So’nggi yangiliklar

08:28Трансфермаркт Ла лигада энг кўп нархи ошган футболчилар рейтингини тузди  0 08:00Роналду дунёнинг машҳур фильмида рол ўйнайди  0 07:31"Нефтчи"нинг асосий футболчиларидан бирига ОКМК ва "Андижон"дан қизиқиш бор  3 01:50Лэмпард кетма-кет иккинчи ой энг яхшиси бўлди  0 01:24АПЛ топ-клублари "Лейпциг" вингерига қизиқмоқда  0 00:50Давид Сильва Гвардиоланинг ягона камчилигини айтди  2 00:16Оскар футболчилик фаолиятини якунлади  3 23:53Флик: "Рэшфорд захирада қолдими, демак, таркибда энг яхшилар ўйнамоқда"  2 23:32"Алавес"га қарши ўйин олдидан "Реал"да муаммолар кўп  6 23:10Салоҳ қайтди!  9 22:46"Интер Майами" жаҳон чемпионини сотиб олди  2 22:15"Бунёдкор" янги мавсум олдидан икки легионер олиши мумкин  0 21:54Пол Мерсон: "У ҳужумда ўйнар экан, "Арсенал" чемпион бўлмайди"  5 21:35"Бунёдкор" Абдусаломов билан шартномани узайтирди  0 21:21Арне Слот: "Салоҳнинг "Интер" билан ўйинда бўлмаслигини мен истадим"  11

A Seriya. "Inter" "Jenoa"ni ishonchli hisobda mag'lub etdi, SHomurodov esa zaxiradan maydonga tushdi Yangiliklar

A Seriya. "Inter" "Jenoa"ni ishonchli hisobda mag'lub etdi, SHomurodov esa zaxiradan maydonga tushdi

Italiya A Seriyasi 5-tur doirasidagi "Jenoa" - "Inter" o'yini bo'lib o'tdi.

"Jenoa"ning o'zbekistonlik hujumchisi Eldor SHomurodov o'yinni zaxiradan boshladi va 65-daqiqada maydonga tushdi.

"Jenoa" - "Inter" 0:2

Gollar: Romelu Lukaku (64), D`Ambrozio (79)

"Jenoa": Perin, Gilone, Goldaniga, Sapata, CHiborra, Badel, Bexrami, Pyaca, Rovella, Bani, Pandev.

"Inter": Xandanovich, D`Ambrozio, Ranokkiya, Bastoni, Darmian, Vidal, Perishich, Brozovich, Eriksen, Martines, Lukaku.


ITALIYA A SERIYASI TURNIR JADVALI VA TO'PURARLAR RO'YXATI BILAN TANISHING

Genoa

Serie A . 5-tur

24/10/2020, 22:00

2
:
0
Tugadi

Inter

Romelu Lukaku - 64', Danilo D'Ambrosio - 79'

Stadion: Stadio Luigi Ferraris, 0 tomoshabin

Bosh hakam: Davide Massa

45'
90'
46'  Lennart Czyborra (Luca Pellegrini)
60'  Valon Behrami (Ivan Radovanovic)
61'  Milan Badelj (Miha Zajc)
65'  Marko Pjaca (Eldor Shomurodov)
84'  Nicolo Rovella (Filippo Melegoni)
86'  Mattia Bani
40'  Lautaro Martinez
58'  Christian Eriksen (Nicolo Barella)
58'  Ivan Perisic (Achraf Hakimi)
64'  Romelu Lukaku
64'  Nicolo Barella
72'  Lautaro Martinez (Andrea Pinamonti)
79'  Danilo D'Ambrosio
79'  Andrea Ranocchia
80'  Arturo Vidal (Radja Nainggolan)
81'  Matteo Darmian (Aleksandar Kolarov)


O'YIN YAKUNLANDI

90. Hakam ikkinchi bo'limga 3 daqiqa vaqt qo'shib berdi.

86. Bani Barellaga qarshi qo'pol harakat qildi va hakam tomonidan sariq kartochka bilan "siylandi".

85. Eldor SHomurodov hujumda to'pni egallab oldinga qarab borayotgan edi, ammo futbolchimiz offsaydda qolib ketgani malum bo'ldi.

84. "Jenoa"da o'zgarish: Milegoni Rovellaning o'rniga maydonga tushdi.

84. Pinamoni "Inter"ning uchinchi golini urishi mumkin edi, ammo uning zarbasi noaniq chiqdi. 

80. Nainggolan va Kolarov "Inter" safida maydonga tushdi, ular Darmian va Vidalni almashtirishdi.

79. GOL! D`Ambrozio hisobni 0:2 ko'rinishiga olib keldi. U qanotdan uzatilgan to'pni Perin darvozasiga aniq yo'lladi, endi genuyaliklarning vaziyatni o'nglashlari qiyin masala

78. Ha, genuyaliklar to'pga egalik qilishmoqda, ammo "Inter" jarima maydonchasi yaqiniga ham bora olishmayapti.

74. SHomurodov birga-bir vaziyatga chiqib ketishi mumkin edi, ammo bu erda "Inter" himoyachisi Ranokkiya yaxshiroq harakat qildi.

72. Lautaro zaxiraga olindi, uning o'rniga maydonga Pinamonti tushirildi. Martines esa "jahl oti"ga mingan.

69. GOL! Yo'q, Lukaku gol urgan vaziyatdan o'yindan tashqari holatda qolgandi.

67. Eldor o'yinni qutqarish uchun maydonga tushdi, u kuchga to'lgan va raqibga pressing uyushtirmoqda.

65. SHomurodov maydonga tushdi! U o'yini qoshuvmagan Marko Pyacani almashtirdi.

64. GOOOOOLL!!! Nihoyat! O'yindagi ilk aniq zarba va gol! Belgiyalik forvardga Barella ajoyib tarzda pas berdi va Romelu qiyinchiliksiz gol urdi.

61. Mezbonlar safida ikki o'zgarish: Zayc Badelni, Radovanovich esa Bexramini almashtirdi.

58. "Inter"da o'zgarishlar: Barella Eriksen, Xakimi esa Perishichning o'rniga maydonga tushdi.

54. Ha, "Inter"ning o'yini umuman qovushmayapti, Konte shogirdlari ayniqsa xavfli vaziyatlarni yuzaga keltirishda muammolarga duch kelishmoqda. "Jenoa" uchun esa ushbu hisob ijobiy albatta.

49. Birinchi taym boshida bo'lganidek "Jenoa" bo'limni yaxshi kayfiyatda boshladi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

- Bo'lim avvalida "Jenoa"da o'zgarish: Pellegrini CHiborrani almashtirdi.



BIRINCHI BO'LIM YAKUNLANDI

45. Hakam birinchi bo'limga umuman vaqt qo'shib bermadi.

40. Ilk sariq kartochka Lautaro Martinesga ko'rsatildi. U raqib jarima maydonchasi ichida to'pga ulgurmadi va Goldaniganing oyog'iga zarba berib yubordi.

38. To'pga egalik qilish bo'yicha katta ustunlik "Inter" tarafida: 30% - 70%.

33. Lautaro jarima maydonchasi ishiga oshirib berilgan to'pni qiyinchilik bilan "Jenoa" darvozasiga yo'lladi, biroq himoyachi to'p yo'liga to'sqinlik qildi.

28. Lukaku qanotdan uzatilgan to'pni raqib darvozasiga yo'llay olmadi. Milanliklar bu vaziyatda penalti talab qilishdi, ammo hakam "yo'q" dedi. 

26. Vidal! Mehmonlar yarim himoyachisi jarima maydonchasi ichida darvoza tomon zarba berib ko'rdi, ammo Bani vaziyatni bartaraf etdi.

23. Hozircha o'yinda darvoza tomon aniq zarba berilmadi (!).


Eldor SHomurodov dastxati tushirilgan futbol to'pini yutib oling!

18. "Neradzurrilar" to'p bilan ko'proq muomala qilishmoqda, ammo Antonio Konte jarima maydonchasi ichiga kirishda muammolarga duch kelmoqda. 

14. Lautaro! Argentinalik futbolchi jarima maydonchasi ostonasidan Perin darvozasi tomon zarba berib ko'rdi, ammo uning zarbasi to'sini yuqorisidan o'tib ketdi.

12. Xavfli vaziyatlarsiz o'yin bo'lmoqda, matnli translyaciyaga nimadir yozish uchun qandaydir vaziyat sodir bo'lishi kerak)

8. Milanliklar sekin-sekin keskinroq hujumlarga o'tishmoqda, ammo hozircha aytarlik vaziyat sodir bo'lmadi.

4. Hozircha "Inter" hujumga katta kuch bilan o'tib ketgani yo'q, to'p asosan maydon markazida o'ynalmoqda.

1. O'yinga start berildi!

- Hayrli kech. "El Klasiko"dan so'ng sizlarni Italiya A Seriyasi 5-tur doirasidagi "Jenoa" - "Inter" o'yiniga taklif etamiz. SHomurodov o'yinni zaxirada boshlaydi, ammo istalgan vaqtda maydonga tushishi mumkin, shunday ekan sizlar bilan bu o'yinni birgalikda kuzatib boramiz.

Reyting: +32   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика