол" - "Ал Фатех" 3:1   1 23:15Футзал бўйича Осиё Кубоги. Таиланд - Тожикистон 3:3 (пенальтилар 6:5)  0 23:10Футзал бўйича Осиё Кубоги. Вьетнам - Қирғиз Республикаси 2:3  0 22:58Ўзбекистон олимпия терма жамоаси бош мураббийи Тимур Кападзе Саудия Арабистони устидан қозонилган ғалабадан сўнг (2:0) нималар деди? (тўлиқ матбуот анжумани)  39 22:11Ўзбекистон футзал термаси Осиё кубоги бронза медали учун Тожикистонга қарши ўйнайди (турнир сеткаси)  6 21:35Футзал бўйича Осиё Кубоги. Ўзбекистон финал остонасида Эронга пенальтилар сериясида мағлуб бўлди  95

A Seriya. SHomurodovning debyut uchrashuvida "Napoli" yirik hisobda g'alaba qozondi Yangiliklar

A Seriya. SHomurodovning debyut uchrashuvida "Napoli" yirik hisobda g'alaba qozondi

A Seriyaning 21-turi doirasidagi "Speciya" - "Napoli" bahsi bo'lib o'tdi.

"Speciya" – "Napoli" 0:3
5 fevral, "Alberto Pikko" o'yingohi
Gollar
: 0:1 – 47, Kvaracxeliya penalti, 0:2 – 68 Osimxen, 0:3 – 73 Osimxen.

"Speciya" – Drongovski, Amyan, Nikolau, Kaldara (Cipot, 76), Ampadu, Reca, Burabiya, Agudelo, Espozito (Visnevski, 86), SHomurodov (Krollis, 76), Verde (Maldini, 76).

"Napoli" – Meret, Di Lorenco, Rraxmani, Kim Min Je, Mariu Ruy (Olivera, 74), Lobotka, Zelinski (Elmaz, 62), Zambo-Angissa, Losano (Politano, 46), Osimxen (Simeone, 82), Kvaracxeliya (Ndombele, 74).

Ogohlantirishlar: Ampadu (16), Losano (19), Kaldara (50), Zelinski (52), Reca (85).


Spezia

Serie A . 21-tur

05/02/2023, 15:30

3
:
0
Tugadi

SSC Napoli

Khvicha Kvaratskhelia - 47', Victor Osimhen - 68', Victor Osimhen - 73'

Stadion: Stadio Alberto Picco, 10336 tomoshabin

Bosh hakam: Marco Di Bello

45'
90'
16'  Ethan Ampadu
51'  Mattia Caldara
76'  Mattia Caldara (Raimonds Krollis)
77'  Eldor Shomurodov (Daniel Maldini)
77'  Daniele Verde (Tio Cipot)
85'  Arkadiusz Reca
86'  Salvatore Esposito (Przemyslaw Wisniewski)
19'  Hirving Lozano
46'  Hirving Lozano (Matteo Politano)
47'  Khvicha Kvaratskhelia
52'  Piotr Zielinski
62'  Piotr Zielinski (Eljif Elmas)
68'  Victor Osimhen
73'  Victor Osimhen
73'  Khvicha Kvaratskhelia
74'  Mario Rui (Mathias Olivera)
74'  Khvicha Kvaratskhelia (Tanguy Ndombele)
82'  Victor Osimhen (Giovanni Simeone)


Ushbu sahifada uchrashuvning matnli translyaciyasini kuzatib borishingiz mumkin bo'ldi. 

YANGILASH


Bo'ldi, hakam qo'shib bergan daqiqalar ham ortda qoldi va final hushtagi chalindi. Taxmin qilganimizdek, "Napoli" ishonchli g'alabaga erishdi. SHu faqatgina kutganimiz, SHomurodovning golini ko'rmadik.

90-daqiqa. O'yinning asosiy vaqtiga 3 daqiqa qo'shib berildi.

86-daqiqa. O'zgarish! Salvatore Espozito o'rnini Pshemislav Vishnevskiga bo'shatib berdi. 

85-daqiqa. Ogohlantirish! Hakam Arkadiush Recaga sariq ko'rsatdi.

82-daqiqa. O'zgarish! Viktor Osimxen uchun ham o'yin tugadi. Uning o'rnini Jovanni Simeone egalladi  

81-daqiqa. "Napoli" to'p bilan. O'yin kartinasi deyarli o'zgarmayapti. 

76-daqiqa. O'zgarishlarEndi chindan tarqalamiz. Eldor SHomurodov o'rniga Daniele Maldini o'yinga qo'shildi. SHuningdek, Daniele Verde va Mattia Kaldara o'rniga Raymond Krollis va Cipot tushdi.       

75-daqiqa. Matteo Palitano Espozitoga nisbatan o'yin qoidasini buzdi.  

74-daqiqa. O'zgarishlar! Luchano Spaletti o'yin taqdiri hal qilinganiga ishondi chog'i, Xvicha va Mariu Ruy o'rniga Tangi Ndombele hamda Matias Oliveyra tushirildi. 

73-daqiqa. GOOOOOL! Endi Mattia Kaldara raqibga gol sovg'a qildi. Kvaracxeliyaning uzatmasidan keyin Osimxen to'pni darvozaga yo'llab, hisobni yirik ko'rinishga olib keldi. 

73-daqiqa. Osimxen va Xvichaning navbatdagi yurishini Drangovskiy to'xtatib qoldi.

70-daqiqa. Futbolchilar tobora charchab, asablari ham taranglashib boryapti. Bir nechta futbolchi bir-biri bilan nimadirlarni talashmoqda. 

68-daqiqa. GOOOOOL! "Napoli" oradagi farqni oshirmoqda. Gol muallifi Viktor Osimxen. Bu golda Drangovskiy ham aybning katta qismini o'ziga olsa arziydi. 

66-daqiqa. Arkadiush Reca uzoqdan zarba berdi, Meret o'z o'rnida.

66-daqiqa. Viktor Osimxen o'yindan tashqari holatda bo'lganligi malum qilindi. 

65-daqiqa. Arkadiush Reca to'p uchun kurashda faollik ko'rsatdi. 

62-daqiqa. O'zgarish! Petr Zelinski o'rnini Elif Elmasga bo'shatib berdi. 

61-daqiqa. "Speciya" to'p bilan raqib darvozasiga yaqinlashishga urinmoqda.  

Daniele Verde zarba berishga qaror qildi, lekin uning urinishi noaniq chiqdi. 

59-daqiqa. "Speciya" qarshi hujumga o'tdi.

56-daqiqa. "Napoli" hujumda, Dimitris Nikolau va Mattia Kaldara himoyada faollik ko'rsatishmoqda.   

To'pga egalik qilish bo'yicha ko'rsatkich 32% - 68% mehmonlar foydasiga.

52-daqiqa. Ogohlantirish! Petr Zelinski Kevin Agudeloga nisbatan fol uchun ogohlantirildi. 

51-daqiqa. Ogohlantirish! Mattia Kaldara Viktor Osimxenga nisbatan ishlatgan qo'polligi tufayli hakam cho'ntagidan kartochkani olishga majbur bo'ldi.

Andre-Frank Zambo-Angissa mehmonlar darvozasi oldidagi xavfni yo'qqa chiqardi.

50-daqiqa. Salvatore Espozito burchak zarbasini amalga oshirdi.  

47-daqiqa. GOOOOOL! Xvicha Kvaracxeliya o'ng oyoqdagi aniq zarbasini Drangovskiy qaytarishga juda yaqin edi...  

PENALTI! Va u penaltidan boshlanadigan ko'rinadi. Arkadiush Reka to'pni qo'li bilan o'ynagani uchun hakam o'n birmetrlik jarima zarbasi belgiladi. 

46-daqiqa. Ikkinchi bo'lim boshlandi! Mehmonlar tarkibida o'zgarish - Irving Losano o'rniga Mateo Politano o'yinga qo'shildi.

Ikkinchi bo'limda jamoalardan xavfli hujumlar va gollar kutib qolamiz. 

Bo'ldi, hakam bo'lim yakunlanganini bildiruvchi hushtagini chaldi va jamoalarni tanaffusga taklif qildi.

45+1-daqiqa. Kim Min Je mezbonlar posboniga nisbatan xavfli o'ynadi va hakam fol qayd etdi. 

45-daqiqa. Birinchi bo'limning asosiy vaqtiga 1 daqiqa qo'shib berildi!

44-daqiqa. Hakam SHomurodov o'yindan tashqari holatdaligini takidladi. 

43-daqiqa. Eldor SHomurodov raqib hujumini buzishda faollik ko'rsatdi.  

42-daqiqa. Mariu Ruy burchak zarbasini amalga oshirdi, Dimitris Nikolau xavfni bartaraf etdi.

40-daqiqa. Arkadiush Reca Di Lorencoga nisbatan qo'pollik ishlatdi.

39-daqiqa. Jovanni Di Lorenco havodagi kurashda Eldor SHomurodovdan ustun keldi. 

38-daqiqa. Mattia Kaldara kurashda Osimxenga nisbatan fol ishlatdi deb hisobladi hakam.

37-daqiqa. Xvichaning zarbasiga aniqlik etishmadi.

37-daqiqa. Jovanni Di Lorenconing zarbasi yo'liga Mattia Kaldara to'siq bo'ldi. 

35-daqiqa. Kelven Amen-Adu yana faollik ko'rsatib to'pni jaomasiga olib berdi. 

33-daqiqa. Jovanni Di Lorenco to'p uchun kurashda Dimitris Nikolauga nisbatan qoidani buzdi.  

32-daqiqa. Amir Rraxmani jarima maydonchasi tomon yo'naltirilgan uzatmani qaytarishga erishdi 

Kelven Amen-Adu havodagi kurashda Xvicha Kvaracxeliyadan ustun keldi.

30-daqiqa. O'yinning uchdan bir qismida har holda "Speciya" etakchi "Napoli" bilan yomon o'ynamadi. Jamoa o'z imkoniyatlari, kuchli va zaif tomonlarini tushunib harakat qilyapti.

 

27-daqiqa. "Napoli" to'pni nazorat qilmoqda. 

Arkadiush Reca raqib uzatmasini to'xtatib qoldi.

26-daqiqa. Kevin Agudelo jarima maydonchasiga yaqin hududda Xvichaga nisbatan fol ishlatdi. Jarima zarbasi, xavfli bo'lishi mumkin.

24-daqiqa. Viktor Osimxen bosh bilan zarba berdi, lekin Kaldara to'p yo'liga to'g'anoq bo'ldi.  

23-daqiqa. Xvicha charchab qolib maydonni tark etyaptimi, bu mezbonlar uchun yaxshi yangilik desak, shunchaki butsasini alishtirishi zarur ekan.

22-daqiqa. Amir Rraxmani SHomurodovni qo'pollik bilan to'xtatdi, jarima zarbasi. 

22-daqiqa. To'pga egalik qilish bo'yicha ko'rsatkich 34% - 66%. Ustunlik neapolliklar tomonida. 

21-daqiqa. Mariu Ruyning burchakdan uzatgan to'pi sheriklariga etib bormadi.

Sariq kartochkalar bo'yicha hisob 1:1. Biz esa gol kutyapmiz, ayniqsa o'zbekistonliklar.

19-daqiqa. Ogohlantirish! Hakam Losanoni tinchlanishga chaqirdi va unga sariq kartochka ko'rsatdi.

19-daqiqa. Irving Losano hujumda fol ishlatdi, Kevin Agudelo jabrlanuvchi. 

18-daqiqa. Napoli hujumda, raqib darvozasi oldida vaziyat yaratishga urinmoqda.  

17-daqiqa. Petr Zelinski uzoq masofadan zarba berishga urinib ko'rdi, ammo Bartlomey Drongovskiy vaziyatni nazorat qilayotganini ko'rsatdi.

17-daqiqa. Daniele Verde himoyachilar yordamga etib keldi va jarima maydonchasiga yo'llangan to'pni qaytardi.

16-daqiqa. Ogohlantirish! Xvicha Kvaracxeliyaga nisbatan fol uchun hakam Itan Ampaduga sariq kartochka ko'rsatdi.

Futbolchilardan biriga tibbiy yordam zarur, shu bois baxs to'xtatildi. 

15-daqiqa. Andre-Frank Zambo-Angissa havodagi kurashda Salvatore Espozitodan omadliroq chiqdi.  

14-daqiqa. Irving Losano hujumda fol ishlatdi, Arkadiush Reca maydonga yiqildi.

Endi Petr Zelinskining o'zi Verdega nisbatan qo'pol o'ynadi. 

12-daqiqa. Viktor Osimxen o'yindan tashqari holatdaligi qayd etildi. 

11-daqiqa. Mario Ruy burchakdan to'pni jarima maydonchasiga uzatdi, Kim Min Jening bosh bilan bergan zarbasi noaniq chiqdi.   

10-daqiqa. Mattia Kaldara himoyada qo'pol xatoga yo'l qo'ydi. 

9-daqiqa. Itan Ampadu Zelinskiga nisbatan o'yin qoidasini buzdi. 

8-daqiqa. Dimitris Nikolau muvaffaqiyatli harakat qildi va to'pni olib qo'ydi.

7-daqiqa. "Napoli" to'pni nazorat qilmoqda.   

6-daqiqa. Mezbonlar burchak zarbasi ishlab olishdi. Daniele Verde burchak zarbasini amalga oshirdi. 

5-daqiqa. Itan Ampadu havodagi kurashda Viktor Osimxendan ustun keldi. 

5-daqiqa. Kevinning o'zi hujumni zarba bilan yakunladi, ammo jarima maydonchasi tashqarisidan yo'llangan to'p mo'ljalga aniq etib bormadi. 

4-daqiqa. Kevin Agudelo "podkat"da to'pni jamoasiga olib berdi va "Speciya" qarshi hujumga o'tdi.  

2-daqiqa. Maydon markazida Kvaracxeliyaga nisbatan fol. Mehmonlar standartni cho'zib o'tirmay amalga oshirishdi, lekin tezkor hujum amalga oshirish niyati amalga oshmadi.   

1-daqiqa. O'yin boshlandi!

Jamoalar maydonga tushib kelishdi. 

Birinchi davrada "Napoli" faqatgina Raspadorining goli evazigagina "Speciya"ni taslim qila olgan. Bugun qanday bo'ladi, chempionlik sari odimlayotgan Spaletti shogirdlari ishonchli g'alabaga erishadimi yoki SHomurodov bunga qarshilik qila oladimi? 


Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика