A Seriya. Pepe Reynani ojiz qoldirgan SHomurodov gollar bo'yicha kimlar bilan tenglashdi?
03 may 2021 00:25
Yangiliklar


A Seriya. Pepe Reynani ojiz qoldirgan SHomurodov gollar bo'yicha kimlar bilan tenglashdi?
Italiya chempionati 34-turi doirasida gollarga boy o'tgan “Lacio” – “Jenoa” bahsida mezbonlar 4:3 hisobida g'alabaga erishdi.
O'yindagi oxirgi golni genuyaliklar forvardi Eldor SHomurodov o'z hisobiga yozdirdi. U avvalgi o'yinda “Speciya” darvozasini ham ishg'ol etgandi.
SHu tariqa, 25 yoshli hujumchining A Seriyadagi gollari soni 5 taga etdi. U bu borada Veston Makkenni (“Yuventus”), Aleksis Sanches (“Inter”), Lorenco Pellegrini (“Roma”) kabi futbolchilar bilan tenglashib oldi. SHomurodov hisobida bitta assist ham bor.
P.S. Umuman musobaqa to'purarlari jadvalida 27 ta gol bilan Krishtianu Ronaldu ("Yuventus") yaqqol peshqadamlik qilmoqda. Undan keyingi o'rinda turgan Romelu Lukaku ("Inter") hisobida esa 21 gol bor.
O’xshash yangiliklar
08:30
O'zbekiston ayollar terma jamoasi o'rtoqlik uchrashuvida yirik hisobdagi g'alabani qo'lga kiritdi 3

Fikrlar