So’nggi yangiliklar

01:05Париж-2024. Ўзбекистон - Миср 0:1, Ҳимоядаги хато қимматга тушди  3 00:53"Атлетико" ва Испания терма жамоаси собиқ футболчиси фаолиятини якунлади  0 00:15РПЛ. Эсанов ҳаракат қилаётган "Акрон" меҳмонда "Факел"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  13 23:35Тимур Кападзе: "Иккала ўйинда ҳам ютишимиз мумкин эди"  86 23:01Расман: "Атлетико" Испания терма жамоаси футболчиси билан шартнома имзолади  1 22:29"Навбаҳор" назорат учрашувида йирик ҳисобда ғалаба қозонди. Қувватовдан норасмий дебют, Никабадзедан хет-трик  9 21:31"Манчестер Юнайтед" форварди ПСЖга ўтиши мумкин  4 21:05Париж-2024. Ўзбекистон иккинчи турда Мисрга ютқазди ва гуруҳдан чиқиш имкониятини йўқотди  846 20:53Париж-2024. Испания терма жамоаси биринчи бўлиб плей-оффга чиқди  7 20:22"Манчестер Юнайтед" испаниялик футболчига қизиқмоқда  1 19:56"Барселона" Уильямс учун кутилганидан 4 млн. евро кўп пул тўлаши керак  2 19:22ФИФА Аргентинанинг эътирозига жавоб берди  4 18:52Ҳусниддин Ғофуров - "Қўқон-1912" футболчиси  3 18:24Биринчи даврада "Бунёдкор"да ўйнаган футболчи Босния ва Герцеговина клубига ўтди  1 18:00Ўзбекистон ўйнайдиган "Божуар" стадиони баҳсга тайёр  7

A Seriya. Bir kishi kam bo'lib qolgan "Yuventus" "Krotone" bilan durang o'ynadi Yangiliklar

A Seriya. Bir kishi kam bo'lib qolgan "Yuventus" "Krotone" bilan durang o'ynadi

Italiya chempionati 4-turidan o'rin olgan "Krotone" – "Yuventus" bahsi matnli translyaciyasini ushbu sahifada kuzatib bordingiz.


Krotone – Yuventus 1:1  

«Ecio SHida»

Gollar: 1:0 – 12, penalti Nvankvo, 1:1 – 21 Morata.

Krotone – Kordac, Magalyan, Luperto (Golemich, 83), Pedru Pereyra (Rispoli, 74), Reca, Vulich (Siligardi, 74), Molina (Petrichchone, 88), Junior Messias, CHigarini, Marrone, Nvankvo.

Yuventus – Buffon, Demiral, Danilo, Bonuchchi, Frabotta, Kulusevski (Bernardeski, 70), Bentankur, Portanova (Kuadrado, 56), Artur (Rabo, 70), Keza, Morata.

Ogohlantirishlar: Bonuchchi (11), CHigarini (14), Portanova (37), Kulusevski (45), Reca (68), Magalyan (84).

CHetlatish: Keza (60).


O'yin o'z nihoyasiga etdi. Turin klubi mehmonda bir ochkoga ega bo'ldi. Xizmatingizda SHerzod Nurmatov bo'ldi. Keyingi uchrashuvlarda g'oyibona ko'rishguncha!

90+5. Morata hujumda to'pni qo'l bilan o'ynagani bois hakam o'yinni to'xtatdi.  

90+4. "Krotone" faollikni oshirib, oldinga bormoqda.

90+2. Bernardeskining maydonga tushishi juda omadsiz kechdi, u o'yinga qo'shilib keta olmayapti. Uning noto'g'ri pasini ko'rgan Pirlo boshini qimirlatib qo'ydi. 

Ikkinchi bo'limga 7 daqiqa qo'shildi. 

89. Alvaro Morataga nisbatan maydon markazida qo'pollik ishlatildi, ammo hakam bunga etibor qaratmadi. 

88. "Krotone"da o'yinchi almashdi: Molina o'rniga Petrichchone tushdi. 

86. Siligardining bosh bilan yo'llagan zarbasi! Buffon to'pni ishonch bilan ushlab oldi. 

84. Magalyan qo'polligi bois sariq kartochka oldi. 

83. "Krotone"da o'zgarish: Luperto o'rniga Golemich tushdi. 

80. Gol yo'q!  Takroriy vaziyat Morata o'yindan tashqari holatda qolganligini ko'rsatdi. 

78 Diqqat! To'xtab turamiz. Gol VARda tekshirilmoqda, ofsayd kuzatilgan bo'lishi mumkin.  Gol bekor qilindi! 

76. GOOOOOOOOOOOOOOOOLLL!  Morata ham o'zining, ham "Yuve"ning 2-golini urdi – 1:2!  

74. "Krotone"da 2 ta o'zgarish: Vulich o'rniga Siligardi, Pereyra o'rniga Rispoli o'yinni davom ettiradigan bo'ldi.  

72. Mehmonlar Buffon orqali o'yinni boshlashdi, ammo himoyachilar bosim sababli to'pni yo'qotdilar.  

70. "Yuventus"da 2 ta almashtirish: Kulusevski o'rniga Bernardeski, Artur o'rniga Rabo tushirildi. 

68. Reca Kuadradoni yiqitgani uchun sariq kartochkaga loyiq ko'rildi. 

65. To'pga egalik qilish bo'yicha statistika: 46% - 54% 

63. Uuux!  Morataning bosh bilan yo'llagan zarbasi darvoza ustuniga tegib qaytdi. 

60. Dahshat! Keza qizil kartochka oldi!  U CHigariniga qarshi tik oyoqda o'ynadi. 

58. Demiral o'ng qanot orqali tezlik olgan Messiasni qo'pollik evaziga to'xtatib qoldi. 

56. "Yuventus"da o'zgarish: Portanova o'rniga Kudrado tushdi. 

55. Zarba! CHigarini! Uning zarbasi ozgina noaniq ketdi. 

53. Vulich Molina tomon yaxshi uzatmani qayd etdi, biroq so'nggi lahzada DEmiral xavfning oldini oldi.

51. "Krotone" futbolchilari turinliklarga nisbatan bosim uyushtirmoqdalar. Demiral Buffonga pas berishiga to'g'ri keldi.

49. "Yuve" qarshi hujumga bordi,  Morata ishonch bilan oldinga borib, Kulusevskiga pas berdi, ammo u to'pni yo'qotdi. 

47. Zarba!  Bentankurdan uzoq masofadan xavfli, ammo biroz noaniq zarba. 

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi! 

Birinchi bo'lim tugadi. Hozircha hisob teng – 1:1. Tanaffus! 

45. Recaga nisbatan qo'pol o'ynagan Kulusevski ogohlantirish oldi. 

44. Qanday vaziyat!! "Krotone" futbolchisining zarbasini Buffon qaytardi! 

41. Pedru Pereyra Portanovani yiqitdi, jarima to'pi. Kulusevskining uzatmasidan keyin Demiral bosh bilan zarba yo'llamoqchi bo'ldi, ammo muvaffaqiyatsiz chiqdi, shundan so'ng, Marrone to'pni qaytardi. 

40. Zarba!  Portanovaning uzoqdan yo'llagan zarbasiga aniqlik etishmadi. 

37. Messiasga nisbatan juda qo'pol o'yin ko'rsatgan Portanova ogohlantirildi. 

34. Bugun follar juda ko'p kuzatilmoqda. Hakam esa sariq kartochka ko'rsatishda unchalik shoshilmayapti.

32. O'yindan xulosa qiladigan bo'lsak, hozircha Artur, Kulusevski va Keza sifat bo'yicha yaqqol ajralib turibdi. 

30. "Krotone" futbolchilarida kuch qolmaganga o'xshaydi, Mezbonlar qarshi hujumga o'tishga harakat qilishdi, ammo muvaffaqiyatsiz pas tufayli vaziyat yaratilmasdan yakunlandi.

28. Katta tezlik bilan yugurib kelgan Bentankur qarnotdan oldinga intilayotgan Vulichga nisbatan qo'pollik ishlatdi. 

26. Morata "Yuve"ga qaytganidan keyin 1-golini urdi, Keza esa debyutida assistni amalga oshirishga ulgurdi. 

25. To'pga egalik qilish bo'yicha statistika: 40% - 60% 

22. GOOOOOOOOOOOOOLLLL!  Morata hisobni tenglashtirdi – 1:1!  Keza – assistent! 

20. Ko'p yillik Italiya chempioni kim ekanligi hozircha nomalum.

17. Kulusevski Frabottani ajoyib pas bilan taminladi, biroq buni oldindan sezgan "Krotone" himoyachisi xavfni bartaraf etdi.

16. Keling, 42 yoshli Buffonning o'yinidan zavqlanaylik. Axir u bugun A Seriyadagi 650-o'yinini o'tkazmoqda. Fantastika! 

14. Keza hisobni tenglashtirishga shoshildi va oldinga o'tdi, raqib CHigarini uni yiqitdi va ogohlantirish oldi. 

12. GOOOOOOOOOOOOL!!! Nvankvo penaltini muvaffaqiyatli amalga oshirdi – 1:0!

11. PENALTI!!! Bonuchchi Recani yiqitdi.  Unga sariq ko'rsatildi. 

10. Morata chap qanotda to'pni yaxshi qabul qilib oldi va himoyachini aldab o'tdi, ammo hakam qoida buzish qayd etdi.

8. Keza burchak zarbasidan keyin Portanova tomon pas berdi, biroq to'p raqib himoyachilariga tegib qoldi.

6. "Yuventus" o'yin boshidayoq qiyinchilikka duch kelyapti va raqib tomon maydoni tarafga o'tishda juda qiynalmoqda.

5. "Krotone" burchak to'piga ega bo'ldi. Ular buni chalg'ituvchi uslubda amalga oshirishdi, Vulich uzoqdan zarba berishga urindi, ammo noaniq.

3. "Krotone"da yaxshi vaziyat!  Reca raqibni chalg'itib, Nvankvoga pas berdi. Forvard aylanib oldi va zarba yo'lladi, biroq kuchsiz chiqib qoldi. 

2. Frabotta pressingga kirishdi va raqib o'yinchisini yiqitdi. 

2. Bugungi o'yinni har xil sabablarga ko'ra bir nechta futbolchilar o'yinchilar o'tkazib yuborishmoqda. Pirlo ularning o'rnini yosh Frabotta va Portanova keabilar bilan to'ldirgan. 

1. O'yin boshlandi! 

- Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda. 

"Jiji" o'yinga tayyor. Siz-chi? 

"Yuve" stadionga etib keldi

Tarkiblar elon qilindi

- O'yin 23:45 da start oladi. 

- Assalomu alaykum, qadrli futbol ixlosmandlari! Bugun "Yuventus" Italiya A Seriyasi 4-turi doirasida "Krotone" mehmoni bo'ladi. Uchrashuvni yaqin 2 soat davomida siz bilan birgalikda kuzatib boramiz.  

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика