So’nggi yangiliklar

17:10"Винисиуснинг ёнида Мбаппенинг техник имкониятлари чеклангани сезилиб қолмоқда"  1 16:39Айвен Тоуни "Ал Аҳли"да "Брентфорд"дагидан 10 баробар кўпроқ маош олади  1 16:11Ўзбекистон U-20 терма жамоаси Хитойдаги халқаро турнирда Малайзияни мағлуб этди  6 15:54Тожикистон "Мердека кубоги"да Ливанга ютқазиб қўйди  4 15:12"Челси" собиқ футболчиси Санчо ҳақида: "Пул учун бўлмаса, нима учун?"  3 14:18Винисиус: "Вазият ўзгармаса, ЖЧ-2030ни Испаниядан олиб қўйиш керак"  18 13:45Сречко Катанец: "Бу ерда ким хўжайин эканлигини эртага кўрсатишимиз керак" (тўлиқ)  20 13:17Элит ОЧЛ. "Пахтакор" – "Ал Васл" учрашувини япониялик ҳакамлар бошқаради  6 12:30КХДР бош мураббийи: "Нейтрал майдонда ўйнаш қўшимча устунлик бермайди"  17 12:16Сречко Катанец: "КХДР билан фарқимиз биз ҳеч қандай ўртоқлик учрашувларисиз тайёрландик"  17 11:39"Реал" кейинги ёзда "Манчестер Сити" етакчисини сотиб олиш учун барча имкониятни ишга солади  8 10:42"Ливерпул"га қарши учрашувдаги хатолардан сўнг МЮ Каземирони бошқа клубга таклиф қилди  15 10:15Николай Ширшов хотира кубоги. Бугун турнир ғолиблари аниқланади   5 10:11Германия терма жамоасининг собиқ футболчиси фаолиятини "Рома"да давом эттиради  5 09:40Кечирилмади! Немис клуби мухлислари футболчини бошқа жамоа либосида суратга тушгани учун дўппослашди  2

A Seriya murabbiylarining yangi yordamchisi - "virtual murabbiy". U nima o'zi va qanday ishlaydi?! Yangiliklar

A Seriya murabbiylarining yangi yordamchisi - "virtual murabbiy". U nima o'zi va qanday ishlaydi?!

Sarri anchadan buyon texnologiyaning bu turidan foydalanadi.

Noyabrda "Atalanta"ga qarshi bahsdan avval bo'lib o'tgan matbuot anjumanida Mauricio Sarriga A Seriyada "Virtual Coach" ("virtual murabbiy") tizimidan foydalanmoqchi bo'lishayotganiga murabbiy qanday fikr bildirganini so'rashdi. "Siz aytayotgan tizim haqida etarlicha malumotga ega emasman", — tan oldi "Yuventus" murabbiyi. Ammo unga tizimni tushuntirib berganlaridan so'ng, u dedi: "SHunga o'xshash texnologiyalardan besh yildan beri foydalanaman. Bu yangilik emas!".

Biroq Kalcho Ligasi vakillari "Virtual Coach" tizimi Italiya futbolida (kelajakda dunyo futbol olamida) katta inqilib yasashiga ishonishmoqda. Kelgusi olti oy mobaynida bo'lib o'tadigan o'yinlarda bu tizim sinovdan o'tkaziladi, 2020/21 yilgi mavsumda esa to'liq ishga tushiriladi.


"Virtual Coach" nima o'zi?

Loyihaning rasmiy taqdimoti o'tgan yilning noyabr oyida bo'lib o'tgandi. "Virtual Coach" — bu Math&Sport kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan dastur bo'lib, u 2016 yil Milan texnika universitetining modellashtirish va ilmiy hisoblash laboratoriyasida tashkil etilgan.

Math&Sport o'z maqsadini quyidagicha tariflaydi: "Biz qiziqarli statistik ko'rsatkichlardan iborat malumotlar omborini faqatgina o'yindan keyingi tahlil uchun "qurol" sifatida emas, balki sportchilarning va hatto, jamoalarning o'yiniga real vaqtda tasir qila oladigan jihozga aylantirish ustida ish olib boryapmiz. Sportdagi ilg'or matematik model va algoritmlar yordamida futbolchi hamda murabbiylar o'z harakatlarini optimallashtirishlarida yordam beradi. Vazifamiz — real vaqtda ishlatilishi mumkin bo'lgan katta malumotlardan foydali axborot olish".

Math&Sport o'zining to'rt yillik faoliyati davomida asosan voleybol mutaxassislari bilan hamkorlik qildi: Germaniya erkaklar terma jamoasi murabbiyi Andrea Jani, Italiya erkaklar termasi sobiq murabbiyi Mauro Berruto, italiyaliklarning hozirgi murabbiyi Davide Maccanti. Maccanti jamoasi JCH-2018da kumush medali sohibi bo'lgan, Evropa chempionati-2019da esa bronza medalini qo'lga kiritgan.

Davide Maccanti shunday deydi: "Bir kuni men bir sportchimdan o'z iqtidori haqida gapirib berishini so'radim. U hech qanday tarif berolmadi. Sportga oid barcha adabiyotlarda doimo umumiy gaplarga ko'zim tushardi. Lekin iqtidor — bu umumiy narsa emas. Biz Math&Sport yordamida noyob individual malumotlarga asoslanib har bir sportchining iqtidorini aniqlashga muvaffaq bo'ldik. Bizda aniq va tushunarli bo'lgan tahlil bor, bu borada esa ortiqcha bahs-munozaraga o'rin yo'q. Bu statistikaga mutlaqo yangi qarashdir".


"Virtual Coach" — Math&Sport ning futbol bilan bog'liq bo'lgan ilk loyihasi. U maydondagi o'yinchilarning harakatlarini avtomatik ravishda aniqlaydigan matematik modellar va algoritmlarlarga asoslangan. Dastur planshetga o'rnatilgan va bir qator statistik malumotlardan foydalangan holda real vaqtda maydonda nimalar bo'layotganini aks ettiradi. "Ular haqidagi xabarnomalar darhol murabbiylarga etib boradi, — deydi Math&Sport bosh direktori Ottavio Krivaro. — Dastur o'yin vaziyatlari va murabbiylar tanlagan parametrlarni hisoblaydi. Malumotlar har 40 millisekundda yangilanib turadi".

"A Seriya — dunyodagi eng qiyin chempionat. Murabbiylarimiz o'zining ajoyib texnikasi va taktik bilimlari bilan dunyoga mashhur. SHunday bo'lsa-da, endi ularning yangi yordamchilari bor, — deydi Liga bosh direktori Luijji Di Servo. — Biz bosh murabbiy o'yin vaqtining o'zida tahlil natijalariga ega bo'ladigan futbol ligasi bo'lamiz. Daholik bilan chambarchas bog'langan suniy intellekt va mutaxassislarimizning mahorati musobaqa darajasini oshirish hamda A Seriya uchrashuvlarini yanada tomoshabop bo'lishiga xizmat qiladi.


Aynan qaysi malumotlar haqida gap ketmoqda?

"Bizning "Virtual Coach" tizimimiz inson sezmaydigan va bilmaydigan narsalarni ko'ra oladi, — deydi Math&Sport asoschisi, matematika fanlari professori Alfio Kvarteroni. — Tizim murabbiyga qanday qilib yaxshiroq o'ynash mumkinligi hamda jamoa o'z ishini qay tarzda to'g'ri bajarayotganini ham ko'rsatib bera oladi".



"Virtual Coach" tizimi real vaqt rejimida kuzatishi mumkin bo'lgan parametrlar quyidagilardan iborat: jamoalarning hujum tezligi, o'yinchilarning joylashgan kengligi, hujumning xavfliligi, to'pning harakatlanish tezligi, raqib maydonidagi uzatmalar soni, pozicion hujumlardan keyin zarbalar soni, bosim darajasi va boshqalar. Etiborlisi shundaki, siz har bir parametr uchun o'z normalaringizni o'rnatishingiz mumkin hamda uchrashuv davomida o'yin rejasidan chiqish holatlarini ham kuzatish mumkin. "Biz barcha teng va bir xil shart-sharoitda bo'lishini istaymiz: "Yuventus" ham, SPAL ham, — deydi Math&Sport vakillari.

"Matematik modellashtirish texnikasi, algoritmlar va miqdori aqlga sig'mas darajada ko'p bo'lgan malumotlarni bir necha yil avval orzu ham qilmasdik. Ammo bugungi kunga kelib u haqiqatga aylanmoqda, — tushuntiradi Krivaro. — O'yin davom etayotgan bir pallada maydonda yuz berayotgan vaziyatlar sabablarini topish, nega barchasi aynan shunday bo'lganini tushunish imkoni paydo bo'ladi. U yoki bu harakat nima uchun foydali yoki foydasiz bo'lganini harakat, masofa, tezlik va to'p oshirish usuli jihatidan tahlil qilish mumkin bo'ladi. Bu ham murabbiylar, ham futbolchilar uchun ko'mak bo'ladi va o'yin sifatini yaxshilashga xizmat qiladi".

Loyihaning texnik qismi uchun masul bo'lgan Adriano Bachchoni minglab o'yinlarni tahlil qilib, suniy intellekt kim, qachon va qanday gol urishini oldindan aytib bera olishiga ishonmoqda. Hozircha hamma narsa "Football Manager" o'yinidagi ko'rsatmalarga o'xshaydi. "Virtual Coach" taqdimot marosimining jonli efirida "Yuventus" va "Milan" (1:0) o'rtasidagi uchrashuv tahlil qilindi va dastur "Yuve" murabbiyiga quyidagicha ko'rsatmalar berdi: "Jamoa kenglikdan foydalanmay, markazga yaqinroq harakat qilganda raqib muammolarga duch keladi" (36-daqiqa), "Pyanichdan ko'proq foydalanish kerak" (57-daqiqa), "CHalxanoglu atrofida bo'sh zonalar juda ko'p" (65-daqiqa).


Murabbiylar qanday fikrda?

"Hech qanday g'alabali sxemalar mavjud emas. Suniy intellekt g'alaba qozonish imkoniyatlarini aniqlay olmaydi. Buyog'i endi murabbiy qaroriga bog'liq, — deydi Massimiliano Allegri. — Yanvar oyida hammaga planshet berilishi rejalashtirilgan va murabbiylar malumotlarga kirish imkoniyatiga ega bo'ladilar. Bu nima uchun kerak? Yaxshi murabbiy shundoq ham barchasini ko'ra oladi. Futbol o'yini — cheksiz dunyo emas, u malum bir maydon bilan chegaralangan. SHunchaki o'yin vaqtida o'z qarorini o'zgartira oladigan murabbiylar kerak".

"Ha albatta, "Virtual Coach" bizning barcha muammolarimizni hal qiloladi, — deydi istehzo bilan "Yuventus" sobiq bosh murabbiyi. — Avtomatizm jarayoni o'ylab ish tutadigan futbolchilar yo'qolib ketishiga olib kelishi mumkin. Agar ular faqat bir eshikdan kirishga o'rganib qolsalar va bir kun kelib o'sha eshik berk bo'lsa, yangi aylanma yo'lni izlash o'rniga o'sha eshikka boshlari bilan urishni boshlaydilar". Fabio Kapello ham Allegrining fikriga qo'shilmoqda: "Malumotlar yordam berishi mumkin, lekin o'yin vaqtida emas. U asosan mashg'ulotlarda as qotadi. Men statistikani doimo diqqat bilan o'rganganman. Dangalini aytganda, 90 daqiqa davomida maydonda ko'rganlaringizga ishonganingiz maqul".

Yanvar boshidan beri A Seriyada 5ta tur o'yinlari bo'lib o'tdi, ammo murabbiylar hali ham o'z taassurotlari bilan o'rtoqlashganlari yo'q. Ehtimol, texnologiya yordamiga murojaat qilishga shoshilmayotgandirlar?! (o'yin translyaciyalari vaqtida planshetlar ko'zga tashlanmadi). "Odamlar doimo innovaciyalardan cho'chigan, — deydi Kvarteroni. — Men bularga qarshi chiqayotganlar bo'lishini tabiiy hol deb bilaman. Insoniyat tarixi shuni ko'rsatadiki, barcha yangi narsalar shunday kutib olinadi va bu faqatgina sportda emas. Rentgen ham ilk davrida ko'pchilikni qo'rquviga sabab bo'lib, unga qarshi chiqqanlar etarlicha topilgan. Lekin endi usiz hayotimizni tasavvur qilolmaymiz".

Kvarteroni "Virtual Coach"ga bo'lgan ehtiyoj va uning foydasi haqida gapirar ekan, uni VAR bilan taqqoslaydi. Lekin eng qiziq jihat, uning kompaniyasi va Liga o'rtasidagi shartnoma raqamlari oshkor qilinmadi. Xo'sh, A Seriya rahbariyati Italiya futbolini yanada tomoshabop qilish uchun qancha pul sarflashga tayyor?

"The Athletic" muallifi Devid Ornshteyn so'zlariga ko'ra, innovacion texnologiyalar taklif etadigan kompaniyalar ingliz futbolini hayratda qoldiribdi. "Premer-liga klubi bir necha yil davomida tahliliy malumotlar taqdim etadigan kompaniyaga "olti raqamli summa" to'lagandi. Keyin esa ular olingan malumotlarni tekshirish uchun mutaxassislar yonlashgan. Malum bo'lishicha, olingan tahliliy malumotlarda "g'ij-g'ij" xato bo'lgan ekan", — deydi Ornshteyn.

Ehtimol, "Virtual Coach" haqiqatdan ham foydalidir. Biroq shunga o'xshash "hikoyalar" kamdan-kam hollarda baxtli yakun topadi. Qolaversa, dasturning yutuqlari haqida gapirishga ham hali erta. Yaxshisi, dastur ko'rsatmalari biror o'yinga tasir ko'rsatganini o'z ko'zimiz bilan ko'rganimiz maqul, nazarimizda. Agar qachondir shunday bo'lsa...


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика