So’nggi yangiliklar

23:50Клублар ўртасидаги ЖЧ финали. "Челси" — ПСЖ 0:0 (матнли трансляция)  12 23:40"Арсенал" ва "Спортинг" Гёкереш бўйича келишувга эришишга яқин  1 22:21"Ливерпуль" ўртоқлик ўйинида "Престон Норт Энд"ни мағлуб этди  1 21:56Терма жамоадаги муҳит, аёллар футболининг ривожи, Англиядан олинган таклиф ва 23 йиллик танаффусдан сўнг қўлга киритилган Осиё кубоги йўлланмаси ҳақида — Оминахон Валиханова  1 21:30МЮ 65 млн фунтлик трансферни амалга ошириши мумкин  0 20:40"Барселона" даъвогарлик қилаётган Рэшфорд Саудия Арабистонидан ажойиб таклифни рад этди  4 19:57"Бавария" "Арсенал" вингерига қизиқиш билдирмоқда  0 19:12"Реал" Родригонинг нархини маълум қилди  14 18:20Роберто Фирмино фаолиятини Осиёнинг бошқа мамлакатида давом эттиради  3 17:43Эндрик "Реал"дан ижарага кетмоқчи эмас  4 16:5840 ёшли Касорла "Овьедо" билан шартномасини 2025/26 йилги мавсумгача узайтирди. Клуб Ла Лигага қайтди  0 16:24Эшитдик-да! Жаҳон чемпиони бўлган мураббий Ўзбекистон МТЖни бошқариши мумкин  122 16:05Шомуродов: "Аргентинага қарши ўйнаб, қайси жиҳатларимизни кучайтириш кераклигини билиб олсак бўлади"  8 15:54⚡️"Пахтакор" собиқ футболчисини ортга қайтарди  10 15:29Шерзод Жўраев: “Қайси йўналишда бўлса ҳам “Навбаҳор” муваффақиятларига ҳисса қўшиш мен учун шараф”  1

A Seriya. Jamoa sardori g'alaba to'pini kiritdi. "Parma" – "Yuventus" 0:1 Yangiliklar

A Seriya. Jamoa sardori g'alaba to'pini kiritdi. "Parma" – "Yuventus" 0:1

A Seriyaning yangi mavsumda dastlabki uchrashuvi bo'lib o'tmoqda.

Ushbu bellashuvning 21-daqiqasida Jorjio Kellini tomonidan kiritilgan gol yagona bo'lib qoldi. Ronalduning goli esa VAR qaroriga ko'ra bekor qilindi. SHu tariqa, amaldagi A Seriya g'olibi mavsumni kichik hisobda, lekin muhim g'alaba bilan boshladi.

Parma Calcio 1913

Serie A . 1-tur

24/08/2019, 22:00

1
:
0
Tugadi

Juventus

Giorgio Chiellini - 21'

Stadion: Stadio Ennio Tardini, 20073 tomoshabin

Bosh hakam: Fabio Maresca

45'
90'
27'  Dejan Kulusevski
45'  Hernani
57'  Dejan Kulusevski (Luca Siligardi)
77'  Gaston Brugman (Alberto Grassi)
85'  Antonino Barilla (Yann Karamoh)
21'  Giorgio Chiellini
34'  Cristiano Ronaldo
53'  Sami Khedira
63'  Sami Khedira (Adrien Rabiot)
71'  Douglas Costa (Juan Cuadrado)
83'  Gonzalo Higuain (Federico Bernardeschi)
88'  Federico Bernardeschi
90'  Miralem Pjanic


Parma – Yuventus 0:1 (0:1, 0:0)

24 avgust, 21:00, «Ennio Tardini»

Gol: 21, Kellini - 0:1.

Parma – Sepe, Iakaponi, Ingleze, Ernani, Brugman (77, Grassi), Laurini, Barilya (85, Karamox), Bruno Alvesh, Jervino, Gagliolo, Kulusevski (57,  Siligardi).

Zaxira: Kolombi, Dermaku, Machin, Kornelius, Skozarella, CHeravolo, Kucka, Richchi, Sprochati.

Yuventus – SHensni, De SHilo, Bonuchchi, Kellini, Aleks Sandro, Pyanich, Xedira (63, Rabo), Matyuidi, D. Kosta (71, Kuadrado), Ronaldu, Iguain (83, Bernardeski).

Zaxira: Buffon, Pinsolio, de Ligt, Demiral, Danilo, Emre Jan, Bentankur, Dibala, Manjukich.

Ogohlantirishlar: Ernani (45), Xedira (53), Pyanich (90+2).


Bahsni biz bilan kuzatib borganingiz uchun tashakkur! Keyingi A Seriya o'yinlarida ham uchrashguncha do'stlar! 


UCHRASHUV YAKUNLANDI! — 0:1. "Yuventus" foydasiga.

90+4. "Qachon yiqilishni ham bilish kerak" shioriga amal qilgan holda, SHensni to'pni quchoqlagancha maydonda yotibdi. Tushundingiz-a?! Albatta, "Parma" hujumchining avjiga chiqqanini ko'rmoqdamiz. Bir ochko ham ularga zarurligi yaqqol ko'rinib turibdi. 

90+3. Ernanening jarima zarbasi ham kuchliii bo'ldi, lekin noaniq.

90+2. Ogohlantirish. Miralem Pyanich aybdor.

— Ikkinchi bo'limga 6 daqiqa qo'shib berildi!

89. "Parma" burchak zarbasidan naf chiqara olmadi. Bruno Alvesh esa yon hakam yoniga borib nimadandir noroziligini bildirdi.

85. O'zgarish. Barilya o'rniga Karamox tushdi.

83. O'zgarish. Iguain o'rniga Bernardeski tushdi.

80. Sepe har ikki daqiqada to'pni qaytarish uchun ovora bo'lmoqda. Ronaldu, Sandro, Kuadrado, Iguain uni tinch qo'yishmayapti.

77. O'zgarish. Brugman o'rniga Grassi tushdi.

75. #COOLING BREAK — Jamoalar va hakamlar tomoqlarini ho'llab olishmoqda.

74. Jervino chap qanotdan qochib ketayotgandi. Hakamlar uni ofsaydda ekanini qayd etishdi.

73. To'p nazorati to'liq "Yuventus" qo'lida.

71. O'zgarish. Kosta o'rniga Kuadrado tushdi.

71. Bugungi uchrashuvning eng yaxshi o'yinchilaridan biri Duglas Kosta shifokorlardan maydonning o'zida tibbiy yordam qabul qilmoqda.

70. Rabyo maydon markazida qo'pollik ishlatdi.

68. Bugungi uchrashuvda hech kim bir-birini ayamayapti. Navbatdagi qurbon — Jervino. Ha, o'sha "Arsenal"da gullagan yuvarlik forvard. SHunga ham 4-5 yil bo'lib qoldi.

65. UXXXX deydigan zarba bo'ldi! Muallif — Ronaldu. O'ng oyoqda tepish holatiga kelganda, tezda to'pni chap oyog'iga moslashtirdi va "pushka"dek zarba berdi. Sepe joyni to'g'ri tanlagani uchun bir amallab yuqori markazga uchib kelayotgan to'pni qaytardi.   

63. O'zgarish. Xedira o'rniga Rabyo tushdi.

60. IGUAIN! Uning zarbasiga himoyachilar g'ov bo'lishdi. Burchak to'pi. "Yuve" yana asta-sekin o'yin tizginini o'z qo'liga olishni boshladi.

57. O'zgarish. Kulusevski o'rniga Siligardi tushdi

56. Pyanich tibbiy yordamga muhtoj bo'lib chim ustida yotibdi. Uning yonida Duglas Kosta ham.

53. Ogohlantirish. Xedira mezbonlarning vajohatini qo'pollik evaziga yumshatmoqchi.

51. Inglese maydon markazidan boshlab to'pni o'zida olib yurdi va biroz aniq pas berganida hozir xavfli vaziyat, balki gol bo'lardi. 

49. "Parma" tanaffusdan so'ng och qolgan bo'rilarga o'xshab o'ynamoqda. Golga juda intilishmoqda.

46. IKKINCHI BO'LIM BOSHLANDI

FOTOGALEREYA >>>GOL VIDEO



TANAFFUS

45+3. Inglese havodagi kurashda tirsagi bilan Bonuchchining boshiga qattiq zarba berdi

— Birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi.

45. Ogohlantirish. Ernani Ronalduni oyog'ini bosib oldi. 

44. Pyanichning jarimadan bergan zarbasi kuchli chiqmadi va Sepe to'pni ushlab oldi. 

36. YO'Q! GOL INOBATGA OLINMADI. VAR tizimi A Seriyada ham bor. Uning qarori — ofsayd. 

34. GOL! 34 yoshli Ronaldu aynan shu daqiqada mavsumdagi gollari hisobini ochdi. Biroz avval yo'llagan zarbasiga o'xshagan vaziyatdan Krishtianu unumli foydalandi.

31. Kichik tanaffus. Jamoalar suv ichib olishmoqda.

29. Ronaldudan omad yana yuz o'girdi. Gavdasida o'ziga to'g'rilab olganidan so'ng sakrab turgan to'pni darvozaning uzoq burchagiga yo'llangan zarbaga biroz aniqlik etishmadi.

25. Duglas Kosta jiddiy jarohat olishi mumkin edi. U oqsoqlanib harakatlanmoqda.

21. GOL! Kellini A Seriyaning ushbu mavsumdagi ilk goliga mualliflik qildi. 

15. Ingleseda ham imkoniyat bo'ldi. Qarshi hujumda esa Ronaldu o'z omadini sinab ko'rdi. Ikkala hujum ham muvaffaqiyatsiz yakunlandi.

6. Ronaldu mavsumdagi ilk zarbasini berdi — Noaniq.

4. Jamoalar hozircha hujumga o'tishayotgani yo'q. To'p asosan maydon markazida aylantirilmoqda.

1. O'yin boshlandi. 



Assalomu alaykum! A Seriyaning yangi mavsumi boshlanmoqda. "Parma" - "Yuventus" uchrashuvini birgalikda kuzatib boramiz. 



Parma – Yuventus 0:1 (0:1, 0:0)

24 avgust, 21:00, «Ennio Tardini»

Gol: 21, Kellini - 0:1.

Parma – Sepe, Iakaponi, Ingleze, Ernani, Brugman (77, Grassi), Laurini, Barilya (85, Karamox), Bruno Alvesh, Jervino, Gagliolo, Kulusevski (57,  Siligardi).

Zaxira: Kolombi, Dermaku, Machin, Kornelius, Skozarella, CHeravolo, Kucka, Richchi, Sprochati.


Yuventus – SHensni, De SHilo, Bonuchchi, Kellini, Aleks Sandro, Pyanich, Xedira (63, Rabo), Matyuidi, D. Kosta (71, Kuadrado), Ronaldu, Iguain (83, Bernardeski).

Zaxira: Buffon, Pinsolio, de Ligt, Demiral, Danilo, Emre Jan, Bentankur, Dibala, Manjukich.

Ogohlantirishlar: Ernani (45), Xedira (53).


       

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика