So’nggi yangiliklar

13:36Эшитдик-да! "Сўғдиёна" Люпчо Дориевга йирик миқдорда товон пули белгилаган  0 13:10Эшитдик-да! Рустам Турдимуродов "Сурхон"га ўтади  3 12:56"Ньюкасл" ҳимоячисини "Манчестер Сити"га қўйиб юбормоқчи эмас  1 12:31Расман: "Пахтакор" ироқлик ҳимоячи трансферини эълон қилди  2 12:19Манба: Тожикистон собиқ устози Сегрт Ўзбекистон терма жамоаси бошқарувига келиши кутилаётган Лёвга ёрдам бериши мумкин  10 11:54Асрор Алиқулов жамоадан кетгани йўқ — "Машъал"  0 11:34Қирғизистон клуби "Қўқон-1912"ни мағлуб этди  2 11:21"Машъал" андижонлик футболчи билан шартнома имзолади  4 10:50"Нефтчи"ни яна бир тажрибали футболчи тарк этиши мумкин  4 10:16"Ливерпуль" футболчиси Италияга қайтишга яқин  4 09:47"Хоразм" легионери билан хайрлашди  2 09:14Одил Абдумажидов фаолиятини юртимизда давом эттиради  2 08:40"Нефтчи" яна бир легионер футболчи билан хайрлашишга яқин  11 08:13“Мираброр Усмонов кубоги-2025”. Бугун Саудия Арабистонига қарши баҳс олиб борамиз  6 07:30Саудия Арабистони футболчилари Ўзбекистон U-23га қарши баҳс олдидан нималар деди?  1

A Seriya. "Lacio" so'nggi soniyalarda gol urib "Yuventus"dan ochko tortib oldi Yangiliklar

A Seriya. "Lacio" so'nggi soniyalarda gol urib "Yuventus"dan ochko tortib oldi

Italiya A Seriyasi 7-tur doirasidagi "Lacio" - "Yuventus" o'yini bo'lib o'tdi.

"Lacio" - "Yuventus" 1:1

Gol: Krishtianu Ronaldu (15) - Kaysedo (90+5)

"Lacio": Reyna, Luis Felipe, Achebri, Radu, Marushich, Milinkovich-Savich, Kataldi, Luis Alberto, Fares, Muriki, Korrea.

"Yuventus": SHesni, Demiral, Bonuchchi, Danilo, Kuadrado, Bentankur, Rabo, Frabotta, Kulushevski, Morata, Ronaldu.


ITALIYA A SERIYASI TURNIR JADVALI VA TO'PURARLAR RO'YXATI BILAN TANISHING

Lazio

Felipe Caicedo - 90'

Serie A . 7-tur

08/11/2020, 16:30

1
:
1
Tugadi

Juventus

Cristiano Ronaldo - 15'

Stadion: Stadio Olimpico, Rome, 0 tomoshabin

Bosh hakam: Davide Massa

45'
90'
45'  Danilo Cataldi
54'  Mohamed Fares (Manuel Lazzari)
54'  Stefan Daniel Radu (Wesley Hoedt)
54'  Vedat Muriqi (Felipe Caicedo)
77'  Danilo Cataldi (Jean-Daniel Akpa-Akpro)
77'  Luis Alberto (Andreas Pereira)
78'  Jean-Daniel Akpa-Akpro
90'  Felipe Caicedo
90'  Joaquin Correa
15'  Cristiano Ronaldo
15'  Juan Cuadrado
51'  Rodrigo Bentancur
76'  Cristiano Ronaldo (Paulo Dybala)
76'  Dejan Kulusevski (Weston McKennie)
84'  Juan Cuadrado
88'  Alvaro Morata (Federico Bernardeschi)


O'YIN YAKUNLANDI

90+5. GOOOOOOOL! Kaysedo Korreaning ajoyib pasidan so'ng to'pni egallab oldi va "Yuventus" darvozasini ishg'ol qildi.

90. Hakam ikkinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berdi.

88. "Yuve"da o'zgarish: Bernardeski yaxshi harakat qilgan Morataning o'rniga maydonga tushdi. 

84. Kuadrado raqibining oyog'iga o'ynab yuborgani uchun hakam tomonidan sariq kartochka bilan "siylandi".

81. Xavfli vaziyat! Marushich jarima maydonchasi ichiga uzatilgan to'pni SHesni darvozasiga yo'lladi, ammo zarba mukammal chiqmadi.

79. Ronalduning almashtirilishi haqida: portugaliyalik futbolchi dastlab uni o'zgartirishlarini kutmadi, ammo unda jarohat bordek ko'rindi.

78. Hozirgina maydonga tushgan Akpa Akpro sariq kartochka oldi.

77. "Lacio"da ham o'zgarishlar bo'ldi: Pereyra - Alberto, Akpa Akpro - Kataldi.

76. "Yuventus"da o'zgarishlar: Ronaldu Dibalaning o'rniga, Makkeni esa Kulushevskini almashtirdi.

74. Yo'q, to'p jonli devorga tegib qaytdi.

73. Milinkovich-Savich jarima maydonchasi ostonasida jarima to'pi ishlab oldi. "Lacio"da hisobni tenglashtirish uchun yaxshi imkoniyat.

69. Korrea qanotdan Demiraldan o'tib ketdi va jarima maydonchasi ichida zarba berdi, ammo uning zarbasini "Yuve" himoyachilari bartaraf etishdi.

67. Ha, "Lacio" to'pga egalik qilmoqda, ammo keskin va xavfli hujumlar uyushtira olmayapti.

63. To'pga egalik qilish bo'yicha kichik ustunlik maydonga egalari tomonidan: 52% - 48%.

58. Morata qanotda ochilib borayotgan Raboni to'p bilan taminladi, ammo franciyalik futbolchining zarbasini Reyna bartaraf etdi.

54. "Lacio"da o'zgarishlar: Lassari - Fares, Xoed - Radu, Kaysedo - Muriki.

51. Rodrigo Bentankur Luis Albertoni to'xtatib qolgani uchun sariq kartochka bilan jazolandi.

49. Hozircha "Lacio" to'pga egalik qilmoqda, "Yuventus" esa pressing uyushtirgan holda to'pni olib qo'yishga urinmoqda.. Rimliklar esa xavfli vaziyat uyushtirishga qiynalishmoqda.

46. Ikkinchi bo'limga start berildi.


BIRINCHI BO'LIM YAKUNLANDI

45+2. Yo'q, Ronalduning zarbasini Reyna qaytarib yubordi. Ajoyib seyv.

45+1. Kulushevskini jarima maydonchasi ostonasida yiqitishdi. Jarima zarbasini katta ehtimol bilan Ronaldu ijro etadi.

45. Hakam birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shib berdi.

43. Ronalduning jarima maydonchasi ichidan bergan zarbasi "shtanga"ga tegdi, hisob "Yuve" uchun ishonchli ko'rinishni olishi mumkin edi. 

42. Ustunlikni rimliklar qo'lga olishgan, ammo ular xavfli vaziyat uyushtira olishmayapti.

37. Ronaldu qarshi hujum payti jarima maydonchasi tashqarisidan gol urmoqchi bo'ldi, ammo uning zarbasiga aniqlik etishmadi.

34. Yo'q, hammasi joyida portugaliyalik futbolchi o'yinni davom ettirmoqda.

32. Krishtianu elkasidan jarohat olganga o'xshamoqda.

31. Ha, o'yin biroz sokinlashib qoldi. Biror bir jamoa o'yinda yaqqol ustunlik qilmayapti. 

26. Zarbalar bo'yicha ustunlik "Lacio" tarafida, ammo aniqlik "Yuve"da yuqori: 4 (1) - 3 (3).

21. Xavfli vaziyat! Milinkovich-Savich jarima maydonchasi ichida Murikiga bosh bilan zarba bergan edi, ammo "Lacio" hujumchisi bu vaziyatda to'pga ulgurmadi.

19. "Lacio" hozircha katta kuch bilan oldinga o'tmayapti, sababi "Yuventus"ning qarshi hujumlari xavfli ko'rinish olmoqda.

15. GOOOL! Ronaldu hisobni ochdi. Kuadradoning ajoyib pasidan so'ng portugaliyalik futbolchi raqib darvozasini ishg'ol qildi.

11. Rabo jarima maydonchasi tashqarisidan Reyna darvozasi tomon zarba berib ko'rdi, ammo ispaniyalik posboni to'pni qiyinchiliksiz egallab oldi.

8. Ronaldudan birinchi urinish muvaffaqiyatsiz tugadi. Rabo portugaliyalik futbolchiga yaxshi pas berdi, ammo Krishtianuning qiyinchilik bilan bergan zarbasini Reyna qiyinchiliksiz egallab oldi.

4. "Yuventus" golga yaqin keldi. Qanotdan uzatilgan to'pga Morata ulgurolmay qoldi.

2. "Lacio" dastlabki daqiqalarni hujumkorlik bilan boshladi va juda ham xavfli vaziyat sodir etdi.

1. O'yin boshlandi!

- Hayrli kun. Barchangizni Italiya A Seriya 7-tur doirasidagi markaziy o'yinga taklif qilamiz va bu bahsni sizlar bilan birgalikda kuzatib boramiz.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика