So’nggi yangiliklar

16:37"Арсенал" янги трансфер бўйича "Валенсия" билан келишувга яқин  0 16:11Ўзбекистон U-16 терма жамоасининг Хитой йиғинига йўл оладиган таркиби маълум  0 15:44"Барселона" Ямалга 10-рақамни беришга қарор қилди  3 15:18Расман: Қирғиз Республикаси бош мураббийи ишдан кетди  2 14:55Шаҳбоз Жўрабеков: "Иккинчи даврада "Бухоро"ни юқорида кўрасиз. Бекхэмнинг зарбаларини кўриб катта бўлганман"  4 14:34"Манчестер Сити"га эгалик қиладиган "City Football Group" Ўзбекистонда ўз клубига эга бўлиши мумкин  18 14:06МЮ Онанани сотиб, италиялик дарвозабонни биринчи рақамга айлантирмоқчи  1 13:38Месси MLS юлдузлари ўйинида қатнашади  23 13:10"Барселона" футболчиси "Мальорка"га ўтишга яқин  3 12:18"Лас-Пальмас" футболчиси автоҳалокат оқибатида ҳаётдан кўз юмди  0 11:50Эдерсон миш-мишларга чек қўйди  0 11:23Челестини Файзуллаевнинг ЦСКАдаги тақдирини ҳал қилади  3 10:56“Ливерпуль“ Англия терма жамоаси ҳимоячиси борасида музокараларни бошлади  5 10:30Германия МТЖ ҳужумчиси фаолиятини “Бавария“да давом эттиришига яқин  0 10:06“Реал“ етакчиси операциядан сўнг қанча муддат футбол ўйнамаслиги маълум  25

A Seriya. "Milan" o'z uyida "Napoli"ga yutqazdi Yangiliklar

A Seriya. "Milan" o'z uyida "Napoli"ga yutqazdi

Italiya chempionatining 21-turidan o'rin olgan markaziy bahs "Milan" - "Napoli" to'qnashuvi bo'lib o'tdi.


Milan shahrining "San Siro" stadionida o'tkazilgan Italiya A Seriyasining 21-turi markaziy bahsida "Napoli" "Milan"ni mag'lubiyatga uchratdi.

O'yin tezkor gollar bilan boshlandi. "Napoli" uchrashuv debyutidayoq tezlik bilan ikki marotaba Donnarumma qo'riqlayotgan darvozani ishg'ol etishga muvaffaq bo'ldi.
Dastlab 6-daqiqada Mertensning to'p uzatmasidan so'ng Insine o'zining ajoyib zarbasi bilan hisobni ochdi.
"Milan" hali to'p o'tkazib yuborganini tushunib etmay ketidan ikkinchi golni ham o'tkazib yubordi.
Yana o'sha tinib-tinchimas Dris Mertensning to'p uzatmasi gol bilan tugadi. Bu safar uning uzatmasidan Kalexon unumli foydalandi.

"Milan" esa shundan so'ng hujumga zo'r berdi. Jamoa uyushtirgan ketma-ket hujumlar besamar ketaverdi. Ammo o'yinning 37-daqiqasida "Napoli" himoyasida qo'pol xato kuzatildi. Jorjinoning to'p uzatishdagi xatosidan so'ng Kucka osonlik bilan oradagi farqni bittaga qisqartirdi.

Jamoalar 1:2 hisobi bilan tanaffusga yo'l olishdi.

Ikkinchi bo'limda ustunlik "Milan" tarafida bo'lgan bo'lsada, qolgan vaqt davomida mezbonlar muvozanatni tiklashga ulgurishmadi.

SHu tariqa "Napoli" Milan safaridan muhim uch ochko bilan qaytadigan bo'ldi.

Joriy mavsumda "Napoli" har ikkala bellashuvda ham raqibidan ustun keldi.


A Seriya, 21-tur. Turnir jadvali

Milan – Napoli 1:2 (1:2, 0:0)

Djuzeppe Meacca (San-Siro)

Gollar
: 0:1 – 6 Insine, 0:2 – 9 Kalexon, 1:2 – 37 Kucka.

Milan
– Donnarumma, Gomes, Kalabriya, Abate, Paletta, Kucka, Sosa (Bertolachchi, 74), Bonaventura, Pashalich (Nyang, 86), Suso, Bakka (Lapadula, 73).

Napoli
– Reyna, Tonelli, Strinich, Xyusay, Albiol, Mertens, Allan (Rog, 86), Kalexon, Gamshik (Zelinski, 74), Insine, Jorjino (Diavara, 61).

Ogohlantirishlar
: Mertens (12), Kalabriya (22), Sosa (26), Strinich (38), Tonelli (45), Gomes (51), Bakka (56), Kalexon (82).


Uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi: Lorenco Insine 8,6*


Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика