So’nggi yangiliklar

13:13БМБ футзал клуби Панама ва Венесуэлага қарши ўртоқлик учрашувлари ўтказди   0 12:49Эдегор Австрияга қарши ўйинда жароҳат олди  0 12:36Долен Омурзаков ким бўлган?  1 12:18"Мустақиллик Кубоги-2024" мусобақаси якунланди. Бош соврин Оҳайо штатига йўл олди  1 11:56Футзал. Коста-Рика терма жамоаси Тошкентга етиб келди  0 11:35"Ал Насср" Криштиану Роналдуга Италиядан янги мураббий топди  4 10:47Афсуски, сардоримиз ҳам мундиални ўтказиб юборади. Ўзбекистон футзал терма жамоасининг ЖЧ-2024 учун якуний рўйхати маълум  9 10:45Биринчи лигада мавсумнинг энг йирик ҳисобдаги ғалабаси қайд этилди   2 10:20Андижон" собиқ футболчиси Африка клубига ўтди   9 09:40Ўзбекистон терма жамоаси Бишкекдаги машғулотини қандай ўтказди? ФОТОМАҚОЛА  7 09:10Футзал. Абдулла Бўриев: "Ўзбекистон терма жамоаси аввалги натижасини яхшилашига умид қиламан"   2 08:40 Мундиал-2026. Рустам Ашурматов: Менда "Рубин"дан ташқари ўша вақтнинг ўзида Қатардан ҳам шартнома бор эди"   1 08:10Ўзбекистон сўнгги бор меҳмонда Қирғиз Республикасига қарши қандай натижа қайд этган?   11 07:35ЖЧ-2026 саралаш. Ўзбекистон бугун Қирғиз Республикаси меҳмони бўлади   12 01:55Миллатлар лигаси. Франция ғалаба қозонди, Италия Исроилни таслим қилди, Қозоғистонда мағлубият ва бошқа натижалар  2

A Seriya. SHomurodov zaxiradan tushgan o'yinda "Roma" minimal hisobdagi g'alabani saqlab qoldi Yangiliklar

A Seriya. SHomurodov zaxiradan tushgan o'yinda "Roma" minimal hisobdagi g'alabani saqlab qoldi

A Seriyaning 26-turi doirasidagi "Roma" - "Jenoa" bahsi bo'lib o'tdi.

"Roma" – "Jenoa" 1:0
"Stadio Olimpiko" o'yingohi
Gol
: 1:0 – 24 Manchini.

"Roma" – Lopes, Karsdorp, Smolling, Manchini, Bruno Peres (Spinaccola, 86), Pellegrini, Kristante, Pedro (Karles Peres, 74), Diavara (Vilyar, 60), El-SHaaravi (Mxitaryan, 60), Mayoral (Fasio, 87).

"Jenoa" – Marketti, Dzappakosta, Krishito, Masello, Gilone (Kassata, 46), Strotman (Skamakka, 76), Radovanovich, Zayc (Melegoni, 78), Badel, Pyaca (SHomurodov, 46), Destro.

Ogohlantirishlar: Masello (42), Destro (45), Strotman (64), Manchini (65), Krishito (83).

Roma

Gianluca Mancini - 24'

Serie A . 26-tur

07/03/2021, 15:30

0
:
1
Tugadi

Genoa

Stadion: Stadio Olimpico, Rome, 0 tomoshabin

Bosh hakam: Michael Fabbri

45'
90'
24'  Gianluca Mancini
24'  Lorenzo Pellegrini
60'  Stephan El Shaarawy (Henrikh Mkhitaryan)
60'  Amadou Diawara (Gonzalo Villar)
65'  Gianluca Mancini
74'  Pedro Rodriguez (Carles Perez)
86'  Bruno Peres (Leonardo Spinazzola)
86'  Borja Mayoral (Federico Fazio)
42'  Andrea Masiello
45'  Mattia Destro
46'  Paolo Ghiglione (Francesco Cassata)
46'  Marko Pjaca (Eldor Shomurodov)
64'  Kevin Strootman
76'  Kevin Strootman (Gianluca Scamacca)
78'  Miha Zajc (Filippo Melegoni)
84'  Domenico Criscito


A Seriya musobaqa jadvali va to'purarlar ro'yxati bilan tanishing

 

Uchrashuvning matnli translyaciyasini shu erda kuzatib borishingiz mumkin bo'ldi.

YANGILASH


90+5-daqiqa. Bo'ldi, "Jenoa" oxirgi shturmni ham aytarli amalga oshira olmadi. Natijada, Ballardini shogirdlari yana bir top raqibga imkoniyatni boy berishdi.   

90+4-daqiqa. "Jenoa" to'pni olib, hujumga chiqib keta olmayapti. Etmaganiga mehmonlar azosi Skamakka qoidani buzdi. Vaqt o'tib bormoqda.  

90+3-daqiqa. Rimliklar "Jenoa" bilan o'yinning oxirgi daqiqalarida vaqtni "cho'zish" evaziga natijani saqlab qolish harakatini qilmoqda. 

90+1-daqiqa. "Roma" jarima maydoni ichida tahlikali holat, ammo yakuniy zarba etishmadi. Krishitoning urinishi esa... Juda noaniq bo'ldi.  

O'yinning asosiy vaqtiga 5 daqiqa qo'shib berildi. 

90-daqiqa. Manchini SHomurodovga nisbatan qo'pollik ishlatdi. 

87-daqiqa. Bruno Peres va Borxa Mayoral uchun bugungi bellashuv yakunlandi. Ularning o'rniga maydonga Leonardo Spinaccola va Federiko Fasio tushirildi.   

Mxitaryanning uzatmaisdan keyin Smolling zarba berishga urinib ko'rdi, lekin niyatiga eta olmadi. 

84-daqiqa. Ogohlantirish! Krishitoga xavfli hujumni uzib qo'ygani uchun sariq kartochka ko'rsatildi. 

83-daqiqa. Manu Pellegrini to'pni olib qo'yilgach, uzoq o'ylab o'tirmay zarba berdi, lekin o'ta noaniq.   

80-daqiqa. Eldorning uzatmasidan keyin Skamakka zarba berib ko'rdi, lekin biroz noaniq.   

79-daqiqa. SHomurodov to'p uchun kurashda Kristantega nisbatan qo'pol o'ynadi deb topildi.  

78-daqiqa. O'zgarish! "Jenoa"da yana o'zgarish. Mixa Zayc o'rniga Melegoni tushdi.  

Kimlar tushishining bizga unchalik farqi yo'q, muhimi Eldor SHomurodov o'zini ko'rsata olsa, samarali harakatlari bilan qayd etilsa bo'lgani.  

76-daqiqa. O'zgarish! Ballardini yana bir hujumchini o'yinga tashladi. Strotman o'rniga Skamakka tushdi.

75-daqiqa. O'zgarish! Pedro o'rnini Karles Peresga bo'shatib berdi.  

74-daqiqa. GOOOL!  Borxa Mayoral "Roma"ning ikkinchi golini urdi, lekin hakamlar o'yindan tashqari holat bo'lganini qayd etishdi. 

73-daqiqa. Zappakostaning aylantirib SHomurodov etkazmoqchi bo'lgan uzatmasi u qadar aniq bo'lmadi va darvozabon to'pni egallab oldi. 

72-daqiqa. SHomurodov bilan to'qnashgach, Vilar oyoqda turolmay qoldi.

70-daqiqa. Zaxiradan tushirilgan Kassata o'zi bilan birga o'yinga qo'shilgan Eldorga to'pni etkazmoqchi bo'ldi, lekin uzatma o'xshamadi.   

69-daqiqa. QIZIL KARTOCHKA! Ammo bu kartochka "Roma" murabbiylar shtabidagi mutaxassislaridan biriga xolos.  

68-daqiqa. Tezkor hujumdan keyin "Roma" futbolchisi zarba yo'lladi, Radovanovichning jon holatda tashlanishigina vaziyat faqatgina burchak zarbasi bilan yakunlanishini taminladi. Standartdan esa mezbonlar naf chiqara olmadi.

66-daqiqa. Eldor o'ng qanotda to'pni qabul qilib oldi va uni darhol jarima maydoni markaziga yo'lladi, lekin uzatma ko'ngildagidek chiqmadi. 

65-daqiqa. Ogohlantirish! Strotmanga nisbatan qo'pollik uchun Manchini ogohlantirildi. 

62-daqiqa. Eeexxx! SHomurodov ortga qaytib to'pni olib qo'yishda faol ishtirok etdi, oldinga harakat qilib, Destroni to'p bilan taminladi. O'z navbatida italiyalik tajribali futbolchi to'pni Eldorga qaytarayotgandi, uzatma aniq, SHomurodov ham zarbaga tayyor edi... Lekin so'nggi pallada Kris Smolling bosh bilan o'ynab, to'pni uzoqlashtirib yubordi.   

61-daqiqa. "Jenoa"ning hujumi uzilib qoldi va barchasini boshidan boshlash zarur.

60-daqiqa. O'zgarish! El-SHaaravi va Diavara o'rniga Vilar hamda Mxitaryan maydonga tushirildi.  

Jarimadan uzatmadan keyin hakam o'yindan tashqari holat qayd etdi.  

Genrix Mxitaryan maydonga tushishga tayyorlanmoqda. 

58-daqiqa. Strotman to'pga eta olmagach, Diavarani qo'yib yuborgisi kelmadi. 

56-daqiqa. Eldor to'pni qanotda qabul qilib olib, oldinga o'tishga urinib ko'rdi, lekin himoyachilar to'pni maydondan chiqarib yuborishdi.

53-daqiqa. Bugun Zappakostaning o'yini qovushmayapti. Kim biladi deysiz, bunda raqib futbolchilarining ham xissasi kattadir. 

51-daqiqa. Umumiy kartinaga etibor qaratadigan bo'lsak, birinchi bo'lim davom etayotgandek. "Roma" to'p bilan ko'proq muomala qilyapti, mehmonlar esa tezkor qarshi hujumlarga tayanishmoqda.  

48-daqiqa. SHomurodov faollik bilan raqibidan to'pni olib qo'ydiyu, lekin to'pni maydonda olib qololmadi. Ammo Ballardini ham hamyurtimizning harakatini munosib baholadi. 

46-daqiqa. "Jenoa" dastlabki hujumiyoq xavfli ko'rinish oldi. Lekin hozirgina maydonga tushirilgan futbolchining zarbasidan keyin darvozabon to'pni ushlab oldi. 

Eldor dastlabki bo'limda deyarli ko'rinmagan Pyacani alishtirdi. 

Ikkinchi bo'lim boshlanish arafasida. Hammamiz kutganimiz, Eldor SHomurodov o'yinga tushmoqda. 

Bo'ldi, hakam ham zerikib ketdi chog'i, birinchi bo'limga umuman vaqt qo'shib bermadi. 

45-daqiqa. Ogohlantirish! Uzatmaga eta olmagan Destro qo'li bilan o'ynadi va sariq kartochka bilan ogohlantirildi.  

44-daqiqa. Destroga nisbatan qo'pollik uchun hakam jarima zarbasi belgiladi.  

42-daqiqa. Pedrodan to'pni qabul qilib olgan Borxa Mayoral yiqitildi va "Roma" qulay nuqtadan jarima zarbasini amalga oshiradi.  

40-daqiqa. O'yin ancha tinchlanib qoldi. 

35-daqiqa. Stefan El-SHaraavi to'p oshirishda xatoga yo'l qo'ydi.   

33-daqiqa. Kevin Strotman birgina uzatma bilan Destroni qulay vaziyatga chiqarib yubormoqchi edi, lekin darvozabon chaqqonroq harakat qildi. Hozircha "Jenoa"ning hujumdagi ishlari umuman qovushmayapti. 

32-daqiqa. Stefan El-SHaraavi, Pedro kabi futbolchilarning tezligiga "Jenoa" himoyachilari qarshilik ko'rsatolmay qolishmoqda bazi vaziyatlarda. 

Jarimadan uzatmadan so'ng Amaduning o'zi to'pni uzoqlashtirishni uddaladi.  

30-daqiqa. Diavara qoidani buzdi deb topdi hakam. Standart vaziyat.  

28-daqiqa. Manchini qoqilib chog'i, kutilmaganda Strotmanni maydonga qulatdi. Himoyachi darhol xatosini tan olib, qo'llarini baland ko'tardi va raqibidan uzr so'rab qo'ydi.  

27-daqiqa. Pedroooo! Ispaniyalik yarim himoyachi katta tezlikda darvoza tomon yaqinlashib keldi va kuchli, aniq zarba berdi hamda darvozabon katta qiyinchilik bilan to'pni qaytarib yubordi. Burchak to'pidan keyin yana posbon faollik ko'rsatib, to'pni ushlab oldi. 

24-daqiqa. GOOOOOOOOOL! Manchini hisobni ochdi. Burchakdan uzatilgan to'pga hujumga etib kelgan markaziy himoyachi baland sakrab, zarba berdi va mezbonlarni oldinga olib chiqdi.   

22-daqiqa. Yana burchak to'pi. Radovanovich baland sakrab to'p Mayoralga borib tushmasligini taminladi. Burchakdan uzatilgan to'pni darvozabon qaytardi va yana burchak zarbasi amalga oshiriladi.  

20-daqiqa. Zappakostaning faolligi evaziga mehmonlar burchak zarbasi ishlab olishdi. Uzatmadan keyin esa hakam hujumdagilar tomonidan o'yin qoidasini buzildi deb topdi.    

18-daqiqa. Mezbonlar ko'proq to'p bilan muomalada bo'lmoqda, ammo hozircha "Jenoa" darvozasi tomon yo'l topa olmayapti.  

15-daqiqa. "Roma" ketma-ket raqib darvozasiga xavf solmoqda. Burchak zarbasidan keyin Janluka Manchini bosh bilan zarba yo'lladi, lekin to'p darvozadan ancha yuqorilab o'tib ketdi.  

14-daqiqa. Ikki raqib qurshovida bo'lishiga qaramay, Destro zarba berish imkonini topdi, darvozabon o'z o'rnida.   

13-daqiqa. "Jenoa" vakillari to'pni o'z nazoratlarida ko'proq ushlab turishga va shu orqali o'yin tempini tushirishga urinayotgandek.  

11-daqiqa. Bruno Peres to'p uchun kurashdan keyin maydonga quladi va o'yin majburan to'xtatildi.  

9-daqiqa. "Jenoa" chap qanotdan hujum uyushtirdi, Zappakostaninng uzatmasidan keyin Mixa Zayc zarba yo'lladi, lekin noaniq.   

7-daqiqa. Radovanovich maydon markazida Borxa Mayoralga qarshi qo'pol o'ynadi. Ilk daqiqalarda shu kabi mayda follar uchrab turibdi. 

5-daqiqa. O'yindagi birinchi burchak to'pini ham "Roma" amalga oshirdi, lekin himoyachilar xavfni bartaraf etishdi.  

3-daqiqa. "Roma" jarima zarbasini amalga oshirdi, lekin rimliklar undan naf chiqara olishmadi. 

Ilk daqiqadayoq Destro hujumga tashlandi va yaxshi imkoniyatga ega bo'lishi mumkin edi, lekin himoyachilar zarbaga imkon qoldirishmadi.   

1-daqiqa. O'yin boshlandi! Uni "Roma" vakillari boshlab berishdi.  

Har ikki jamoa asosiy tarkib vakillari maydonga tushib kelishdi. 

Afsuski, hamyurtimiz Eldor SHomurodov o'yinni zaxira o'rindig'ida boshlaydi. 


Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика