So’nggi yangiliklar

10:09ЎзФҲМ "Алё, рэф!"га қарши: ҳакамлар Суперлиганинг 14-туридаги учта ўйинда нечта хатога йўл қўйишди?  0 09:52«Бавария» футболчиси «Барселона»га ўтмоқда  2 09:23Марко Ройснинг янги жамоасининг номи маълум  1 08:50«Андижон» кечаги ғалабадан сўнг тарихий натижани қайд этди  4 08:21ЦСКА селекционер-мураббий Аббосбек Файзуллаевни Испаниянинг қайси жамоасида ўйнаб кетишини айтди  3 07:52Про лига. Бугун 15-тур баҳслари давом эттирилади  3 07:20Бугун Париж Олимпиадасида қайси спортчиларимиз иштирок этишади? (рўйхат)  4 04:28Футзал. ЖЧ-2004. Турнир остонасида қоқилган Ўзбекистон ҳамда бразилиялик футболчилар билан финалга қадар етиб борган Европа мамлакати ҳақида ҳикоя қиламиз  0 01:36Сергей Лушчан: "12 кунлик йиғин давомида футболчилар қулдек меҳнат қилишди. Бундай футболчилар билан ишлаш шунчаки ажойиб"  12 00:39Иван Бошкович: "120 дақиқа курашиш икки жамоа учун ҳам осон бўлмади. Ушбу таркибга ишонганим сабаб кўп трансферларга қўл урмадик"  5 00:32Сардор Рашидов жиддий жароҳат сабаб бир неча ойга сафдан чиқди  15 00:04Александр Хомяков: "Ҳар қандай жамоа кутилмаган сюрприз тайёрлаб қўйиши мумкин"  5 23:54"Ланс" назорат ўйинида "Версал"ни мағлуб қилди. Абдуқодир Ҳусанов бир тайм ўйнади  1 23:40Ўзбекистон Кубоги 1/4 финал. "Сўғдиёна" - "Навбаҳор" 2:3, Сайфиев сўнги дақиқада майдондан четлатилди  4 23:32Жамшид Саидов кубокдаги йирик мағлубиятдан сўнг: "Асосий мақсадимиз чемпионат ўйинларига қаратилган"  8

A Seriya. Qizg'in bellashuvlar, gollar va ehtiroslarga boy bo'lgan tur haqida Yangiliklar

A Seriya. Qizg'in bellashuvlar, gollar va ehtiroslarga boy bo'lgan tur haqida

Appenin yarim orollaridagi navbatdagi turni derbi ochib berdi.

Turinliklar "Inter" ustidan g'alaba qozondi

Appenin yarim orolidagi navbatdagi turni derbi ochib berdi. Tarkib tanlash borasida har ikkala murabbiy ham kutilmagan qarorlarga qo'l urishmadi. Umuman olganda, ikki jamoaning tarkibini oldindan tahmin qilish mumkin edi. Uchrashuv ehtiyotkorlik bilan boshlandi. Birinchi gol urish uchun dastlabki chinakam qulay vaziyat 1-taymning o'rtalarida bo'ldi. Qizig'i, u mehmonlarda yuzaga keldi. Galyardini darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatda qoldi, ammo o'zini yo'qotib qo'ydimi, o'ta qulay imkoniyatdan foydalana olmadi. To'p uning zarbasidan so'ng, darvoza ustuniga tegdi. Bir necha daqiqadan keyin esa Perishich va Ikardi ajoyib vaziyatdan unumli foydalana olmay, bir-biriga halaqit berishdi. Bunga javoban Kellini to'p burchakdan uzatib berilganidan so'ng, kuchli zarba berdi, ammo Xandanovich yuqoriga sakrab, to'pni qaytardi.  

Ikkinchi taym boshida “Inter” qator imkoniyatlarga ega bo'ldi. Ammo Politanoning bergan zarbasini Bonuchchi to'sib qoldi. SHundan so'ng, “Yuventus” o'yinga kirishib, yuqori tezlik bilan harakatlana boshladi. Bahs natijasi Spallettining o'yinchini o'zgartirishi tufayli hal bo'ldi desak mubolag'a bo'lmaydi. U kutilmaganda raqibi De SHiloga muntazam bosim o'tkazib turgan Politanoni bahsdan olib, uning o'rniga Borxa Valeroni maydonga tashladi. Joau Mariu qanotga ko'chib o'tgan bo'lsa-da, o'z vazifasini alo darajada uddalay olmadi. “Yuvetnus” esa undan farqli ravishda, o'z ishini alo darajada bajardi. Kanselu yuqoridan oshirgan to'pga Manjukich sobiq klubdoshi Asamoadan oldinroq etib bordi, hamda darvozani ishg'ol qildi. Bundan so'ng, turinliklar o'ta xavfli vaziyatlar yaratib, kuchli zarba bermagandir, biroq “Inter” shunga ham javob qaytarolmadi. “Keksa sinora” esa 15ta turda 43 ochko toplab, rekord natijani qayd etdi.


Rimdagi ajoyib yakun


“Lacio” ECHLda ishtirok etishi uchun yaxshi imkoniyati bor edi. Ammo buning uchun jamoa uyda “Sampdoriya” ustidan g'alaba qozonishi zarur edi. Murruning ajoyib golli uzatmasidan Kvalyarella darvozani ishg'ol etishga muvaffaq bo'ldi va hisobni mehmonlar ochdi. SHunday so'ng “Lacio” "uyg'ongan" bo'lsa-da, bahsning so'nggi o'n daqiqasigacha biroz sekin harakatlandi. Ammo keyin hammasi o'zgacha tus oldi. Paroloning burchakdan Acherbi tomon tepgan to'pi va Franchesko raqib darvozasiga gol urishga muvaffaq bo'ldi.

Bereshinskiy oxirgi daqiqalarda qizil kartochka oldi, hamda maydonni ertaroq tark etdi va uning darvozasi tomon penalti belgilandi. Immobile to'p yoniga kelib, ishonch bilan tepdi. “Sampdoriya”ning bittagina imkoni bor edi va u bundan foydalana oldi. Himoya chizig'idan etkazib berilgan to'p oshirishidan so'ng, Kovnackiy qolganlardan chaqqonroq harakat qildi va to'pni Saponaraga etkazib berdi va italiyalik aqlbovar qilmas zarba bilan hisobni tenglashtirdi. Muxlislar quvonchining cheki yo'q edi. “Lacio” esa faqat o'zidan "o'pkalashi" kerak. Jamoa bu safar bor imkoniyatidan foydalana olmay, juda sust o'ynadi va natijada ochko yo'qotdi.


“Kalyari” bahs so'nggida durang natija qayd etishga muvaffaq bo'ldi

“Roma”ning ishlari joyida. Jamoa to'rtinchi o'rindan atigi 5 ochkoga orqada bo'lsa-da, jon-jahdi bilan o'ynayotgani yo'q va shu sababli jadvalda etakchilardan biroz pastroqda turibdi. Rimliklar bahsni yaxshi boshlashgandi. Buning natijasi o'laroq, Klyuyvert 15-daqiqada Kristantega pas berdi va Brian o'rta masofadan zarba  berib, hisobni ochdi. Taym so'nggiga yaqin “bo'rilar” jarima maydonidan to'p tepish huquqiga ega bo'ldilar. Kolarov to'p yoniga keldi va ajoyib zarba bilan to'pni darvoza tomon yo'lladi. “Kalyari” biroz sust o'ynadi, biroq “Roma” juda chiroyli o'yin ko'rsatdi.

Tanaffusdan so'ng ham bahs tempi o'zgargani yo'q, “Roma” hujum qilishda davom etdi. Hattoki, uchinchi golni urishga ham yaqin qolgandi. Ammo bir soniyada vaziyat o'zgarib ketdi. Ionice burchakdan so'ng, gol urdi va raqiblarini sarosimaga solib qo'ydi. Muxlislar “Kalyari”ni qo'llab-quvvatlab turishdi va ularning sevimlilari Olsen darvozasi tomon hujum qilishdi. Ammo mezbonlarning ikkita goli hisobga olinmadi. SHu vaqtda “Kalyari” o'yinchilari bundan norozi bo'lib, janjal ko'tarishlari mumkin edi. Lekin ular bunga hisobni tenglashtirib javob qaytarishdi. Sau “Roma”ning holdan toygan himoyachilaridan o'zib ketib, durang natija qayd etilishiga sababchi bo'ldi. “Roma” klubi so'nggi 6ta uchrashuvda bir marotaba g'alaba qozondi. SHunga qaramay, Di Franchesko hali o'z lavozimidan bo'shatilgani yo'q.


Dramatik bellashuvning so'nggi daqiqalarida "Fiorentina" mag'lubiyatdan qutilib qoldi

Ushbu tur o'yinlarining ayniqsa so'nggi daqiqalari kutilmagan voqealarga boy bo'ldi. Redjo-nel-Emiliyada o'tgan o'yinda ayniqsa bunday bo'lishiga hech qanday sabab, ehtimol yo'qdek edi. O'yinning birinchi bo'limi shunchalik zerikarli bo'ldiki, ikki darvozabon xatto bemalol gazetada "Inter" va "Yuventus" uchrashuvi haqidagi maqolalarni o'qiy olardilar. Lekin ikkinchi bo'lim, aniqrog'i, oxirgi yarim soatda vaziyatlar do'l kabi yog'ildi. Dastlab, Dankan jarima maydoni tashqarisidan shunday zarba berdiki, iqtidorli Audero ham hech nima qila olmay qoldi. So'ngra "Inter" tarbiyalanuvchisi yana bir bor samarali harakatni amalga oshirdi. Dankanning to'p oshirishi Babakar ortiqcha qiyinchiliksiz darvozani ishg'ol qilishiga zamin yaratdi. Sobiq jamoasi hurmatini qilgan holda, forvard golni nishonlamadi. Oradan uch daqiqa o'tgach, Jovanni Simeone jarima maydoni ichida hammadan chaqqonroq chiqdi va oradagi farqni qisqartirdi. VAR tizimidan foydalangan hakam, hujumchining faqatgina qo'li o'yindan tashqari holatda bo'lganligini ko'rdi va golni inobatga oldi.

O'yin endi tinchlanganda, Sensi uni yana jonlantirib yubordi. Iqtidorli yarim himoyachi faoliyatidagi eng yaxshi mavsumlardan birini o'tkazmoqda va uzoq masofadan mavsumdagi birinchi golini urishga muvaffaq bo'ldi. O'yin taqdiri hal bo'lgandek tuyulgandi, ammo dastlab Benassi intrigani qaytargan bo'lsa, hakam bilan ko'p "gaplashib" yuborgani uchun Milenkovich qizil kartochka oldi, ungacha raqib safida Jurichich ikkinchi sariqni olib ulgurgandi. Bu borada tenglik tiklangandan so'ng, navbat tablodagi hisobni tenglashtirishga kelgandi. Kevin Miralyas o'sha ishning uddasidan chiqdi va yakuniy hisobni o'rnatdi - 3:3 (qizil kartochkalar bo'yicha 1:1).


Muhim bahs oldidan "Napoli" uyida "Frozinone"ga imkon qoldirmadi

“Inter”ning ochko yo'qotishi "Napoli" uchun ajoyib yangilik edi. Anchelotti shogirdlari ko'proq CHempionlar Ligasida "Liverpul" bilan bo'ladigan uchrashuv haqida o'ylayotgandi, lekin g'alaba qozongan taqdirda, jamoa "Inter"dan 6 ochkoga qochib ketardi. SHuning uchun bo'shashishga imkon yo'q edi. Ettinchi daqiqadayoq Insine to'pni Zelinskiga oshirib berdi, polshalik futbolchi kuchli zarba bilan darvozaning pastki burchagini nishonga aniq oldi. Tay oxirlarida bu mavsum kamdan-kam maydonga tushayotgan Adam Una ajoyib zarba berdi. Bu o'yinda nafaqat Una, balki darvozabon Aleks Meret ham o'zini ko'rsatish imkoniyatiga ega bo'ldi. "Napoli" muxlislari uchun eng quvonarli xabar esa og'ir jarohatdan so'ng, markaziy himoyachi Fauzi Gulyam safga qaytgani bo'ldi.

Takidlash joiz, bu nafaqat quvonchli yangilik bo'ldi balki, omadli qaytish ham bo'ldi. Avvaliga uning to'p oshirishidan keyin Milik raqib darvozasini ishg'ol qildi. Keyin ajoyib kombinaciadan so'ng, jazoirlik futbolchi yana o'sha Milikni qulay vaziyatga chiqarib yubordi. Og'ir jarohat tufayli uzoq tanaffusdan so'ng, birinchi uchrashuvda ikkita golli pas istalgan futbolchi uchun ajoyib natija hisoblanadi. O'sha oqshom "Napoli" raqibdan har tomonlama ustun edi. Jamoa bundanda ko'proq gol urishi mumkin edi, ammo goh darvoza to'sinlari, gohida esa raqib posboni Sportello bunga qarshilik qilib qoldi. Endi neapolliklar "hayot-mamot" jangi, "Enfild"da Yurgen Klopp jamoasiga qarshi, CHempionlar Ligasi pley-off bosqich yo'llanmasi uchun kurashga tayyorlanishmoqda. "Frozinone"ga esa musobaqa jadvalidagi o'rnini yaxshilashi va umuman o'ziga kelib olishi uchun vaqt kerak bo'ladi.


SHuningdek:
Pentek penaltidan gol urdi va to'purarlar bahsida yana yakka peshqadamga aylanib oldi;
Duvan Sapata "Udineze" bilan uchrashuvda xet-trik qayd etdi;
"Milan" va "Torino" birorta ham gol ura olishmadi.


Nozima Zaripova tarjima qildi

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика