A Seriya klubi Kinning transferi ustida ishlamoqda
20 may 2020 15:36
Yangiliklar


A Seriya klubi Kinning transferi ustida ishlamoqda
"Everton" hujumchisi Moyze Kin A Seriyaga qaytishi mumkin.
"Roma" Kinni A Seriyaga qaytarish borasida ish olib bormoqda. Mino Rayolaning shaxsan o'zi o'yinchining bu klubga transferi ustida bosh qotirmoqda.
"Roma" 20 yoshli Moyze Kinni ijaraga olmoqchi. Rim klubi ijara muddati yakunlanganidan so'ng 20-22 million evro to'lagan holda o'yinchi to'liq qo'lga kiritadi.
Kin "Everton"ga "Yuventus"dan o'tgan yozda 27,5 million evro evaziga o'tgan edi.
Futbolchi joriy mavsum barcha musobaqalarda 25ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 2ta assist qayd etgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar