A Seriya. Gollarga boy o'tgan “Jenoa” – “Atalanta” bahsi tugadi. Zaxiradan tushgan SHomurodov dublni rasmiylashtirdi
15 may 2021 19:54
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/637248_original.jpg)
![](/upload/storage/637248_220.jpg)
A Seriya. Gollarga boy o'tgan “Jenoa” – “Atalanta” bahsi tugadi. Zaxiradan tushgan SHomurodov dublni rasmiylashtirdi
Mehmonlar ilk taymda Duvan Sapata, Ruslan Malinovskiy va Robin Gosensning gollari evaziga 3:0 hisobida oldinga o'tib oldi.
2-bo'limda Eldor SHomurodov zaxiradan maydonga tushishi bilan 2 daqiqa o'tar-o'tmas raqib darvozasini chiroyli tarzda ishg'ol etdi. Keyin esa bergamoliklar xavbeki Mario Pashalich oradagi farqni yana oshirdi – 4:1.
67-daqiqada Goran Pandev penaltini aniq amalga oshirdi. Asosiy vaqt tugashiga oz qolganida esa SHomurodov dublni rasmiylashtirdi – 3:4.
“Atalanta” bugungi g'alabadan keyin ochkolari sonini 78 taga etkazib, 2-o'rnini mustahkamladi. “Jenoa” esa 39 ochko bilan 14-pog'onada qoldi.
"Jenoa" – "Atalanta" 3:4
"Luiji Ferraris"
Gollar: 0:1 – 9 Sapata, 0:2 – 26 Malinovskiy, 0:3 – 44 Gozens, 1:3 – 48 SHomurodov, 1:4 – 51 Pashalich, 2:4 – 67, penalti Pandev, 3:4 – 84 SHomurodov.
"Jenoa" – Marketti, Gilone (Portanova, 57), Masello, Ongene, Radovanovich, Rovella, Kassata (SHomurodov, 46), Zayc (Kaso, 46), Melegoni (Ebong, 79), Pyaca, Destro (Pandev, 46).
"Atalanta" – Gollini, Xatebur, Romero, Toloi, Gozens (Palomino, 76), Malinovskiy (Lammers, 57), de Ron, Miranchuk (Muriel, 89), Froyler (Pessina, 46), Gimshiti, Sapata (Pashalich, 46).
Ogohlantirishlar: Gimshiti (62), Toloi (71), Rovella (88).
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar