So’nggi yangiliklar

01:05Лукакунинг янги клуби деярли маълум  0 00:29Ўртоқлик учрашуви. "Дўстлик" Тожикистон Олий лигаси жамоасини мағлуб этди  0 23:55Ўртоқлик учрашуви. "Навбаҳор" "Хоразм"ни минимал ҳисобда таслим этди  0 23:40Қозоғистон Лига кубоги. "Турон" ва "Ордабаси" ўртасидаги ўйинда жанговар дуранг қайд этилди  0 23:27"Тоттенхэм" 60 млн фунтлик ўйинчисини Саудия Арабистонига қўйиб юборишга тайёр  0 22:47Расман: Санжар Қувватов "Нефтчи"ни тарк этди  9 22:39Ўртоқлик учрашуви. "Пахтакор" Чераннинг голи эвазига "Қўқон-1912"ни мағлуб этди  7 22:30Назорат учрашуви. "Бунёдкор" "Арал"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  2 21:58МЮ товон пули 60 млн евро бўлган испаниялик хавбекка қизиқмоқда  1 21:32"Ман Юнайтед" Маунтни сотишни режалаштирмаяпти. Хавбек янги мавсумда ўзини кўрсатмоқчи  1 21:06"Mirabror Usmanov Cup-2024". Ўзбекистон Қирғиз Республикасини мағлуб этди, Нишоновдан хет-трик!  3 21:01Фюллькруг Ла Лига гранди сафига ўтиши мумкин  1 20:27Назорат учрашуви. "Андижон" ва "Қизилқум" ўртасидаги ўйинда 4та гол урилди  7 19:59"Фенербахче" "Севилья" билан Юссеф Эн-Несири трансфери бўйича келишувга эришди, аммо...  1 19:33РПЛ. "Локомотив" голларга бой учрашувда "Акрон"ни мағлубиятга учратди  5

A Seriya. SHomurodov gol urgan o'yinda "Roma" "Sampdoriya" bilan durang o'ynadi Yangiliklar

A Seriya. SHomurodov gol urgan o'yinda "Roma" "Sampdoriya" bilan durang o'ynadi

Teglar :  RomaSampdoriya
Italiya chempionatining 19-turidan o'rin olgan "Roma" - "Sampdoriya" uchrashuvi yakunlandi.

"Roma" — "Sampdoriya" 1:1

Gol: 1:0 – 72 SHomurodov, 1:1 – 80 Gabbyadini.

Roma – Ruy Patrisiu, Karsdorp, Smolling, Manchini, Rojer, Vinya (SHomurodov, 67), Mxitaryan, Veretu (El-SHaaravi, 67), Kristante, Dzanolo, Abraxam (Afena-Gyan, 47).

Sampdoriya – Falkone, Bereshinski (CHervo, 76), Yosida, Kolli, Audjello, Kandreva (Depaoli, 89), Askildsen (Yepes, 89), Adrien Silva, Ekdal (Ferrari, 37), Gabbyadini, Kaputo (Kualyarella, 76).

Ogohlantirishlar: Bereshinski (44), Falkone (60), Askildsen (61).


YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi. "Roma" o'z maydonida "Sampdoriya" bilan durang o'ynadi. SHomurodov bugun gol urdi, ammo uning goli g'alaba uchun kamlik qildi. Kelgusida bahslarda ham o'zbekistonlik hujumchinidan gollar kutib qolamiz.

90+5. Ikkinchi qavatda to'p uchun kurashda "Roma" futbolchilari o'yin qoidasini buzdi.

90+3. "Roma" burchak zarbasi ishlab oldi. Bosim davom etmoqda.

90+1. ZARBA! Mxitaryan burchak to'pidan qaytgan to'pga zarba berdi, biroz noaniq.

90. Ikkinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shib berildi.

89. Burchak zarbasi bartaraf etildi. Mehmonlar arabcha futbol namoyish etmoqda.

88. SHomurodov! Darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib borgan Eldorga Falkone xalaqit berib qoldi. Burchak zarbasi yuzaga keldi.

85. Uxx! Karsdrop jarima maydonida yaxshi vaziyatga ega bo'lgandi, uning uzatmasini raqib himoyachilari bartaraf etdi.

82. Qarshi hujumda "Sampdoriya" futbolchisi raqibidan o'tib keta olmadi.

80. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLLLLLLL!!! Burchak zarbasidan so'ng mehmonlar ketma-ket zarbalar yo'lladi va Gabbyadini o'z hisobiga gol yozib qo'ydi.

77.  Mehmonlarda ikki o'zgarish: CHervo Bereshinski o'rniga, Kualyarella esa Kaputo o'rniga maydonga tushdi.

76. ZARBA! Zaniolo El-SHaaravi deyarli bo'sh darvozaga to'p kirita olmadi.

75. "Roma" to'p nazoratini o'z qo'liga oldi. Hozircha rimliklar hujum tashkillashtirishga shoshilmayapti.

72. GOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLLLLLLL!!! SHomurodov!!!!! Jarima maydoni chida to'pni o'ziga to'g'rilab olgan forvard darvoza burchagiga to'pni joylab qo'ydi.


71. SHomurodov hujumda o'yin qoidasini buzgan deb topildi.

69. Uxx! Rekashet natijasida to'p darvozaga kirib ketishi mumkin edi. "Sampdoriya" posboni bir amallab to'pni qaytardi.

67. Nihoyat, SHomurodov maydonga tushmoqda. O'zbekistonlik hujumchi Vina o'rniga qo'shildi. SHuningdek, El-SHaaravi Veretu o'rniga maydonga tushdi.

65. ZARBA! Afena-Gyan burchakdan uzatilgan to'pga bosh bilan noaniq zarba berdi.

62. ZARBAAA! Falkonega tasanno! Zanioloning olisdan kuchli zarbasini qaytargan posbon qaytgan to'pga zarba bergan Afena-Gyanning zarbasini ham bartaraf etdi.

61. Askildsen raqibini yiqitgani uchun ogohlantirildi. Biroz ilgari vaqtni cho'zgani uchun Falkone ham sarg'ayganlar safiga qo'shilgandi.

59. ZARBA! Zaniolo olisdan oshirilgan to'pga qulay tarzda zarba berdi, hujumchiga biroz omad etishmadi.

56. Zanioloning zarbasi o'zbek ertagidagi bo'g'irsoqqa o'xshab hammadan yumalab, maydon tashqarisiga qochib ketdi.

55. El-SHaaravi va SHomurodov chigalyozdi mashg'ulotlarini bajarmoqda.

53. ZARBAAA! Mezbonlar himoyachilarining xatosidan so'ng Kandreva darvoza ustunini nishoshga oldi.

51. Veretu o'ng qanotda raqibidan qochib ketdi hamda markazga to'pni uzatdi, biroq raqib mudofaachilari xavfni bartaraf etishdi.

46. Abraxam jarohat olgan ko'rinadi. Uning o'rniga SHomurodov emas, Feliks Afena-Gyan maydonga tushdi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

Qo'shimcha vaqtda aytarli vaziyat guvohi bo'lmadik. Birinchi bo'lim yakunlandi.

45. Birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi.

44. Zanioloni qarshi hujumda to'xtatib qolgani uchun Bereshinski ogohlantirildi.

42. Mxitaryan to'pni darvozaga "mixlab" qo'yishi mumkin edi, Falkone joy tanlashda adashmadi.

41. Zaniolo olisdan chap oyoqda zarba yo'lladi. Bugun futbolchilarga darvoza gnomlik qilmoqda.

40. "Roma" futbolchilari zarba berishning o'rniga bir-birlariga pas beraverdi, oqibatda to'p yo'qotildi.

38. Ferrari Ekdal o'rniga maydonga tushdi. Aleks Ferrari Ferrariga o'xshab harakat qila olarmikan?

37. Qarshi hujum natijasida Karsdorp o'ng qanotdan markazdagi Abraxamga uzatma amalga oshirdi, Temmini bosh bilan yo'llagan zarbasi aniq chiqmadi.

36. Gabbyadini olis masofadan Patrisiu darvozasiga zarba berdi, portugaliyalik posbon to'pni ushlab oldi.

35. Mehmonlar standart vaziyatni nostandart tarzda amalga oshirdi.

33. Bereshinski tibbiy yordamga muhtoj. Futbolchining oyog'i qayrilib ketdi, biroq u o'rnidan turdi.

30. Kandreva o'z hisobiga avtogol yozib qo'yishi mumkin edi. "Roma"ning qarshi hujumi natijasida Abraxam Mxitaryanga pas berdi, "Sampdoriya" futbolchisi esa podkat orqali, to'pni davroza yo'nalishi tomon burib yubordi. Falkone esa to'pni egallab oldi.

27. Askildsen olis masofadan o'z omadini sinab ko'rdi, uning zarbasi kutganidan kuchayib ketdi.

25. Standart vaziyat himoyachilar tomonidan bartaraf etildi.

24. Mehmonlar futbolchisi o'z jarima maydoni tashqarisida qo'pollik ishlatdi. Standart.

23. "Sampdoriya" futbolchisi chap qanotdan katta tezlikda oldinga tashlangandi, Karsdorp raqibini o'tkazmadi.

20. Hozircha ko'zga tashlanadigan vaziyatga deyarli duch kelmadik. To'p goh u tarafga, goh bu tarafga parvoz qilmoqda.

18. "Roma" xavfli vaziyat tashkillashtirgandi. O'ng qanotdan jarima maydonidagi Mxitaryanga to'p oshirildi, Genrixning sherigiga oshirgan to'pi esa noaniq ko'rinish oldi.

15. Rimliklar o'ng qanotdan hujum uyushtirgandi, to'pni qaytarish chog'ida Kolli shikastlangan ko'rinadi. 

11. Temmi maydonga qaytdi. Bitta oyoqda bo'lsayam o'ynaydi bu ingliz.

9. Kolli Abraxamni yiqitdi, yiqilgan Temmi esa hakamni chalib yubordi. Rimliklar futbolchisi jarohat olgan ko'rinadi.

7. "Roma" futbolchisining zarbasiga ikkita darvozani qo'yganda ham gol bo'lmasdi.

6. Bereshinski raqib tomonidan yiqitildi. Hakam kurashishga imkoniyat berdi, qoida buzilmadi.

3. ZARBA! Abraxam Falkone bilan deyarli birga-bir vaziyatga chiqib bordi, uning zarbasi biroz noaniq tus oldi.

1. Dastlabki daqiqadanoq Kaputo raqib jarima maydonida yiqitildi. Biroq hakam o'yindan tashqari holatni 

1. Uchrashuvni mehmonlar boshlab berdi.

Bugun "Roma" ananaviy qizil libosda, "Sampdoriya" esa oq rangli formada harakat qiladi.

Bugungi uchrashuvni Pero Jakomelli boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Unga qanotlarda Edoardo Raspollini va Vittorio Di Joyya yordam beradi. Zaxira hakami — Lorenco Majoni.


Assalomu alaykum, qadrli futbol ishqibozlari! Yaqin ikki soat davomida qiziqarli o'yin guvohiga aylanamiz.

Reyting: +40   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика