

Qiziqarli jihati, uchrashuvning 90+9 daqiqasida "Milan" darvozaboni Menyan maydondan chetlatildi. Bu paytga kelib, "Milan"da o'zgarishlar qolmagandi. Hujumchi Olive Jiru esa o'yinni darvozabon sifatida yakunlab qo'yishiga to'g'ri keldi. Muhimi "Milan" uchrashuv yakuniga qadar o'z darvozasi dahlsizligini saqlab qola oldi.
"Jenoa" – "Milan" 0:1
Gol: 0:1 – 87 Pulishich.
Jenoa – Jozep Martines, Leali, Sabelli (Ekuban, 68), de Vinter, Bani, Dregushin, Vaskes, Xaps, Malinovskiy (Kutlu, 68), Torsbyu, Frendrup, Pushkash, Gudmundsson.
Milan – Menyan, Florenci (Kalabriya, 66), Tomori, Tiav, Ernandes, Bartezagi, Adli (Jiru, 66), Reynders, Musa, Chukvueze (Pulishich, 46), Okafor (Rafael Leau, 46), Yovich.
Ogohlantirishlar: Djilardino (10), Ernandes (21), Florenci (22), Musa (47), Adli (62), de Vinter (69), Jozep Martines (86), Tomori (90).
Chetlatish: Menyan (90), Jozep Martines (90).





