So’nggi yangiliklar

01:55PFA АПЛ мавсум жамоасини тақдим этди  1 01:30PFA АПЛнинг ўтган мавсумдаги энг яхши ўйинчиси номини эълон қилди  3 01:23Кутилмаган хабар! Салоҳ "Ливерпуль"дан кетади  1 00:51"Барселона" шов-шувли трансферни амалга ошириши мумкин, у Италия терма жамоаси юлдузи  7 00:20Эшитдик-да! Алишер Одилов легионерга айланиш арафасида, йўналиш БААдан Европа томонга қараб ўзгарди  1 00:04Денис Коростиченко: "Ғалаба қозонишимиз учун бир деталь етишмаяпти, холос. Алишер Одилов БАА клубига кўчиб ўтмоқда"  1 23:48Рўзиқул Бердиев: "Ҳужумда агрессия етишмади. Чемпионат ҳали-бери тугамайди, чемпионлик ҳақида гапиришга эрта"  3 23:33Сергей Арсланов: "Нефтчи" футболчиларига саволим бор..."  7 23:04"Атлетико" 42 млн евролик харидини чоршанба куни "Метрополитано"да тақдим этади  0 22:40Суперлига. "Олимпик" - "Насаф", Абдихолиқовнинг голида қоида бузилган эдими?  10 22:31Иван Бошкович: "Бир-икки йил катта футболда ўйнаган футболчини ёш деб бўлмайди"  9 22:01Суперлига. "Насаф" "Олимпик" майдонида ғалабага эришиб, турнир жадвалидаги пешқадамлигини мустаҳкамлади  54 21:50Суперлига. "Нефтчи" - "Сўғдиёна" 0:3, жиззахликлар меҳмонда йирик ҳисобда зафар қучишди  1 21:23Суперлига. "Нефтчи" ўз уйида "Сўғдиёна"га йирик ҳисобда мағлуб бўлди. Фарғоналиклар қаторасига тўртинчи учрашувда ғалаба қозона олмаяпти  78 20:53"Ман Сити"га қайтиши кутилаётган Илкай Гюндоган фаолиятини якунлашини эълон қилди  5

A Seriya klublari logotipi tarixi va manosini bilasizmi? Yangiliklar

A Seriya klublari logotipi tarixi va manosini bilasizmi?

Italiya klublarining logotiplari ham alohida mano-mazmunga ega.

Italiya — qadimiy ananalarni saqlab qola olgan mamlakat hisoblanadi. Bugun A Seriya klublarining logotiplari haqidagi siz bilgan va bilmagan eng qiziqarli faktlar haqida suhbatlashamiz. Rang va suratlar ichida nima yashiringan ekan? 

“Atalanta” La Dea, “mabuda”. Bergamo shahri klubining taxallusi va logotipidagi uzun sochli ayol tasviri bizni Qadimgi yunon afsonalari tomon chorlaydi. Aslini olganda, klubning “nikneymi” unchalik ham to'g'ri emas. Atalanta — mabuda emas, u malika bo'lgan. Arkadiy qiroli o'g'il farzand ko'rishni istagan va qizidan voz kechgan.

Uning o'ziga xosligi — tezlik va chaqqonlik bo'lgan. U ayol kishi bo'lishiga qaramay, jangchi va ovchi bo'lgan. SHu bilan birga qator sovrinlarga ega bo'lgan.  

“Atalanta”dagi ko'k-qora ranglarning “Inter”ga umuman aloqasi yo'q. 1920 yil Bergamoning ikki klubi birlashgan. 1907 yilda tashkil topgan oq-qora rangdagi “Atalanta” va ikkinchi klub esa oq-ko'k rangda bo'lgan. Umumiy hisoblangan oq rangdan voz kechib, har ikki jamoa ranglaridan bittadan rang olinib, rasmiy ranglar sifatida ko'k va qora ranglar tanlangan, hamda “Atalanta”ning bugungi logotipi yaratilgan.


“Jenoa” Logotipning yuqori qismida oq bayroq ustida qizil xoch bor. U Genuaning bayrog'i, ammo Angliyaning bayrog'ini esga soladi. Inliz dengizchilari o'sha payt nufuzli Jeneva Respublikasining himoyasida bo'lish uchun oq-qizil rangdagi Muqaddas Georgiya xochini belgi qilib olishgan degan malumotlar bor. Logotipdagi navbatdagi ramz tanasi sher, boshi esa burgutniki bo'lgan tillarang grifondir.

Buyuk Britaniya bilan bog'liq o'zaro aloqalar borligini ranglar tasvirida ham kuzatishimiz mumkin. Avvaliga, Italiyaning qadimiy klublaridan biri “Djenoa” avvaliga oq rangda maydonga tushgan. 1901 yil qirolicha Viktoriya olamdan o'tganidan so'ng, uning xotirasi sharafiga Birlashgan Qirollik bayrog'i kabi logotip ham anor va to'q ko'k rangga o'zgartirilgan.

“Kalyari” “Bu to'rtta bosh nima degani ekan” deb o'ylayapgandirsiz?! Bu “to'rtta mavrning bayrog'i” Sardiniya orolining qadimgi ramzidir. U haqida aniq malumotlar yo'q. SHubhasiz, bu ozodlik belgisidir. O'sha paytlarda mavritanlar ustidan g'alaba qozongan Aragon qirolligi (ular avval Sardiniyaga qarashli edi) va mavritan shaxzodalarining boshi tasvirlangan. 1536 yilgi bu bayroq to'rt qismga bo'linganini ko'rishingiz mumkin. O'sha vaqtda odamlar siyosiy jihatdan to'g'rilik nima ekanini hali bilishmagan edi. Rang tasviriga to'xtalib o'tadigan bo'lsak, hammasi oddiy. Bu Kalyari shahrining rangi hisoblanadi.     

“Kevo” logotipida tasvirlangan ricar mavhum qahramon emas. U XIV asrda yashagan, Veronaning buyuk hukmdori Kan Grande I della Skaladir. U gibellin va gvelflar o'rtasidagi kurashda ishtirok etgan va sanat sohasidagi odamlarga, xususan Dantega katta yordam bergan. Kan Grandening ot ustidagi haykali shaharning ramziy belgilaridan biri sanaladi. Uning orqasida qanot emas, itning boshi tasvirlangan. Kangrande — asar. Uning nomi “Katta it”.

Kevo uzoq yillar mobaynida uncha tanilmagan klublar qatorida bo'lib keldi, rangini ham bir necha marotaba o'zgartirgan: ko'k-oq, ko'k-qizil, sariq-qora. Klub 1970 yilda ko'k-sariq rangga o'tgan. Verona muxlislari ularni plagiatda ayblashgan. Lekin “Kevo” vakillari buni inkor etgan.    

“Lacio” Burgut — hokimiyatning ananaviy ramzi, shuningdek, Rim afsonalarining ramzi hisoblanadi. U “Lacio” logotipida 1910 yildan o'z aksini topgan va undan keyin bir necha bor o'z ko'rinishini o'zgartirgan. Lekin ular bir-biridan unchalik ham farq qilmaydi. 1927 yilda “Lacio” logotipida burgut tasviri o'chirilgan.

“Lacio”ning oq-havorangi Olimpiya o'yinlarining vatani hisoblangan Greciyaga hurmat sifatida tanlangan. Klub tashkilotchilaridan biri Luidji Bidjarelli logotipda bu ranglardan foydalanish tarafdori bo'lgan.    

“Parma” Bu klubning tarixi o'ziga xos. Turli davrlarda logotipda bir-biridan farq qiladigan ranglardan foydalanishgan. 1970 yildagi logotip eng zamonaviy ko'rinishga ega bo'lgan.

Avvaliga, logotipdagi qora xochga etibor qaratamiz. Malumotlarga qaraganda, bu XIII asrda yashagan Muqaddas Rim Imperiyasi hukmdori Fridrix II sharafiga qo'yilgan. Ikkinchi tomondagisi esa Tevton ordenidir. Ko'k-sariq chiziqlar Parma gercogligining rangi hisoblanadi. “Ducali” yani “gercoglar” taxallusi ham aynan shunga bog'liq.      

“Roma” Bu klub ramzi haqida bilmaydigan futbol ishqibozi topilmasa kerak-a? Oltin ranglari va kelishomadik qizil ranglari abadiy Rim timsoliga aylanib ulgurgan. Ikki go'dakni (Romul va Rem) ovqatlantirayotgan kapitoliy bo'risi – keyinchalik shu ikkovlon Rimning afsonaviy asosichilari bo'lishadi. Umuman olganda “Roma”ning logotipi ortiqcha tarifga extiyoji yo'q, nazarimizda. Bu shunchaki klassika va unda faqatgina mayda detallar o'zgarishi mumkin. ASR abbreviaturasi o'rniga Roma yozuvi qo'yilgani kabi.

O'rni kelganda takidlash lozim, ushbu mavsum klub liboslariga rang ideal tarzda tanlangan. Asosiy forma – odatiy qizil rangda. Safar liboslari – kulrang, bo'ri terisiga qiyoslangan. Uchinchi komplektda esa – Rim shahri kartasining markaziy ko'chasi aks ettirilgan.

“Sampdoriya” Bu shunchaki kartina emas, bu aynan haqiqiy genueyalik dengizchi – soqolli, sigara trubkasi bor, shamol tebratayotgan sochlari bilan. U muxlislarga shu qadar maqul keldiki, ular “dengizchiga” ism ham berishdi – Bachichcha. Futbolkalarda esa emblema o'rniga bizga tanish o'sha Genua gerbi aks etgan.

SPAL Italiya klublari nomida juda kam uchraydigan holat abbreviaturaga duch kelamiz – uning to'liq varianti italiyanchada "Società Polisportiva Ars et Labor" bo'ladi. Emblema bir necha marta o'zgartirilgan. Uzoqroq muddat (1980 – 1995) sakrayotgan kiyik asosiy figura bo'lgandi.

Keyinroq, 2000 yillarda Ferrara shahri asosiy ranglari – qora va oq ishlatila boshlangan. Ular bugungi kundagi emblemada ham mavjud ammo, asosiy rang sifatida emas. Uzoq 1907 yilda asos solingan klub, bugungi kundagi emblemasida oq va havoranglardan faol foydalangan.


“Torino” Tajovvuzkor, ikki oyoqda turgan buqa (Il toro) shuningdek Turin shahri gerbida ham aks etgan. O'zini nafaqat Turinning, balki Italiyaning umumiy jamoasi deb atashni yaxshi ko'ruvchi, va shunday bo'lishini istovchi Yuventus logotipini o'zgartirdi va bu vaziyatda “Torino”ga bo'lgan etiborga sabab bo'ldi desak mubolag'a bo'lmaydi. Sababi “Torino” – shahar urf-odatlarini saqlovchi klub sifatida gavdalandi. Ko'plab muxlislar klub emblemasining hozirgi variantini emas 1980 yillarda foydalanilganini maqul ko'radilar.

Ishonish, tasavvur qilish qiyin, lekin Torino doim ham anorrangli bo'lmagan. Klub formasi dastlab yo'l-yo'l olovrang-qora ko'rinishda bo'lgan. Ushbu kombinaciya omadsiz deb topilgan, sababi ko'pchilikning yodiga... yo'q “SHaxtyor” emas, Gabsburglar rangi kelavergan. Ular kim degan savol paydo bo'ldimi? Gabsburglar, o'sha vaqtlarda Italiyada hukmronlik qilgan Savoyya dinastiyasining azaliy, ashaddiy dushmani hisoblangan. Unda anorrang qaerdan klubdagilar xayoliga kelib qoldi? Bu borada bir nechta tahminlar mavjud – eng birinchi klublardan biri bo'lmish “SHeffild” ranglarini o'zlashtirishdan tortib, qizil rangli futbolkalarni qora getrilar bilan xato tufayli birgalikda yuvish natijasida yuzaga kelgan degan versiyagacha. Nisbatan realroq va rasmiyroq variant: ushbu rang, 1700 yilda Turin shahrini ozod qilgan, ramzi “qonli dastro'mol” bo'lgan Savoyya brigadasi sharafiga tanlangan.

Nozima Zaripova tarjima qildi

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика