So’nggi yangiliklar

09:17«Пахтакор» икки нафар футболчи билан шартнома тузганини эълон қилди  1 08:50Sofascore. Кечаги учрашув учун Ўзбекистон ОТЖ футболчилари қандай баҳоларга лойиқ кўрилди?  9 08:24Париж-2024. Япония муддатдан аввал плей-офф йўлланмасини қўлга киритди  12 08:00Ўртоқлик учрашуви. ОКМК «Машъал»ни кичик ҳисобда мағлуб этди  1 07:35Ўртоқлик учрашувлари. «Арсенал»дан камдек, Манчестер клубларида мағлубият ва бошқа натижалар  3 01:39Расман: Ўткир Юсупов — "Фулад" футболчиси!  9 01:32"Арсенал" Рафиньянинг трансфери бўйича "Барселона"га кўп миллионлик таклиф тайёрлайди  1 01:05Париж-2024. Ўзбекистон - Миср 0:1, Ҳимоядаги хато қимматга тушди  14 00:53"Атлетико" ва Испания терма жамоаси собиқ футболчиси фаолиятини якунлади  2 00:15РПЛ. Эсанов ҳаракат қилаётган "Акрон" меҳмонда "Факел"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  16 23:35Тимур Кападзе: "Иккала ўйинда ҳам ютишимиз мумкин эди"  121 23:01Расман: "Атлетико" Испания терма жамоаси футболчиси билан шартнома имзолади  1 22:29"Навбаҳор" назорат учрашувида йирик ҳисобда ғалаба қозонди. Қувватовдан норасмий дебют, Никабадзедан хет-трик  10 21:31"Манчестер Юнайтед" форварди ПСЖга ўтиши мумкин  5 21:05Париж-2024. Ўзбекистон иккинчи турда Мисрга ютқазди ва гуруҳдан чиқиш имкониятини йўқотди  850

A Seriya. Qizg'in bellashuvlar, kutilmagan vaziyatlar hamda ehtiroslarga boy bo'lgan tur haqida Yangiliklar

A Seriya. Qizg'in bellashuvlar, kutilmagan vaziyatlar hamda ehtiroslarga boy bo'lgan tur haqida

"Yuventus"ning ilk mag'lubiyati, Milan derbisi hamda "Roma" kuzdan beri yuta olmayotgan "SPAL"ga yutqazib qo'ydi.

"Yuventus" Genuyada mag'lubiyatga uchradi

ECHL doirasidagi uchrashuvda "Atletiko"ni yirik hisob bilan mag'lub etgan turinliklar bunday o'yin namoyish etishini ochig'i ko'pchilik hayoliga ham keltirmagan edi. Ayniqsa, turnir jadvalining 12-pog'onasini band etib turgan "Jenoa"ga imkoniyatni boy berishi kutilmagan vaziyat bo'ldi. Jamoa etakchilariga dam olishga ruxsat berildi. Biroq Krishtianu maydonga tushmasligidan xabar topgan "grifonlar” muxlislari chipta pulini qaytarib berishlarini talab qildilar. "Jenoa" dastlabki daqiqalardanoq xavfli vaziyatlar yarata boshladi. "Keksa sinora" hujumda biroz sust o'ynadi.

Ikkinchi taymda mehmonlar gol urishga muvaffaq bo'ldilar. Kanselu to'pni Dibalaga oshirib berdi. Dibala bundan unumli foydalanib, to'pni darvoza tomon yo'lladi. Bu paytda takroriy video qo'yilib, bunga qadar Bentakur to'pni qo'li bilan o'ynaganini guvohi bo'lishdi. SHundan so'ng, gol hisobga olinmadi. O'yinning hal qiluvchi pallasida CHezare Prandelli ikkita o'yinchini almashtirishga qaror CHezare Prandelli qildi. Ular esa bahsni umuman boshqa tomonga o'zgartirib yubordilar. Goran Pandev sherigi Sturaroga pas berdi, Bundan unumli foydalangan Stefano sobiq jamoasi darvozasini "Jenoa" tarkibida ilk bor ishg'ol etishga muvaffaq bo'ldi. "Yuventus" zo'r berib o'ynamayotgani tufayli yana bitta gol o'tkazib yubordi. Kuame jamoadoshi Pandevga ajoyib pas berdi. Natijada makedoniyalik gol urdi. To'g'ri, qachondir shunday bo'lishi kerak edi. Lekin "Yuventus"ning birinchi mag'lubiyati kutilmagan bo'ldi.

"Inter" derbida g'alaba qozondi

Derbidan oldin mutaxassislar "Milan"ni favorit deb hisoblashayotgan edi. Ammo bunday o'yinlarda oldindan bir nima deyish qiyin. Bahsning 4 daqiqasidayoq Lautaro Martinesning faolligi “Inter” hisobiga bitta gol yozilishiga sabab bo'ldi. Argentinalik to'p uchun kurashib, uni Perishichga oshirib berdi. Keyin esa u to'pni darvoza tomon yo'lladi. Buni ko'rgan Vesino gol urib, djarvozani ishg'ol etdi. "Milan" esa o'yin bunday boshlanishini kutmagan ham edi. Milan SHkrinyar to'pga egalik qilib, yo'lida to'sqinlik qilishi mumkin bo'lgan Pentekni o'yindan “chetlashtirib qo'ydi”.

Ikkinchi taym boshida Politano burchakdan jarima maydoniga kirib bordi. De Vrey esa gol urishga muvaffaq bo'ldi. Biroq oradan besh daqiqa o'tib, Xakan CHalxanoglu jarima madonida ajoyib harakatlandi. Bakayoko esa darvozani ishg'ol qildi. Lekin oz fursatdan so'ng, Politano yana o'zini ko'rsatdi. 67-daqiqada “Inter” o'yinchilari penaltidan tepish imkoniyatini qo'lga kiritdilar. Martines bundan foydalanib qoldi. Lekin "rossonerilar" bunga yana gol bilan javob berishdi. "Milan" katta kuch bilan oldinga tashlandi, ammo "ko'k-qoralar" so'nggi daqiqalargacha raqibga imkon berishmadi. Gattuzo shogirdlarida o'sha qulay imkoniyat axiri bo'ldi, lekin unda ham D`Ambrozioning jonkuyarligi tablodagi hisob o'zgarmay qolishini taminladi. Aynan shu g'alaba evaziga "Inter" "Milan"dan o'zib ketdi va 3-o'ringa ko'tarilib oldi.

"Napoli" "Udineze"ni mag'lub etdi

Neapolliklar oxirgi o'yinlarda unchalik kuchlidek ko'rinmasdilar. SHuning uchun "Udineze" bilan bahsda 3 ochko ularga juda zarur edi. Anchelotti rotaciya qilishga qaror qildi, biroq doimiy taktikasidan uzoqqa ketmadi. Hujumda Mertens va Milik maydonga tushdi. "Napoli" uchrashuvnng ilk daqiqalaridan hujumga o'tdi va bir nechta xavfli vaziyatlar yaratishga muvaffaq bo'ldi. Mertens sherigi Yunesga to'pni ajoyib tarzda etkazib berdi. Amin esa gol urib, hisobni ochdi. Oradan 10 daqiqa o'tib Kalexonni darvozani ishg'ol etdi. Biroq bir necha daqiqa o'tib, "Udineze" o'yinni jilovini o'z qo'liga oldi hamda Kevin Lazanya raqib darvozasi tomon gol yo'lladi. O'sha payt "Napoli" himoya chizig'i bilan nima muammo yuzaga kelganini tushuntirib berish qiyinyu Biroq bundan samarali foydalangan "zebralar" oltdaqiqa ichida Lasanya va Fofana tufayli 2ta gol urishsha erishdilar.

SHundan keyin Anchelotti kiyinish xonasida asabiylashib, o'yinchilardan achchiqlandi. "Napoli" futbolchilari ikkinchi taymda o'zlarini qo'lga olgan holda maydonga tushdilar. Arkadiush Milik 57-daqiqada neapolliklar hisobiga 3-golni yozib qo'ydi. Bu uning 11 uchrashuvdagi o'ninchi goli bo'ldi. Birinchi taymdagi ikkita golni yodida saqlagan "Napoli" koncentraciyani yo'qotmaslikka urundi. Birozdan keyin Allanning uzatmasidan Mertens raqib darvozasini ishg'ol etishga muvaffaq bo'ldi. SHu bilan, “Napoli” bahsni g'alaba bilan yakunladi.

"Roma" kuzdan beri uyda g'alaba nimaligini bilmayotgan "SPAL"ga yutqazib qo'ydi  

Rimliklar Ranerining birinchi uchrashuvidagi g'alabadan so'ng, muvaffaqiyatli odimlarini davom ettirish niyatida edilar va kuzdan buyon o'z maydonida g'alaba nimaligini bilmay kelayotgan "SPAL" bu borada juda qulay raqibdek edi. Mezbonlar birinchi daqiqalardan raqib shashtini qaytarishga muvaffaq bo'ldi va o'zlari kam sonli hujumlardan birida hisobni ochishga erishishdi. Sionek oshirib bergan to'pni Fares Olsen qo'riqlayotgan darvozaga joylab qo'ydi. Bu vaziyatda shvecialik darvozabonning ham qisman aybi, xatosi bor ekanligini takidlash lozim. Uning joy tanlashdagi xatosidan so'ng, "Roma" yana bir gol o'tkazib yubordi. Rimliklar esa ha deganda Viviano darvozasiga yo'l topa olishmadi. Jeko-SHik juftligi kutilganidek ish bermadi, El-SHaaravi va Klyuyvert esa o'z qanotlarida yakkalanib qolgandek ko'rindi.

Ikkinchi taymni katta bosim bilan boshlagan "Roma" Jekoni jarima maydoni ichida yiqitishgani uchun penalti tepish huquqiga ega bo'ldi. Perotti bu ishni ishonchli tarzda amalga oshirdi va muvozanatni tikladi. Lekin ko'pchilik mehmonlar endi g'alabani o'z tomonlariga og'dirib olar ekanda deb turganda, tashabbus mezbonlar tomoniga o'tib ketdi. "Bo'rilar" himoyasining etiborsizligi oqibatida Petanya o'ta qulay vaziyatga chiqib ketayotganda, Jesus uni qoidani buzgan holda to'xtatishdan o'zga yo'l topa olmadi. Penaltini jabrlanuvchining o'zi ishonchli tarzda amalga oshirdi va A Seriyadagi 11 golini rasmiylashtirdi. Takidlash lozim, qolgan vaqt davomida "Roma"dan ko'ra, "SPAL" yana bir gol urishga yaqinroq keldi. Jaxli chiqqan Raneri jamoasi o'yinidan qoniqmayotganini yashirib o'tirmadi. Uning baxtiga 4-o'rin bilan oradagi 4 ochkolik farq o'zgarmay qoladigan bo'ldi. 

"Lacio" ishonchli g'alabaga erishdi va evrokuboklar yo'lidagi muhim qadamni tashladi  

"Burgutlar" evrokuboklar yo'llanmasi kurashidan tushib qolmasliklari uchun o'z maydonrlarida "Parma"ni taslim etishlari talab etilardi. Milinkovich-Savich jarima maydoni ichiga to'pni ustalik bilan tashlab berdi, Marushich esa Sepega umuman imkon qoldirmadi. Ko'p o'tmay, "Lacio" penalti tepish imkoniyatiga ega bo'ldi - Luis Alberto darvozabon va to'pni boshqa-boshqa burchaklarga ravona qildi. Lekin mezbonlar to'xtash niyatida emasdilar. Tanaffusgacha ispaniyalik futbolchi jamoasining o'yindagi, o'zining mavsumdagi uchinchi golini urishga erishdi. Pleymeyker o'tgan mavsumdagi sport formasida emas, biroq agar shu o'yin uning qaytishiga turtki bo'lsa, bu "Lacio" va muxlislari uchun ajoyib yangilik bo'ladi. Taym so'ngida yana Luis Alberto faollik ko'rsatdi, uning to'p oshirishidan so'ng Lulich qulay vaziyatga chiqib bordi va oradagi farqni yana bitta golga oshirdi.


Ikkinchi bo'lim kutilganidek rasmiyatchilik uchun o'tkazildi. Niyatiga erishgan "Lacio" ekonom-rejimda o'ynay boshladi va shundagina "Parma" hujumda bir nimalar qilishga imkon topdi. Mattia Sprokatti "Lacio" himoyachisi xatosidan unumli foydalandi va hech bo'lmasa bitta javob to'pini kiritdi. "Lacio" hamon 7-pog'onani band etib turibdi, lekin Indzagi shogirdlarining zaxirasida bitta o'yin mavjud. Bundan ko'rinib turibdiki, bizni evrokuboklar yo'llanmalari uchun qaynoq kurash kutib turibdi.


SHuningdek,

"Bolonya" g'alaba qozondi

"Sampdoriya" raqib darvozasini 5 marta ishg'ol etib, g'alabani qo'lga kiritdi.

"Atalanta" turnir jadvalining eng so'nggi pog'onasini egallagan "Kevo"ni mag'lub eta olmadi.

Sergey Rumyancev

Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика