So’nggi yangiliklar

07:30Эрон ОАВси. Сергеев "Персеполис" билан шартнома имзолади  0 03:15Африка кубоги. 1/8 финал. Мали пенальтилар сериясида Тунисни мағлуб этди, Сенегал эса Судан устидан зафар қучди  0 03:03Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди  24 03:00А Серия. "Аталанта" ўз уйида "Рома"ни мағлуб этди  1 02:11Саудия Арабистони Про лигаси. "Ал Иттиҳод" ўз майдонида рақобатчисини мағлуб этди  0 00:26АПЛ. "Арсенал" 5 та гол урилган ўйинда меҳмонда "Борнмут"ни мағлуб этди, Райсдан дубль!  12 23:59А Серия. "Ювентус" ўз майдонида "Лечче"ни мағлуб этолмади  4 23:35Ўзбекистон ва Озарбайжон чемпионлари Анталияда ўзаро ўйнашади  3 23:17БАА чемпионати. "Ал Батаэҳ" ўз майдонида "Дибба"га мағлуб бўлди, ўзбекистонлик икки ўйинчи баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  2 22:30"Астон Вилла" кетма-кет 11 уй ўйинида ғалабага эришди  6 22:12АПЛ. "Вулверхэмптон" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  3 21:49"Қизилқум" 4 футболчиси билан хайрлашди  0 21:25Фарьоли "Челси"га бормаслигини айтди  3 21:02"L’Equipe" йил рамзий термасини эълон қилди  2 20:46"Пахтакор"нинг Туркиядаги илк йиғинидаги рақиблари маълум қилинди  0

A Seriya. Prevyu. Bugun ECHLda omadi chopmagan "Inter" va "Yuventus" o'ynaydi Yangiliklar

A Seriya. Prevyu. Bugun ECHLda omadi chopmagan "Inter" va "Yuventus" o'ynaydi

Turning dastlabki o'yinlarida guruhda qolib ketgan "Inter" va kutilmaganda "Yang Boyz"ga imkoniyatni boy bergan "Yuventus" o'z uchrashuvlarini o'tkazadi.

"Inter" — "Udineze"

"Neradzurri"ning oxirgi natijalari shuni ko'rsatyaptiki, bu mavsum ham dekabr oyi jamoa uchun qiyin o'tmoqda. CHempionlar Ligasida "Inter"dan "PSV"ni engish (1:1) va guruhning ikkinchi o'yinida "shporlar" ochko yo'qotishi talab etilardi. "Inter" nima qildi, o'z maydonida durang o'ynadi va "Napoli"ga qo'shilib Evropa Ligasiga ravona bo'ldi. O'tgan turda milanliklar "Yuventus"ga imkoniyatni boy berishdi (0:1). Endi Luchano Spaletti shogirdlari birinchi o'rindan 14 ochko ortda qolmoqda, "Napoli" esa 6 ochkoga ilgarilab ketgan. Oxirgi etti uchrashuvda "Inter" bor yo'g'i bir marta zafar quchdi - noyabr oyida "Frozinone" tasli etilgandi (3:0). Kalendar borasida ham jamoaga xavas qilib bo'lmaydi, "Barselona", "Yuventus", "Roma" va qator kuchli raqiblarga qarshi o'yinlar ortda qolgan bo'lsada, oldinda "Napoli" kutib turibdi.

Mehmonlar o'tgan turda "Atalanta"ga qarshilik ko'rsatmoqchi bo'lishdi (1:3), ammo raqib kuchlilik qildi. Jamoaga Nikolaning kelishi bilan "Udineze" o'yini darrov o'zgardi. So'nggi uch o'yinda 4 ochko, aynan ular tufayli jamoa xavfli zonadan teparoqda. "Udineze" 17-o'rinda va xavfli zonadan ikki ochkolik farq. Agar jamoa B Seriyaga tushib ketishni istamasa, ochko to'plash zarur. "Inter"ga ham g'alaba zarur. Og'ir va omadsiz uchrashuvlardan keyin jamoadagi ichki muhit va futbolchilarning o'ziga bo'lgan ishonchini qaytarish, hamda Luchano Spalletti kelajagi uchun ham harakat qilish kerak.


"Torino" — "Yuventus"

"Della Mole derbisi" – bu doimo qiziq uchrashuv demakdir. Italiyada "Yuventus" gegemonga aylangan bo'lsada, turinning ikki jamoasi kurashi zerikarli o'tmasligi aniq. Ushbu to'qnashuv tarixida 187 o'yin bor bo'lib, tabiiyki ustunlik "Yuve" tomonda. "Zebralar" mamlakat chempionatidagi barcha rekordlarni ketma-ket yangilab yotibdi. Jamoa ichki chempionatda hali biror marta imkoniyatni boy bermadi va 43 ochko to'pladi. Hafta o'rtasida turinliklar CHempionlar Ligasida mag'lubiyatga uchradi va mavsumdagi ikkinchi mag'lubiyatini tan olishga majbur bo'ldi. "Yang Boyz" (1:2)gacha Allegri shogirdlari "Manchester Yunayted" (1:2) bilan uchrashuvda imkoniyatni boy berishgandi. Qizig'i, bu ikki mag'lubiyat ham klubga guruh bosqichini birinchi o'rinda yakunlashiga to'sqinlik qila olmadi. CHempionatda qatorasiga 5 g'alaba va bor yo'g'i 1ta o'tkazib yuborilgan gol – "Inter"(1:0), "Fiorentina" (3:0), SPAL (2:0), "Milan" (2:0) va "Kalyari" (2:1).

"Buqalar" ortiqcha shovqinsiz olti o'ringa chiqib olishdi. O'tgan turda jamoa Milandan bir ochko olib qaytdi (0:0). Jamoa ushbu mavsumda ajoyib bir natijaga ega. Bunday holat bilan Italiyada faqatgina "Yuventus" va "Torino" maqtana oladi. Ushbu ikki jamoa mehmonda biror marta ham mag'lub bo'lganicha yo'q. Uyda "buqalar" 7 turda 3 marta yutqazishdi, natijada 10 ochkogina ishlab olindi. Tarkib borasida "Torino" ko'pchilik bilan bellasha oladi va ismlarga qarasak, jamoa evrokuboklarga yo'llanma uchun kurasha oladi. Barchasi jamoaning o'ziga bog'liq, ammo hozircha ularga stabillik etishmayapti.

"Torino" bugungi "Yuventus"ga chinakamiga bosh og'riq bo'lishi mushkul vazifa. "Yuve"ning ECHLdagi mag'lubiyat aksincha "Torino" zarariga ishlashi va Allegri shogirdlari alamlarini bugungi raqibdan olishlari ham hech gap emas. O'zaro o'yinlarning oxirgi 10 tasining 8 tasida "keksa sinora" g'olib bo'lgan. "Torino"ning yagona g'alabasi 2015 yilda qayd etilgandi. Bu uchrashuv derbi maqomida bo'lsada, "Yuventus" yaqqol favoritligini hech kim inkor etmasa kerak.


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика