A Seriya. “Milan” so'nggi daqiqada urilgan gol evaziga “Jenoa”ni mag'lub etdi

12 mar 2018, 00:11
Italiya chempionatining 28-turida Jennaro Gattuzo shogirdlari “Jenoa” mehmoni bo'ldi.

O'yindagi hal qiluvchi gol 90-daqiqada Andre Silva tomonidan urildi. Ushbu gol Gattuzo shogirdlariga navbatdagi uch ochkoni taqdim etdi.

“Jenoa” - “Milan” 0:1

Gol: 0:1 – 90 Andre Silva.

“Jenoa”: Perin, Biraski, Spolli, Zukanovich, Rigoni (Omeonga, 74), Lazovich, Xilemark, Laksalt, Bertolachchi, Galabinov (Lapadula, 75), Pandev (Bessa, 81).

“Milan”: Donnarumma, Romanoli, Bonuchchi, Rodriges, Bigliya, Chalxanoglu (Andre Silva, 68), Kessie, Borini, Bonaventura (Kalabriya, 80), Suso, Kalinich (Kutrone, 60).

Ogohlantirish: Bertolachchi (79).

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia