So’nggi yangiliklar

19:01Про лига. "Олимпик-MobiUz" – "Жайхун". Таркиблар маълум  0 18:53Эрон 2026 йилги Жаҳон чемпионатида иштирок эта олмаслиги мумкин  12 18:20"Барса" футболчиси Францияга кетмоқда  0 17:52Турки Ал аш-Шайх Англия клубини сотиб олиш ҳақида ўйламоқда  0 17:24Вирцни қўлдан чиқарган "Бавария" "Арсенал" футболчисига юзланди  1 16:55Исландиялик иқтидор "Рома"ни қизиқтирмоқда  1 16:27Қаҳрамонлик ортидаги оғриқ: Беллингем операция столига ётади  5 15:59"Фиорентина" юлдузи "Манчестер Юнайтед" нишонида  0 15:33Диёр Холматов голини нега Асенсио услубида нишонлагани ҳамда топ-5 чемпионатга йўл олиши ҳақида гапирди  11 15:07Тео Эрнандес "Ал Ҳилол"га ўтишга рози бўлди, клублар келишувга эришди  1 14:39"Суонси" собиқ устози аэропортда ишламоқда  4 14:10Брайан Риаскос: "Ҳужумдаги исталган позицияда ўзимни қулай ҳис қиламан"  3 14:03Самарқандда синмайдиган анъана, енгилмас Абрамов "армияси" ва уча олмаётган "қалдирғочлар" — “Динамо” ва “Бунёдкор” тўқнашувидан олдин  6 13:44"Челси" Коло Муани борасида ПСЖ билан музокараларни бошлади  3 13:17Макелеле фаолиятида муҳим ўрин тутадиган мураббий кимлигини айтди  0

A Seriya. SHomurodov zaxiradan tushgan o'yinda "Milan" "Jenoa"ni mag'lub etdi Yangiliklar

A Seriya. SHomurodov zaxiradan tushgan o'yinda "Milan" "Jenoa"ni mag'lub etdi

Italiya chempionati 31-turidan o'rin olgan bahs matnli translyaciyasini ushbu sahifada kuzatib bordingiz.

Milan – Jenoa 2:1  

«Juzeppe Meacca (San-Siro)»

Gollar: Rebich 13', avtogol Skamakka 68' – Destro 37'  

Milan – Donnarumma, Ker, Teo, Tomori, Kalulu (Dalot, 63), Salemakers (Dias, 63), Bennaser (Tonali, 73), CHalxanoglu (Krunich, 88), Kessie, Rebich, Rafael Leau (Manjukich, 63).

Jenoa – Perin, Gilone (Biraski, 57), Masello, Goldaniga, Strotman (Bexrami, 84), Radovanovich, Zayc, Badel, Kassata (Pandev, 74), Destro (Pyaca, 57), Skamakka (SHomurodov, 74).

Ogohlantirish: Goldaniga (26).

Bahs yakunlandi. Xizmatingizda SHerzod Nurmatov bo'ldi. Keyingi o'yinlarda g'oyibona ko'rishguncha! 

Ikkinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi. 

88. "Milan"da almashtirish: CHalxanoglu o'rniga Krunich o'yinni davom ettiradi. 

86. Uuuuuux! Dahshatli vaziyat!  "Jenoa" o'yinchilarning, jumladan, Maselloning ketma-ket zarbalari "Milan" himoyachilari tomonidan to'sib qo'yildi, aks holda yaqqol gol edi.  

86. To'pga egalik qilish bo'yicha statistika: 53% – 47% 

84. "Jenoa"da almashtirish: Strotman o'rniga Bexrami tushirildi.

83. CHalxanogluning olis masoadan bergan zarbasini Perin qaytarishga erishdi va to'p maydondan chiqib ketishiga ham yo'l qo'ymadi. 

82. SHomurodov chap qanotda faollik ko'rsatdi, sheriklari esa to'pni oldirishdi. 

78. Uuux! Pyacannig zarbasi xavfli ko'rinish oldi! 

77. Ante Rebich pas qabul qilib, darvozaga zarba yo'llashga kirishdi. U markaz tomon tepdi, darvozabon o'z o'rnida! 

74. "Jenoa"da 2 ta o'zgarish: Skamakka o'rniga SHomurodov, Kassata o'rniga Pandev maydonga tushdi.

73. "Milan"da o'zgarish: Bennaser o'rniga Tonali tushdi. 

68. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL!  CHalxanogluning burchakdan uzatgan pasidan keyin Skamakka avtogol urdi.  "Milan" hisobda oldinga o'tib oldi – 2:1! 

66. Bennaserning uzoqdan yo'llagan zarbasi darvoza tepasidan o'tib ketdi, rikoshet ham bor edi.

63. "Milan"da 3 ta almashtirish: Kalulu o'rniga Dalot, Leau o'rniga Manjukich, Salemakers o'rniga Dias o'yinga qo'shildi.

62. Zarba! Burchakdan uzatilgan to'pdan keyin Kerning bosh bilan bergan zarbasi golga aylanishiga oz qoldi! 

58. Pyaca ichkarida to'pni qabul qildi va markazga intildi. Uning yo'llagan zarbasi sal noaniq chiqdi.

57. "Jenoa"da 2 ta o'zgarish: Destro o'rniga Pyaca, Gilone o'rniga Biraski tushdi.

55. Rebich CHalxanogluni qulay pas bilan taminladi, turkiyalik futbolchining zarbasi esa noaniq ketdi.

50. CHalxanogluning jarimadan bergan kuchli zarbasi jonli devorga tegdi.

49. Destro o'ng qanotdan kelgan uzatmadan so'ng bosh bilan zarba yo'lladi. Darvozabon o'z o'rnida! 

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi! 

Birinchi bo'lim tugadi. Hozircha hisob – 1:1. Tanaffus!

Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shildi. 

45. Zarba!  Salemakersning aylanma zarbasi darvoza ustuni oldidan o'tib ketdi. 

43. Per Kalulu ichkargi pas uzatdi. Ajoyib uzatma, ammo "Jenoa" himoya chizig'i xavfni bartaraf qildi. 

42. "Jenoa" jamoaviy tarzda tartibli o'yin ko'rsatmoqda. O'yinchilar yaxshi pas berish bilan birga, bir-birlarini to'ldirib turishibdi.

39. O'ngdan kelgan uzatmadan so'ng Leau zarba yo'lladi, ammo samarasiz.

37. GOOOOOOOOOOOOOOOOOL!  Destro hisobni tenglashtirdi!  Zaycning burchakdan uzatgan pasidan keyin hujumchi bosh bilan gol urdi – 1:1! 

35. CHalxanoglu ichkariga Leau tomon pas uzatdi. Forvard havodagi kurashdan so'ng maydonga noqulay tushdi. Hammasi joyida, davom etamiz. 

32. Zarba! Badel uzoqdan zarba berishga oshiqdi. To'p darvoza tepasidan o'tib ketdi. Donnarumma barchasini nazorat ostida ushlab turgan bo'lsa-da, zarba yomon chiqmadi. 

31. Xakan CHalxanoglu olis masofadan zarba yo'llashga intildi, biroq to'p himoyachilarga tegdi.

29. Destro o'ng qanotdan ichkargi kirib bordi. Destroning birinchi zarbasini darvozabon qaytardi, ikkinchi zarbani yo'llayotganida esa Kerga nisbatan qoidani buzdi. 

26. Bennaserga nisbatan qoida buzildi. Goldaniga sariq kartochkaga loyiq ko'rildi.

24. Leau chap qanotdan oldinga bordi, ichkariga kirdi va himoyachini aldadi, biroq zarba bera olmadi. 

21. Nihoyat, "Jenoa" oldinga borishga urinyapti, jamoaning paslari futbolchilar o'zlari xohlaganidek chiqyapti. 

19. Leau darvozaning o'ng tomonida paydo bo'ldi. Rafaelning zarbasi to'g'ri Peringa yo'naltirildi, zarba o'xshamadi. 

18. Zaycning burchakdan amalga oshirgan uzatmasini Teo Ernandes ustamonlik bilan qaytarib yubordi. 

16. To'pga egalik qilish bo'yicha statistika: 59% – 41% 

13. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL!  Rebich!  U uzoq o'ylab o'tirmasdan, jarima maydoni yaqinidan darvozaning o'ng burchagini nishonga oldi – 1:0!  

12. Salemakers "Jenoa" jarima maydoni oldida jarima zarbasi ishlab oldi.

11. "Milan" to'pga egalik qilgan holda o'yinda ustunlikka ega. Hozircha aytarli xavfli vaziyatlar yuzaga kelganicha yo'q.

9. Ernandes qarshi hujumga qochib ketdi, Kessiedan yaxshi pas, ammo Teo Gilone tomonidan yiqitildi.

7. Mixa Zayc oldindan o'ylangan uzatmani amalga oshirdi, biroq himoyachilar ishonchli o'ynab, to'pni uzoqlashtirishdi.

5. Teo Ernandesning zarbasi sal omadsiz chiqdi, kuchsiz va noaniq.

4. Janluka Skamakka raqibni itarib yubordi. Frank Kessie fol ishlab oldi. 

2. Maydon markaziga yaqin hududda Rebich va Gilone o'rtasida kurash kechdi, Rebich o'zini biroz yomon his qilmoqda, o'yin bir muddat to'xtab qoldi.  

1. O'yin boshlandi! 

- Jamoalar maydonga chiqib kelishga hozirlanishmoqda. Oz qoldi! 

CHigil yozdi mashqlari bajarilmoqda

Har ikki jamoa azolari "San Siro"da

- SHomurodov bugungi o'yinni zaxiradan boshlaydi. 

- O'yin Toshkent vaqti bilan 15:30 da start oladi. 

- Assalomu alaykum, qadrli futbol ishqibozlari!  Bugun Italiya A Seriyasi 31-turida "Milan" – "Jenoa" to'qnashuvi guvohiga aylanamiz. Ushbu uchrashuvni yaqin 2 soat ichida siz bilan birgalikda kuzatib boramiz. 

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика