A Seriya. "Roma" yirik g'alabaga erishdi va ikkinchi pog'onaga ko'tarilib oldi
30 avg 2021 01:45
Yangiliklar
A Seriya. "Roma" yirik g'alabaga erishdi va ikkinchi pog'onaga ko'tarilib oldi
"Salernitana" – "Roma" 0:4
"Areki" stadioni
Gollar: 0:1 – 48 Pellegrini, 0:2 – 52 Veretu, 0:3 – 69 Abraxam, 0:4 – 79 Pellegrini.
"Salernitana" – Belec, Ayya, Domber, Yaroshinski (Skyavone, 84), Rudjeri, Kulibali, Obi (Kapecci, 68), Di Takko, Kulibali (Nvankvo, 56), Keshrida (Dzortea, 68), Bonaccoli (Kristoffersen, 84).
"Roma" – Ruy Patrisiu, Karsdorp, Manchini, Rojer, Vinya (Kalafori, 82), Mxitaryan (El-SHaaravi, 70), Veretu (Diavara, 83), Kristante, Pellegrini, Abraxam (Mayoral, 83), Karles Peres (SHomurodov, 78).
Ogohlantirishlar: Bonaccoli (35), Karles Peres (40), Ayya (50), Mxitaryan (67).
A Seriya musobaqa jadvali va to'purarlar ro'yxati bilan tanishing
Salernitana Serie A . 2-tur 30/08/2021, 00:45
Roma Lorenzo Pellegrini - 48', Jordan Veretout - 52', Tammy Abraham - 69', Lorenzo Pellegrini - 79' Stadion: Stadio Arechi, 14000 tomoshabin Bosh hakam: Rosario Abisso
Ushbu sahifada uchrashuvning matnli translyaciyasini kuzatib borishingiz mumkin bo'ldi.
90+3-daqiqa. Bo'ldi, hakamning final hushtagi chalindi va "Roma" ishonchli g'alabani qo'lga kiritdi.
90+2-daqiqa. Xavfli vaziyat yuzaga keldi, ammo Borxa Mayoral to'pni SHomurodovga oshirib o'tirmay, bu tabiiy, ispaniyalik futbolchi ham kam daqiqalari bor hamda o'zini ko'rsatishi kerak, zarba yo'lladi...
90+1-daqiqa. Karsdorp atayin qilgandek to'pni, to'xtatib hujum boshlab, Eldorga etkazishni o'rniga duch kelgan tomonga tepib yotibdi. Albatta, bu xazil.
90-daqiqa. O'yinning asosiy vaqtiga 3 daqiqa qo'shib berildi.
87-daqiqa. SHOMURODOV!!! Stefan El SHaraavidan to'pni qabul qilgan Eldor bir himoyachini ortda qoldirdi va chap oyoqda zarba berdi, darvozabon faqatgina nigohlari bilan yo'nalishini kuzatib qolgandi, lekin biroz noaniq.
SHomurodov - Abraxam juftligiga u qadar ko'p vaqt bermadi Mourinyu.
83-daqiqa. O'zgarishlar! Abraxam, Veretu va Matias Vinya uchun o'yin yakunlandi. Ularning o'rniga maydonga Borxa Mayoral, Amadu Diavara hamda Rikkardo Kalafiori tushdi.
79-daqiqa. GOOOOOL! Hamyurtimizning qadami qutlug' kelib, Pellegrini dubl qayd etmoqda.
78-daqiqa. O'zgarish! Karlos Peres o'rniga Eldor SHomurodov maydonga tushmoqda.
70-daqiqa. O'zgarish! Genrix Mxitaryan o'rnini Stefan El SHaraaviga bo'shatib berdi. SHomurodovdan hamon darak yo'q...
69-daqiqa. GOOOOOOL! Deyarli jarima maydonchasi chizig'i ustidan Temmi Abraxam ajoyib zarba bera oldi va hisobni yirik ko'rinish olishini taminladi.
64-daqiqa. Ketma-ket ikki zarba va har ikkisida posbon ishonchli o'ynadi. Birinchisida Abraxam bosh bilan zarba bergan bo'lsa, Mxitaryandan to'pni qabul qilgan Karlos Peres esa zarbani aylantirib, darvozabonni dog'da qoldirishga uringandi.
62-daqiqa. Pellegrinining zarbasidan keyin to'p himoyachiga tegib, maydonni tark etdi. "Roma"ning burchak zarbasi mezbonlarning qarshihujumiga aylanib ketdi, lekin biroz oldin o'yinga qo'shilgan Nvankvo uzatmada xatoga yo'l qo'ydi.
59-daqiqa. Xavfli hujumni Peres zarba bilan yakunladi, to'p darvozaga ketayotgandi, ammo Abraxam to'p yo'liga to'g'anoq bo'ldi va xavfni bartaraf etdi.
56-daqiqa. O'zgarish! Lassana Kulibali o'rniga Simeon Nvankvo maydonga tushirildi.
52-daqiqa. GOOOOOOL! Ajoyib kombinaciya va Jordan Veretu oradagi farqni ikkitaga oshirdi.
50-daqiqa. "Roma" bo'shashish niyatida emas.
48-daqiqa. GOOOOOOL! Pellegrini hisobni ochdi! Rimliklar muxlislari uzoq kutgan gol urildi. Hujumni Vinya boshlab berdi, aynan uning uzatmasidan keyin Lorenco Pellegrini to'pni o'ziga o'nglab, kuchli zarba yo'lladi.
46-daqiqa. Karlos Peres jarima maydoniga yaqinlashib keldi va zarba berdi, ammo uning urinishi noaniq bo'ldi.
46-daqiqa. Ikkinchi bo'lim boshlandi!
Tanaffusdan "Roma" futbolchilari birinchi bo'lib qaytishdi. Mezbonlar esa raqibni biroz kuttirdi.
Darvozabon to'pni o'yinga kiritdi va bosh hakam jamoalarni tanaffusga taklif qildi. Biz ham biroz dam olamiz.
45+1-daqiqa. To'pga oxirigacha borgan Temmi Abraxam nozik nuqtasidan zarba qabul qilib oldi.
45-daqiqa. Birinchi bo'limning asosiy vaqtiga 1 daqiqa qo'shib berildi.
44-daqiqa. Brayan Kristante zarba yo'llashga qaror qildi, himoyachiga tegib to'p maydonni tark etdi. Burchak zarbasidan esa "bo'rilar" bu safar ham naf chiqara bilishmadi.
To'p nazorati 78% - 22% tabiiyki "Roma" foydasiga.
40-daqiqa. Ogohlantirish! Karlos Peres qarshi hujumga qochib ketishi mumkin bo'lgan Joel Obini yiqitgani uchun kartochka ishlab oldi.
39-daqiqa. "Roma" to'pni nazorat qilishni va hujum uyushtirishga urinishlarini davom ettirmoqda. Abraxamning zarbasi u qadar kuchli chiqmadi, shuning uchun mezbonlar posboni ortiqcha muammoga duch kelmadi.
37-daqiqa. Rojer Ibanes o'rnidan turdi va qon to'xtatilgach, maydonga qaytsa kerak.
35-daqiqa. Ogohlantirish! Bosh hakam uchrashuvdagi birinchi kartochkani Federiko Bonaccoliga ko'rsatdi. Forvard to'pning o'rniga Ibanesning yuzini nishonga oldi...
33-daqiqa. Abraxam boshi bilan zarba berdi, ammo to'p darvozadan yuqoriroqdan o'tib ketdi.
31-daqiqa. Karlos Peres o'ng qanotdan jarima maydoniga yorib kirdi, ammo Joel Obi unga munosib qarshilik ko'rsatdi va to'pni mezbonlarga olib berdi.
28-daqiqa. "Salernitana" sekin-sekin raqib jarima maydonchasigacha etib bordi va Genrix Mxitaryanning sustkashligidan keyin Mamadu Kulibali zarba berdi - noaniq.
26-daqiqa. "Roma" muntazam ravishda bosim uyushtirmoqda, lekin chinakam xavfli vaziyat hozircha yaratilganicha yo'q.
Ammo Mourinyu shogirdlari bu standartdan ham naf chiqara olishmadi.
23-daqiqa. Gapimizni Italiyadagilar eshitishdi, Abraxamga uzatma va u jamoasiga burchak zarbasi ishlab berdi.
21 daqiqa ortda qolgan bir pallada shuni aytishimiz mumkinki, hozircha yarim himoya va qanot himoyachilari to'pni Temmi Abraxamga etkazib bera olishmayapti. Hujumchi o'yindan uzilib qolayotgandek.
19-daqiqa. "Roma" o'ng qanotdan oldinga o'tdi, lekin ish yakuniy zarbagacha etib bormadi.
Rui Patrisiu hakamga nimalarnidir tushuntirishga, xabardor qilishga qaror qilgan chog'i.
18-daqiqa. Mezbonlar hujumchisi o'yindan tashqari holatdaligi qayd etildi.
15-daqiqa. Mayda follar soni ortib bormoqda.
12-daqiqa. Manchini ("Roma") va Kulibali to'qnashib ketdi va "Salernitana" futbolchisi maydonda yotibdi.
10-daqiqa. Mezbonlarning hujumi boshlanmay uzilib qoldi.
8-daqiqa. Mehmonlar vakili raqib jarima maydonchasi ichida yiqilib tushdi va penalti so'rab, hakamga yuzlandi, ammo undan avvalroq hujumda fol bo'lgani qayd etildi.
6-daqiqa. "Roma" hujumda... O'ng qanotdan uzatilgan to'pga na Abraxam va na chap qanot himoyachisi eta oldi.
4-daqiqa. Mezbonlarning birinchi hujumi, Bonaccolining faolligi o'yindagi ikkinchi burchak zarbasiga sabab bo'ldi.
2-daqiqa. Vinya jarima maydoniga yaqin zonadan zarba yo'lladi, darvozabon o'z o'rnida. Burchak zarbasidan keyin hujumda fol qayd etildi.
1-daqiqa. O'yin boshlandi! Uni "Roma" boshlab berdi.
Hamyurtimiz Eldor SHomurodov o'yinni zaxira o'rindig'ida boshlaydi, ammo u uchrashuv davomida maydonga tushadi va samarali harakatlarni amalga oshiradi deb ishonib qolamiz.
Fikrlar