So’nggi yangiliklar

03:15Африка кубоги. 1/8 финал. Мали пенальтилар сериясида Тунисни мағлуб этди, Сенегал эса Судан устидан зафар қучди  0 03:03Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди  22 03:00А Серия. "Аталанта" ўз уйида "Рома"ни мағлуб этди  1 02:11Саудия Арабистони Про лигаси. "Ал Иттиҳод" ўз майдонида рақобатчисини мағлуб этди  0 00:26АПЛ. "Арсенал" 5 та гол урилган ўйинда меҳмонда "Борнмут"ни мағлуб этди, Райсдан дубль!  11 23:59А Серия. "Ювентус" ўз майдонида "Лечче"ни мағлуб этолмади  4 23:35Ўзбекистон ва Озарбайжон чемпионлари Анталияда ўзаро ўйнашади  2 23:17БАА чемпионати. "Ал Батаэҳ" ўз майдонида "Дибба"га мағлуб бўлди, ўзбекистонлик икки ўйинчи баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  2 22:30"Астон Вилла" кетма-кет 11 уй ўйинида ғалабага эришди  6 22:12АПЛ. "Вулверхэмптон" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  3 21:49"Қизилқум" 4 футболчиси билан хайрлашди  0 21:25Фарьоли "Челси"га бормаслигини айтди  3 21:02"L’Equipe" йил рамзий термасини эълон қилди  1 20:46"Пахтакор"нинг Туркиядаги илк йиғинидаги рақиблари маълум қилинди  0 20:23"Астон Вилла" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олмоқчи  0

A Seriya. SHomurodov va Skamakka tomonidan urilgan gollar "Jenoa"ga g'alaba keltirdi Yangiliklar

A Seriya. SHomurodov va Skamakka tomonidan urilgan gollar "Jenoa"ga g'alaba keltirdi

Italiya chempionati 33-turidan o'rin olgan "Jenoa" – "Speciya" uchrashuvi matnli translyaciyasini ushbu sahifada kuzatib bordingiz.

Jenoa – Speciya 2:0 

«Luiji Ferraris»

Gol: Skamakka 62', SHomurodov 86'

Jenoa – Perin, Biraski, Goldaniga, Masello, Zappakosta, Strotman, Badel, Pyaca (Bexrami, 63), Krishito, Destro (SHomurodov, 63), Pandev (Skamakka, 56).

Speciya – Provedel, Erlich, Bastoni, Vinyali (Agudelo, 85), Terci (SHabo, 64), Leo Sena, Majore (Esteves, 59), Pobega, Jasi, Farias (Verde, 64), Nzola.

Ogohlantirishlar: Terci (2), Krishito (18), Pandev (32).

Bahs yakunlandi. Hamyurtimiz gol urgan o'yinda "Jenoa" g'alabani tantana qildi. Xizmatingizda SHerzod Nurmatov bo'ldi. Keyinga o'yinlarda g'oyibona ko'rishguncha! 

90+1. "Jenoa"da o'zgarish: Strotman o'rniga Kassata o'yinni tugatib qo'yadi. 

Ikkinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi. 

90. Skamakka raqib futbolchisi bilan tortishib ketdi. 

89. Nzola to'p bilan oldinga bordi, ammo jamoasi foydasiga hech narsa qila olmadi.

86. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL!  Eldor SHomurodov gol urdi, azizlar!  Uning o'ng oyoqda yo'llagan zarbasi darovza to'ridan joy oldi.  GOLNI TOMOSHA QILISH

85. "Speciya"da 2 ta o'zgarish: Jasi o'rniga Galabinov, Vinyali o'rniga Agudelo tushdi. 

83. "Jenoa" imkon qadar to'pni o'zida saqlashga urinyapti. 

80. Estevesning uzatmasi hech qanday xavf tug'dirmadi, to'p "Jenoa" himoyachilari nazoratida maydondan chiqib ketdi. 

78. Perinning oldinga tepgan to'pi SHomurodovga kelayotgandi, ammo uni Leo Sena egallab oldi. Keyingi vaziyatda Bexrami bilan to'qnashgan Sena kichik tortishuvda qatnashdi, hakam o'yinchilarni tinchlantirdi. 

76. Pobeganing olis masofadan yo'llagan zarbasi ancha noaniq ketdi. 

74. SHomurodov chap qanotda faollik ko'rsatib, ichkariga pas uzatdi, himoyachilar to'pni qaytarishdi. Keyingi vaziyatda Badelning zarbasi sal noaniq chiqdi. 

71. "Speciya" keskinlik yuzaga keltirish harakatida, "Jenoa" esa bosim qilmoqda. 

69. Nzola bosh bilan zarba yo'lladi, Perin o'z o'rnida! 

68. SHomurodov Jasiga nisbatan qoidani buzdi. 

66. Zarba!  Skamakkaning zarbasiga himoyachilar to'sqinlik qilishdi. 

64. "Speciya"da 2 ta almashtirish: Terci o'rniga SHabo, Farias o'rniga Verde tushirildi. 

63. "Jenoa"da 2 ta o'zgarish: Pyaca o'rniga Bexrami, Destro o'rniga SHomurodov o'yinni davom ettiradi.  

62. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL!  Skamakka!  Zappakostaning zarbasini Provedel qaytardi, qaytgan to'pga Skamakka egalik qildi va darvozaga yo'l topdi – 1:0! 

61. Jamoalar ir-birlirining himoyachilarini yorib keirishda qiyinchilikka duch kelishmoqda. 

59. "Speciya"da almashtirish: Majore o'rniga Esteves o'yinga qo'shildi. 

56. "Jenoa"da o'zgarish: bekor qilingan gol muallifi Pandev o'rniga Skamakka tushdi.  

55. Murabbiylar baland ovozda "Janluka!" deya Skamakkani chaqirishdi, demak, uni maydonda ko'ramiz. 

53. Destro to'pni qabul qilayotib oyog'ini tik holatda ko'tardi va Erlichning yuziga tepib yuborishi mumkin edi.  

51. "Jenoa"ga yangi qon kerak, janob Ballardini!  "Eldor SHomurodovni maydonga tushiring". 

49. Masello Bastonini qo'pollik evaziga to'xtatib qoldi. 

47. Jasining ichkariga uzatgan pasi hech kimga tegmay maydonni tark etdi. 

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi! 

Birinchi bo'lim tugadi. Hozircha hisob ochilmadi – 0:0. Tanaffus! 

Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shildi. 

44. Zarba!  Davide Zappakosta Milan Badeldan pas qabul qilib olib, zarba berdi. To'p darvoza ustuni yonidan o'tib ketdi.

42. "Speciya" oldinga borishga urinyapti, ammo hozircha "Jenoa" bunga qarshilik qilmoqda. 

39. Perin Bastonining uzatmasiga ega chiqdi.  

37. Nzola Biraskiga nisbatan qo'pol o'yin namoyish etdi va ogohlantirish oldi.

35. Majore darvozani nishonga oldi, samarasiz. 

33. Jasi Badelni yiqitishga majbur bo'ldi.

32. Pandev Leo Senani yiqitgani bois sariq kartochkaga loyiq ko'rildi. 

31. Gol urilgan vaziyatda Destro darvozabonga nisbatan qo'pol o'ynagan deb topilib, gol bekor qilindi. 

30. Gol VARda tekshirilmoqda...

28. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Pandev yaqin masofadan darvozani ishg'ol qilib, hisobni ochdi – 1:0!

26. Jasi ichkariga pas uzatdi, ammo Perin ustamonlik bilan to'pga ega chiqdi.

23. Destro Pandev bilan o'zaro kombinaciya tashkil etmoqchi bo'ldi, ammo himoyachidar qarshilik ko'rsatishdi. 

21. To'pga egalik qilish bo'yicha statistika: 37% – 63%

18. Kutilganidek Krishitoga sariq ko'rsatildi. 

17. Krishito Vinyaliga nisbatan qo'pollik ishlatdi, biroq hakam to'p mehmonlarda qolgani bois o'yinni davom ettirishni buyurdi. 

15. "Jenoa"ning xavfli hujumi muvaffaqiyatsiz yakun topdi. Himoyachilar to'pni uzoqlashtirishdi. 

12. Destro darvozabon bilan yakkama-yakka holatga chiqib bordi va zarba bera olmadi, Provedel to'pni egallab oldi. Ushbu vaziyatda dastlab, darvozabon to'pni qo'lidan chiqarib yuborib, xato qilgandi.

10. Vinyali va Krishito o'zaro to'qnashib ketishdi, "Jenoa" vakili ozroq jabrlandi.

8. "Speciya" qariyb 3 daqiqadan buyon to'pni raqibga bermayapti va o'zaro pas o'ynashmoqda. 

6. Uuux!  Qanotdan oshirib berilgan uzatmadan keyin Destro bosh bilan zarba yo'lladi, sal noaniq. 

3. Maselloning uzatmasidan so'ng Ivan Provedel darvozadan yugurib chiqqan holda to'pga ega chiqdi.

2. Terci Pandevga nisbatan juda qo'pol o'ynadi va ogohlantirildi. 

1. O'yin boshlandi! 

- Eldor SHomurodov bugungi o'yinni zaxiradan boshlaydi. 

- O'yin Toshkent vaqti bilan 18:00 da boshlanadi.

«Luiji Ferraris» stadioni o'yinni qabul qilishga tayyor! 

- Assalomu alaykum, aziz futbol ixlosmandlari! Bugun hamyurtimiz Eldor SHomurodov to'p tepadigan Genuyaning "Jenoa" klubi o'z maydonida "Speciya"ni mehmon qiladi. Uchbu uchrashuvni yaqin 2 soat ichida siz bilan birgalikda kuzatib boramiz. 

Reyting: +86   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика