So’nggi yangiliklar

01:55Миллатлар лигаси. Франция ғалаба қозонди, Италия Исроилни таслим қилди, Қозоғистонда мағлубият ва бошқа натижалар  1 01:31"Олимпик" - "Металлург" учрашуви "Жар"да ўтказилмайди  0 00:34"Реал" мухлислари учун хушхабар  0 00:15Франция Бельгияга имкон қолдирмади  3 23:28Флик энг яхши мураббий деб топилди  3 23:20Ўзбекистон терма жамоаси Бишкекдаги машғулотини қандай ўтказди? ФОТОМАҚОЛА  2 22:10Жамшид Искандеров: "Мақсадимиз - уч очко билан уйга қайтиш"  3 21:51Кўпчиликни ҳавотирга солаётган стадионда Ўзбекистон терма жамоаси машғулот ўтказди  8 21:36Назорат учрашуви. ОКМК ва "Динамо" иштирокидаги голлар шоусида ғолиб аниқланмади  1 21:35Жалолиддин Машарипов: "Қирғизистон Эронга қарши учрашувда дуранг қайд этиши учун яхши имкониятга эга эди"  7 21:05Шерзод Насруллаев: "Эртага 200 фоиз иштиёқ билан майдонга тушамиз"  4 20:38Қирғиз Республикаси - Ўзбекистон ўйинини ким бошқаради?  2 20:25"Роналду — андоза"  12 20:03"Олимпик" назорат беллашувида "Сурхон"га ҳеч қандай имкон қолдирмади  0 19:44Ўзбекистон МТЖ ўйинолди расмий машғулотини ўтказди. Муҳокамаларга сабаб бўлаётган майдон ҳолати қанақа?  15

A Seriya. SHomurodov 89 daqiqa harakatlangan bashsda "Jenoa" durang o'ynadi Yangiliklar

A Seriya. SHomurodov 89 daqiqa harakatlangan bashsda "Jenoa" durang o'ynadi

Italiya chempionati 27-turidan o'rin olgan bahs matnli translyaciyasini ushbu sahifada kuzatib bordingiz.

Jenoa – Udineze 1:1  

«Luiji Ferraris»

Gollar: Pandev 10' – penalti de Paul 30'

Jenoa – Perin, Zappakosta, Biraski, Krishito, CHiborra, Strotman (Bexrami, 82), Radovanovich, Zayc, Badel, SHomurodov (Pyaca, 89), Pandev (Skamakka, 71).

Udineze – Musso, Molina, De Mayo, Nyuytink, Larsen, Arslan (Makengo, 63), Uolas, Pereyra, de Paul, Rodrigo Bekao, Lorente (Nestorovski, 81).

Ogohlantirishlar: Pandev (11), Krishito (28), Badel (74), Nestorovski (90).

O'yin o'z nihoyasiga etdi. Xizmatingizda SHerzod Nurmatov bo'ldi. Keyingi o'yinlarda g'oyibona ko'rishguncha!

90+2. Uuuux! Qanday vaziyat!  Zayc yaqin masofadan noaniq zarba yo'lladi. 

Ikkinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shildi. 

90. Nestorovski qadtis o'ynagani bois sariq kartochka oldi. 

89. "Jenoa"da almashtirish: SHomurodov o'rniga Pyaca tushirildi. 

86. SHomurodov qarshi hujumga o'tdi, ammo 3 himoyachi qurshovida qolib, baribir to'pni oldirdi. 

83. Xavfli vaziyat! Pereyraning Nestorovski tomon qaltis pasi sal noanich ketib qoldi. 

82. "Jenoa"da o'zgarish:  Strotman o'rniga Bexrami maydonga tushdi. 

81. "Udineze"da o'zgarish: Lorente o'ringa Nestorovski o'yinni davom ettiradi.

75. De Mayo havodagi kurashda SHomurodovga nisbatan qoidani buzdi. 

74. Badel Pereyraga nisbatan qo'pol o'ynadi va ogohlantirildi. 

73. de Paulning standart vao'itdan tepgan to'pi ancha noaniq ko'rinish kasb etdi. 

71. "Jenoa"da almashtirish: Pandev o'rniga Skamakka o'yinga qo'shildi. 

68. Yens Larsen qanotdan zarba berdi, ammo darvozabon qiyinchilikka duch kelmadi.

65. Roberto Pereyra raqiblarni aldashga kirishib ketdi, ammo Radovanovich unga qarshilik ko'rsatdi. 

63. "Udineze"da o'zgarish: Arslan o'rniga Makengo tushdi. 

61. Davide Zappakostaning ichkariga uzatmasi kutilganidek chiqmadi. Zarba to'sib qo'yildi va to'p maydonni tark etdi, burchak zarbasi.

55. Zarba!  De Mayoning bosh bilan zarbasi noaniq ketdi. 

54. Milan Badel Souzaga nisbatan qo'pollik ishlatdi, hakam vaziyatga befarq bo'lmadi.

52. Krishitoning xavfli uzatmasi hech kiga tegmasdan maydonni tark etdi. 

49. Mixa Zayc barchasini o'z bo'yniga olib, oldinga bordi va zarba yo'lladi, ammo zarba noaniq ko'rinish oldi.

48. Arslan to'pni oldinga uzatib berdi, Mattia Perin ustamonlik bilan to'pga ega chiqdi. 

46. Ikkinchi bo'limga start berildi! 

Birinchi bo'lim tugadi. Hozircha hisob – 1:1. Tanaffus! 

42. Zaycning uzatmasini Bekao qaytarishga erishdi, aks holda xavfli vaziyat yuzaga kelishi mumkin edi. 

38. Zappakostaning uzatmasini Lorente bartaraf etdi. 

37. Zarba!  Davide Zappakosta jarimadan zarba yo'lladi, noaniq.

34. Mixa Zaycning yaxshi o'ylangan uzatmasi o'xshamadi, darvozasini tark etgan Musso to'pni egallab oldi.

30. GOOOOOOOOOOL!  de Paul penaltini muvaffaqiyatli bajarib, hisobni tenglashtirdi – 1:1!

28. Penalti!  Ana xolos!  Krishito Pereyrani yiqitdi va sariq kartochka ham oldi. 

26. Zarbaaaa!  Eldor SHomurodovning bosh bilan yo'llagan zarbasi xavfli, ammo noaniq chiqdi. 

24. Pandevning zarbasidan keyin rikoshet kuzatildi, ammo darvozabon seyv namoyish etishga xam erishdi. 

23. SHomurodov to'pni olib qo'ydi va jamoasini oldinga boshladi, yakunda hujumda baribir to'p yo'qotildi. 

20. Molina uzun pasni amalga oshirdi. Roberto Pereyra uni qabul qila olmadi, to'p juda kuchli ketib qoldi.

19. SHomurodov Bekaoga nisbatan qoidani buzdi, shundan so'ng Eldor bundan norozi bo'ldi va hakam bilan vaziyatni muhokama qilib oldi. 

16. To'pga egalik qilish bo'yicha statistika: 34% – 66%

14. Gol inobatga olinmadi, sababi Lorente ofsaydda qolgan edi. 

13. GOOOOOOOL! Pereyra! 

11. Libosini echgan Pandev hakam tomonidan ogohlantirildi.

10. Gol urilgan vaziyatda to'p Pandevning qo'liga tegdimi yoki yo'q, tekshirildi. Gol toza urilgan va inobatga olindi. 

8. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL!  Pandev!  Ichkarida to'pni qabul qilib olgan forvard raqib darvozasini ishhol qildi – 1:0! 

7. Goran Pandev shifokorolar xizmatiga muhtojlik sezmoqda. Tibbiy yordam uo'rsatildi, davom etamiz. 

5. "Udineze" burchak to'piga ega bo'ldi, biroq uni muvaffaqiyatli amalga oshirmadi. HImoyachilar yaxshi harakat qilib, to'pni uzoqlashtirishdi.

3. "Udineze" yaxshi jamoaviy o'yin ko'rsatmoqda. Ko'plab qisqa paslar raqibga noqulaylik tug'diryapti.

1. O'yin boshlandi! 

CHigil yozdi mashqlaridan suratlar 

- O'yin Toshkent vaqti bilan 00:45 da boshlanadi. 

- Assalomu alaykum, qadrli futbol ishqibozlari!  Bugun hamyurtimiz Eldor SHomurodov to'p tepadigan "Jenoa" klubi Italiya A Seriyasi 27-turida "Udineze" bilan bellashadi. Ushbu uchrashuvni yaqin 2 soat ichida siz bilan birgalikda kuzatib boramiz. 

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика