So’nggi yangiliklar

17:06Испания футболи тарихида илк маротаба эркак ўйинчи туғруқ таътили олиши мумкин  0 16:38Эзе "Арсенал" билан шартнома имзолади  0 16:12"Ал Насср" — "Ал Аҳли". Саудия Арабистони Суперкубоги ўйини учун таркиблар маълум  3 15:32Суперлига. "Андижон" тарихда илк бор ўз майдонида 6 та гол ўтказди, рекорд эса МҲСКга тегишли  1 15:19"Манчестер Сити" — "Тоттенхэм". Таркиблар маълум  11 15:17Ўзбекистон кубоги. "Динамо" — "Шўртан" ўйини 27 август куни ўтказилади  0 14:50Гвардиола "Тоттенхэм"га қарши қандай ўйнашни билмайди. Бугун "Ман Сити" "Тоттенхэм"ни меҳмон қилади   2 14:23Ўзбекистон терма жамоасининг "CAFA Nations Cup-2025" учун қайдномаси маълум  24 14:10Тожикистон "CAFA Nations Cup 2025" учун қайдномасини эълон қилди, унда Суперлигада ўйнайдиган футболчилар ҳам бор  2 13:458 та гол урилган "Андижон" — "Пахтакор" ўйинидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  1 13:19Руминия клубидан 94 очко олиб ташланди  11 12:58Қирғиз Республикаси бош мураббийи: "Ўзбекистон қандай даражада эканлигини ҳамма билади"  3 12:37Ўзбекистон ЖЧ-2026даги рақибларини қачон билиб олади? Сунъий интеллект Суперлигада ким чемпион бўлишини айтди – 22 август кунги энг муҳим хабарлар битта саҳифада   1 12:17"Рома" Санчога қарор қабул қилиш учун икки кун вақт берди ва "Болонья"дан Домингес ёки бошқа вариантларга ўтишга тайёр  1 11:50"Бунёдкор" 7 йилдан буён "Қизилқум"ни меҳмонда юта олмаяпти   0

A Seriya. "Jenoa" safarda "Speciya"ni yutdi, SHomurodov maydonga tushmadi Yangiliklar

A Seriya. "Jenoa" safarda "Speciya"ni yutdi, SHomurodov maydonga tushmadi

Italiya chempionati 14-turidan o'rin olgan bahs matnil translyaciyasini ushbu sahifada kuzatib bordingiz.


Speciya – Jenoa 1:2 

«Alberto Pikko»

Gol: Nzola 10' – Destro 16', penalti Krishito 73'

Speciya – Provedel, Markicca, SHabo (Terci, 46), Ertich, Vinyali, Esteves (Bartolomei, 75), Richchi (Pikkoli, 84), Majore (Deyola, 75), Jasi, Farias, Nzola.

Jenoa – Perin, CHiborra, Masello, Krishito, Gilone (Zappakosta, 63), Bexrami (Rovella, 74), Radovanovich, Badel, Lerager (Zayc, 63), Destro (Pyaca, 84), Pandev (Skamakka, 74).

Ogohlantirishlar: Ertich (2), SHabo (5), Pandev (33), Gilone (43), Destro (71), Terci (72), Zayc (75). 


Bahs yakunlandi. "Jenoa" muhim g'alabaga erishdi. Xizmatingizda SHerzod Nurmatov bo'ldi. Keyingi o'yinlarda g'oyibona ko'rishguncha! 

90+2. Janluka Skamakka birga-bir holatga chiqib bordi va zarba berdi, Ivan Provedel jamoasini qutqardi

Ikkinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shib berildi. 

89. Uuuuxx!  Bartolomeining kuchli zarbasi sal qolsa darvozaga kirib ketardi. 

87. Skamakkaga Pyacadan juda yaxshi pas etib keldi, biroq u ofsaydda qolib ketgan ekan. 

85. Skamakka to'pni qo'li bilan o'ynagani bois qoida buzish qayd qilindi. 

84. Zarba!  Hozirgina maydonga tushgan Pikkolining zarbasini Perin qaytardi. 

84. "Speciya"da almashtirish: Richchi o'ringa Pikkoli tushdi. 

84. "Jenoa"da so'nggi o'zgarish:  Destro o'rniga Pyaca o'yinga qo'shildi. 

81. Mattia Destro qulay imkoniyatga ega bo'lib, zarba berdi, Proevedel jamoasini qutqardi. 

79. Zarba!  Skamakkaning bosh bilan yo'llagan zarbasini Provedelb ikkinchi urinishda bo'lsa-da, ushlab oldi. 

77. Odamni kayfiyatini tushirib yubording, Ballardini! 

75. Zayc juda qo'pol o'ynadi va sariq oldi. 

75. "Speciya"da 2 ta o'zgarish: Esteves o'rniga Bartolomei, Majore o'rniga Deyola tushirildi. 

74. "Jenoa"da 2 ta almashtirish: Pandev o'rniga Skamakka, Bexrami o'rniga Rovella tushdi. 

73. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL!  Krishito penaltidan unumli foydalandi – 1:2! 

72. Ha, penalti belgilandi va aybdor Terciga sariq berildi. 

72. Vaziyat VARda tekshirilmoqda va bevosita bosh hakamning o'zi ham holatni monitorda ko'ryapti. 

71. Hakamga etiroz bildirgan Destro sariq kartochkaga loyiq ko'rildi. 

70.  Uuuuxx!  Penalti yo'qmi? Jarima maydonchasi ichida Bexrami yiqitalgandek tuyulgandi.  Hakam o'ylab ham o'tirmadi va " hech narsa yo'q" dedi. 

67. Markicca Valon Bezramini maydonga qulatdi, hakam hushtagi chalindi.

64. Richchi havodagi kurashda Destroga nisbatan qo'pollik qildi. 

63. "Jenoa"da 2 ta o'zgarish: Lerager o'rniga Zayc, Gilone o'rniga Zappakosta o'yinga qo'shildi.   SHomurodovga ham imkoniyat bering, janob murabbiy! 

61. "Speciya"da almashtirish: Farias o'rniga Mastinu maydonga tushdi. 

60. Mezbonlar raqib jarima maydoni tarafda to'p bilan muomala qilmoqda. Hujum chapdan o'ng qanotga ko'chdi. 

58. To'pga egalik qilish bo'yicha statistika: 71% – 29% 

56. Terci himoyada qo'pol xatoga yo'l qo'ydi, ammo vaziyat uning foydasiga yakun topdi. 

53. Gilone Vinyalini "podkat" orqali yiqitishga majbur bo'ldi. 

52. Bexrami Richchiga nisbatan qoidani buzdi.  Ketma-ket qo'polliklarni aytmasa, aytarli vaziyatlar sodir etilmayapti. 

49. Markiccaning havolatib oshirgan pasi hech qanday samara keltirmadi. 

48. Estevesning uzatmasini Gilone qaytarib yubordi, xavf orta qoldi. 

46. "Speciya"da o'zgarish: SHabo o'rniga Terci o'yinni davom ettiradigan bo'ldi. 

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi! 

Birinchi bo'lim tugadi. Hozircha hisob teng – 1:1. Tanaffus! 

43. Paolo Gilone kechiktirilgan fol uchun hakam tomonidan ogohlantirildi. 

38. Zarbaaa!  Vinyali nishonni to'g'ri olishda ancha adashdi. 

37. To'pga egalik qilish bo'yicha sezilarli ustunlik "Speciya" tomonda bo'lib turibdi, biroq xavfli holatdar har ikki jamoada ham u qadar ko'p emas. 

34. Milan Badel Nzolani itarib yubordi va standart vaziyat yuzaga keldi. 

33. Maydon markazida qo'pollik. Pandev Richchiga nisbatan qiodani bazgani bois ogohlantirildi. 

31. O'yin tempi o'rta darajada va bahs teng kurashlar ostida davom etyapti. 

29. Destro Provedel bilan kurashda qoidaga xilof ravishda hakarakatlandi.  

28. Oyog'idan lat egan Yulian SHaboga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda. 

26. Zarba!   Majorening zarbasini Perin ishonch bilan egallashga erishdi.  

24. Richchining uzatmasini darvozadan chiqib kelgan Perin ushlab oldi. 

23. Majore maydon markazida Pandevga nisbatan juda qo'pol o'ynadi, hakam o'yin qoidasi buzilganini ko'rsatdi. 

22. "Jenoa" bosim ostida, "Speciya" yuqori pressing namoyish etmoqda, to'p himoyachilar orqali Peringa qadar etib keldi va u to'pni oldinga tepdi. 

19. "Jenoa" tezlik bilan qarshi hujumga o'tdi, Destroga CHiborradan uzatma etib keldi, biroq u qo'pollik ishlatdi.  

16. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Destro yaqin masofadan gol urib, hisobni tenglashtirdi – 1:1!  Uni Pandev qulay pas bilan taminlagandi. 

 

14. Farias yaxshi o'ylangan uzatmani amalga oshirdi, biroq himoyachilar sergaklik bilan xavfning oldini oldilar. 

12. Gilone o'ngdan burchak to'pini o'yinga kiritdi, SHabo xavfni bartaraf etdi. 

12. Zarba!  Mattia Destroning zarbasi himoyachilar tomonidan "bloklandi". 

10. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL!  Nzola deyarli bo'sh qolgan darvozani ishg'ol etdi – 1:0! 

8. "Jenoa" bosh murabbiyi Davide Ballardini

6. Richchi mehmonlarning xavfli hujumini oldini olishda jonbozlik ko'rsatdi. 

5. SHabo Pandevga nisbatan qo'pol o'ynadi va sariq kartochka oldi. 

2. Ertich Pandevga nisbatan qoidani buzdi va ogohlantirildi. 

1. O'yin boshlandi! 

- Eldor SHomurodov yangi murabbiy tomonidan zaxirada qoldirilgan. Umid qilamizki, u ikkinchi bo'limda maydonga tushadi. 

- O'yin Toshkent vaqti bilan 00:45 da boshlanadi. 

- Assalomu alaykum, qadrli futbol ishqibozlari!  Bugun hamyurtimiz Eldor SHomurodov to'p tepadigan "Jenoa" klubi mehmonda "Speciya" bilan bellashadi. Ushbu uchrashuvni siz bilan birgalikda kuzatib boramiz. 

Reyting: -39   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика