So’nggi yangiliklar

08:00Суперлига-2025. “Нефтчи” - “Хоразм” 2:0  0 07:48Анхель Ди Мария янги жамоаси билан шартнома имзолади  0 01:12Суперлига-2025. Биринчи давранинг эсда қоларли лаҳзалари  1 00:45IBA раҳбари Кремлёв Смоловнинг жанжали ҳақида: "Футболчиларнинг интизоми билан боксчилар шуғулланиши керак"  0 00:26"Галатасарой" Осимхен учун 50+5 миллион евро таклиф қилди, "Наполи" кўпроқ сўраяпти  1 23:43Виталий Левченко: "Шартномам ноябрда якунига етади"  3 23:18Ҳаким Фузайлов: "Маҳаллий футболчилар Нарх ва Самиевлардан ёмон ўйнашмаяпти"  3 22:52Доннарумма агенти Нойернинг Мусиала жароҳати ҳақидаги сўзларига: "Мануэль 2014 йилда Игуаинни урганда ҳам, жароҳатланиш хавфини билиб турган"  2 22:26Шченсни "Барселона" билан янги битим имзолади  0 22:15Мбаппе судга берган аризасини қайтариб олди  4 22:00Суперлига. "Нефтчи" "Хоразм"ни мағлуб этди ва иккинчи ўринга чиқиб олди   37 21:07Акмал Мозговой БАА клубига ўтди  11 20:20Ўзбекистонлик ҳакамлар Президент кубоги (Индонезия) мусобақасида фаолият олиб боришади  1 19:47Анчелотти "Олтин тўп"га муносиб бўлган, лекин қўлга киритолмаган футболчи номини айтди  8 19:20"Антверпен" янги аъзоси Муҳаммадали Ўринбоев: "Ўзбекистонни янада танитишга ваъда бераман!"  28

A Seriya. "Jenoa" o'z maydonida "Milan"dan ochko tortib oldi, SHomurodov 85 daqiqa o'ynadi Yangiliklar

A Seriya. "Jenoa" o'z maydonida "Milan"dan ochko tortib oldi, SHomurodov 85 daqiqa o'ynadi

"Milan" Italiya chempionatining 12-turida "Jenoa" maydoniga safar uyushtirdi.

Jenoa – Milan 2:2

Gol: Destro (47, 1:0), Kalabriya (53, 1:1), Destro (60, 2:1), Kalulu (83, 2:2).

"Jenoa" – Perin, Gilone, Bani, Masello, Pellegrini (CHiborra, 46), Sturaro (Bexrami, 76), Lerager, Pyaca (Melegoni, 69), Goldaniga, Destro (Skamakka, 76), SHomurodov (Radovanovich, 85).

"Milan" – Donnarumma, Kalulu, Kalabriya, Diogu Dalot, Romanoli, CHalxanoglu, Tonali (Braim Dias, 77), Kastilexo (Salemakers, 53), Kessie, Rebich (Xeuge, 53), Rafael Leau.

Ogohlantirish: Pellegrini (18), Romanoli (25), Kastilexo (54).

Genoa

Mattia Destro - 47', Mattia Destro - 60'

Serie A . 12-tur

17/12/2020, 00:45

2
:
2
Tugadi

AC Milan

Davide Calabria - 52', Pierre Kalulu - 83'

Stadion: Stadio Luigi Ferraris, 0 tomoshabin

Bosh hakam: Daniele Orsato

45'
90'
18'  Luca Pellegrini
46'  Luca Pellegrini (Lennart Czyborra)
47'  Mattia Destro
60'  Mattia Destro
60'  Paolo Ghiglione
68'  Marko Pjaca (Filippo Melegoni)
76'  Mattia Destro (Gianluca Scamacca)
76'  Stefano Sturaro (Valon Behrami)
85'  Eldor Shomurodov (Ivan Radovanovic)
87'  Ivan Radovanovic
25'  Alessio Romagnoli
52'  Davide Calabria
52'  Hakan Calhanoglu
53'  Samuel Castillejo (Jens Petter Hauge)
54'  Samuel Castillejo
54'  Ante Rebic (Alexis Saelemaekers)
77'  Sandro Tonali (Brahim Diaz)
83'  Pierre Kalulu
83'  Alessio Romagnoli
83'  Rafael Leao

YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi. "Jenoa"ning A Seriyadagi g'alabasiz o'yinlari seriyasi 11 o'yinga etmoqda.

90+4. UXXXX!! Salemakers "Jenoa" darvozasiga zarba bera olmadi. Himoyachilar to'pni chiqarib yubordi.

90+3. "Milan" bosimni oshirgan. Burchak zarbasi.

Ikkinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi.

89. ZARBAAAAAA!! Skamakka chalqancha uslubda chiroyli zarba berdi. Jijidan chiroyli va super seyv!

88. CHalxanogluning jarimadan yo'llagan zarbasi jonli devorga tegib, burchakka chiqib ketdi.

87. Dias yiqitildi, "Milan"da  xavfni nuqtadan standart vaziyat.

85. Eldor o'z o'rnini Radovanovichga bo'shatib berdi. Yomon o'yin ko'rsatmadi SHomurodov.

83. GOL! Burchakdan oshirilgan to'pni Kalulu darvozaga yo'lladi. Debyut o'yinda debyut gol...

81. Hujumga o'tayotgan "Milan"da xatolar ko'paymoqda. Himoyadagi "Milan" esa yomon o'yin ko'rsatmayapti.

78. XAUGEEEEEE!!! UXXXX!! Zarba biroz noaniq...

76. "Jenoa" tarkibida o'zgarishlar bo'ldi. SHomurodov maydonda qoldi. Demak, Maranga Eldorning o'yinlari maqul kelmoqda.

72. UXXXXXXX!! Salemakers bir necha raqibini aldab o'tib, Perin darvozasini nishonga oldi. Himoyachilar to'p yo'liga to'siq bo'lishdi.

70. Sturaro hujumga o'tayotgan Eldorni to'p bilan taminlashga harakat qildi. Kalabriya xavfni bartaraf etdi.

68. SHomurodov qoidani buzdi. "Milan" standart vaziyatga ega bo'lmoqda.

65. "Milan" A Seriyadagi so'nggi mag'lubiyatini aynan "Jenoa"dan qabul qilib olgan. Bu voqelik 8 mart kuni "San Siro"da sodir bo'lgan ekan. O'sha o'yindan keyin 3 oy davomida pandemiya sababli A Seriyada o'yinlar bo'lmadi)

60. GOOOOOOOOLLLLL!!! Qanotdan oshirilgan to'pga Destro boshi bilan zarba berib, hisobni "Jenoa" foydasiga o'zgartirmoqda!

58. Endi yana kuchlar tenglashdi. "Jenoa" esa ko'p ham himoyaga yotib olayotgani yo'q.

53. Gol! Kalabriyaning uzoq masofadan yo'llagan zarbasini Perin qaytara olmadi... Exxx, Mattiaaa.

47. GOOOOOOOOOOLLLLL!!! Eldorning zarbasini Donnarumma qaytardi. Destro esa gol urdi va golni Eldorning farzandiga bag'ishladi!

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

- Demak, jamoalar maydonga chiqib kelishdi.

Orsato birinchi bo'limga vaqt qo'shib bermadi va taym yakunlandi.

44. Eldorning pasi noaniq bo'ldi va to'p "Milan" futbolchilariga o'tib ketdi.

40. Birinchi bo'lim teng kurashlar ostida o'tmoqda.

37. PERINNNNNN!!! Rebich bir necha raqibini aldab o'tib, Perin bilan birga bir holatga chiqib bordi. Perindan super seyv!

36. ZARBAAAA!! O'yinda golga tortadigan ilk vaziyat. Destroning zarbasiga kuch va aniqlik etishmadi.

34. UXXXXXXX!!! Eldor uzoq masofadan uzatilgan to'pga etib bordi va Donnarummadan ham o'tib ketgandi. Biroq offsayd belgilandi.

33. "Milan" bosimni boshladi. Ketma-ket burchak zarbalaridan foyda chiqmadi.

29. "Jenoa"ning hujumi Destroning fol ishlatgani sababli to'xtab qoldi.

26. "Milan" hujumga o'tdi. Leaoning chap qanotdan oshirgan to'pini "Jenoa" himoyachilari tepib yubordi.

24. Sal qoldi. Tonali o'ng qanotdan to'pni "Jenoa" darvozasi yoniga tashladi. Pellegrini vaziyat qahramoni.

22. UXXXXX!! CHalxanogluning jarimadan yo'llagan zarbasini Perin ushlab oldi.

20. Giloneeeee!! SHomurodovning ajoyib pasidan keyin Gilone "Milan" posboni bilan birga bir holatga chiqib ketishi mumkin edi. Lekin Gilone to'pni to'xtata olmadi.

18. "Jenoa" futbolchilari oddiy paslarda ko'p xato qilmoqda. "Tekis" joyda to'p raqiblarga berib qo'yilmoqda.

11. Hakamlar adashdi. Burchakdan oshirilgan to'pni Romanoli darvoza tomon tepdi. To'p Eldorga tekkandi. Hakamlar esa burchak to'pi belgilamadi.

9. Kastilexo o'ng qanotdan "Jenoa" jarima maydonchasi yonigacha kirib keldi va zarba berdi. Noaniq.

8. "Jenoa" hujumga o'tdi. Eldorga oshirilgan to'pni Romanoli burchakka chiqarib yubordi.

6. "Milan" uzoq vaqt davomida kichik paslar orqali hujum uyushtirishga harakat qildi. Eldor to'pni Kessedan olib qo'ydi.

5. "Milan" tashabbusni qo'liga olishga intilmoqda. "Jenoa" esa bo'sh kelmayapti.

1. UCHRASHUV BOSHLANDI!

- Menimcha, bugun ham "Jenoa" himoyaviy o'yin ko'rsatsa kerak, yani, ikkinchi raqamli jamoa bo'lib o'ynaydi. "Milan" esa doimiy bosim ostida raqiblarini ushlab turadi.

- Rep qo'shiq sadolari ostida futbolchilar maydonga tushib kelishdi.

- Assalomu alaykum, hurmatli futbol ishqibozlari! Eldor SHomurodov bugun "Milan"ga qarshi o'ynaydi. O'yinni sizlar bilan birga Mirjalol Normatov kuzatib boradi.

Reyting: +74   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика