So’nggi yangiliklar

21:47Девид Бекхэмнинг 22 ёшли ўғли кутилмаганда футболни тарк этди. Энди у фаолиятини модел сифатида давом эттиради  0 21:18Гейнрихнинг сўнгги голи ва Абрамовни истеъфога чиқарган Ҳалатбори — Ўзбекистон терма жамоаси ЖЧ саралашининг сўнгги босқичларини қандай бошлаган?  5 20:49Ўзбекистон терма жамоасининг КХДР билан ўйиндан олдинги расмий машғулоти  1 20:10Ўзбекистон МТЖнинг КХДРга қарши ўйиндан олдинги аъло кайфиятда ўтган машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  8 19:42ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон МТЖ КХДРга қарши оқ либосда ўйнайди  5 19:04Одилжон Ҳамробеков: "Ушбу учрашувлар қанчалик катта аҳамиятга эга эканлигини барча тушуниб турибди"  3 18:31"Лестер" судда ютиб чиқди ва очколарини сақлаб қолди  0 18:03Моуринью "Челси" юлдузини "Фенербахче"да кўрмоқчи  1 17:39ЖЧ-2014 қаҳрамони Португалия чемпионатига ўтди  0 17:10"Винисиуснинг ёнида Мбаппенинг техник имкониятлари чеклангани сезилиб қолмоқда"  6 16:39Айвен Тоуни "Ал Аҳли"да "Брентфорд"дагидан 10 баробар кўпроқ маош олади  2 16:11Ўзбекистон U-20 терма жамоаси Хитойдаги халқаро турнирда Малайзияни мағлуб этди  6 15:54Тожикистон "Мердека кубоги"да Ливанга ютқазиб қўйди  34 15:12"Челси" собиқ футболчиси Санчо ҳақида: "Пул учун бўлмаса, нима учун?"  3 14:18Винисиус: "Вазият ўзгармаса, ЖЧ-2030ни Испаниядан олиб қўйиш керак"  24

A Seriya. SHomurodov 81 daqiqa o'ynagan bahsda "Jenoa" o'z uyida ishonchli g'alabaga erishdi Yangiliklar

A Seriya. SHomurodov 81 daqiqa o'ynagan bahsda "Jenoa" o'z uyida ishonchli g'alabaga erishdi

Italiya chempionati 17-turidan o'rin olgan bahs matnli translyaciyasini ushbu sahifada kuzatib bordingiz.

Jenoa – Bolonya 2:0  

«Luiji Ferraris» 

Gollar: Zayc 44', Detsro 55'

Jenoa – Perin, Krishito (Gilone, 46), Masello, Bani, Zappakosta, Badel, Radovanovich, Zayc, Bexrami (Ebongu, 46, Lerager, 74), SHomurodov (Pyaca, 81), Destro (Melegoni, 86).

Bolonya – Anjelo, Tomiyasu, Pas (Poli, 82), Larangeyra, Xiki (Deyks, 60), Sxauten (Barrou, 60), Dominges, Orsolini (Olsen, 74), Soriano, Vinyato, Palasio (Rabbi, 82).

Ogohlantirishlar: Radovanovich (66), Gilone (87). 


Bahs yakunlandi. Barchani "Jenoa"ning g'alabasi bilan tabriklaymiz. SHomurodovga ajoyib o'yini uchun minnatdorchilik bildiramiz. Xizmatingizda SHerzod Nurmatov bo'ldi. Keyingi o'yinlarda g'oyibona ko'rishguncha! 

Ikkinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shildi. 

90. Zarbaaaaa!  Barrouning jarimadan bergan dahshatli zarbasiga aniqlik etishmadi. 

88. Barrouning jarimadan amalga oshirgan pasi xavfli chiqdi, Domingesdan sherigi tomon uzatma, Tomiyasudan zarba!  Noaniq! 

87. Gilone Deyksga nisbatan qoidani buzdi va sariq kartochkaga loyiq ko'rildi. 

86. "Jenoa"da almashtirish: Destro o'rniga Melegoni o'yinni tugatib qo'yadi.  

83. Olsenning uzatmasini darvozadan chiqib kelgan Perin ilib oldi. 

82. "Bolonya"da 2 ta o'zgarish: Palasio o'rniga Rabbi, Pas o'rniga Poli o'yinni davom ettiradi. 

81. "Jenoa"da almashtirish: SHomurodov o'rniga Pyaca o'yinga qo'shildi.  O'yin uchun rahmat, SHomurodov!   

79. SHomurodovning Destro tomon pasi o'tmay qoldi, ammo to'pni hamyurtimiz to'pni o'zida saqlab qoldi, keyingi holatda esa sherigiga yo'llagan pasi o'xshamadi. 

78. "Bolonya" o'yinchilari yon chiziqdan to'pni o'yinga kiritdi, lekin SHomurodov va uning sheriklari bundan norozi bo'lishdi, chunki to'p ular oqrali maydondan chiqib ketmagandi. 

76. SHomurovov tezlik bilan hujumga bordi, ikki raqibidan birini aldadi, ammo ikkinchisi bunga yo'l qo'ymadi.    

74. "Bolonya"da o'zgarish: Orsolini o'rniga Olsen maydonga tushdi. 

74. "Jenoa"da almashtirish: Ebongu o'rniga Lerager tushdi.

73. Zarbaaa!  Sorianoning olisdan bergan zarbasini Perin ushlab olishga erishdi. 

72. Eldor SHomurodov himoyada to'pni egallib olib, katta tezlikda hujumga o'tdi, Detroga pas berdi, unda charqoq alomatini sezshan SHomurodov unga yana yordam berib yubordi. 

69. Deyksning uzatmasi Masello tomonidan qaytarildi. 

67. Orsolinining zarbasi!  Perin o'z o'rnida! 

66. Radovanovich Orsolinigi nisbatan qoidagi buzdi va bu uchun jazolandi. 

64. SHomurodov Destroga pas berdi, u esa jamoasi foydasiga "aut" ishlab oldi. 

62. Destro Deyksga nisbatan qoidani buzdi. 

60. "Bolonya"da 2 ta o'zgarish: Sxauten o'rniga Barrou, Xiki o'rniga Deyks tushirildi. 

59. Zarbaaa!  Sorianoning zarbasi ko'zlangan manzilga etib bormadi. 

57. Takroriy vaziyat ko'rsatdiki, gol ofsayddan urilmagan. 

55. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLL!  Mattia Destro!     Sxauten himoyada xatoga yo'l qo'ydi, bu yo'lda Ebongu jonbozlik ko'rsatdi va Destroni to'p bilan taminlashga hissa qo'shdi, forvard esa birga-bir vaziyatda adashmadi – 2:0! 

54. Badel markazga yaqin joyda Sorianoni yiqitdi. 

52. Zarbaaa!  Zaycning jarimadan uzatgan to'pidan keyin Bani bosh bilan zarba berdi, sal noaniq. 

52. "Jenoa" o'yinni raqib jarima maydoni tomonga ko'chirdi, Badelga nisbatan qioda buzildi. 

49. Zarbaaa!  Tajribali Palasioning zarbasi darvoza to'sini tepasidan o'tib ketdi. 

47. Xikining qoyilmaqom pasidan sheriklari foydalana olmadi, Ebongu Xikiga nisbatan sal qo'polroq o'yin ko'rsatdi. 

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi! 

46. "Jenoa"da 2 ta o'zgarish: Krishito o'rniga Gilone, Bexrami o'rniga Ebongu tushdi. 

Birinchi bo'lim tugadi. Hozircha hisob – 1:0. Tanaffus! 

44. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLL!  Zayc !!!   Eldor SHomurodov o'ng qanotdan tezlik bilan oldinga bordi, markazga pas berdi, Zappakostaning zarbasini darvozabon qaytardi, qaytgan to'pni Zayc darvozaga joylab qo'ydi – 1:0! 

42. Badel Vinyatoni qoida buzish evaziga to'xtatib qoldi. 

41. SHomurovdov o'ng qanotdan ichkaridagi Zappakostaga pas uzatdi, ammo kuchli, himoyachi to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. 

38. Zappakostadan uzatma, Bexrami ichkarida to'pni qabul qilishda biroz xato harakat qildi., to'p maydon tashqarisida. 

37. Eh, sal qolishiga sal qoldi)  Destroning SHomurdov tomon uzatmasi sal kuchli chiqib qoldi.  CHiroyli kombinaciya uyutirilgandi. 

36. Soriano va Vinyato vaziyat yaratishga urinishdi, himoyachilar to'pni qaytarishdi, keyingi holatda to'p Xikidan maydonni tark etdi.  

34. Yana Krishitoga nisbatan qoida buzish qayd etildi, Orsolini qo'pollik ishlatdi. 

33. Zarbaaaa!  Orsolinining chap oyoqda bergan zarbasi Perin tomonidan qaytarildi, qoyilmaqom seyv! 

32. Sxauten Krishitoga nisbatan qo'pol o'ynadi, ammo ogohlantirilmadi. 

32. Destro chap qanotda juda chiroyli o'ynab, to'pni o'zida saqlab qoldi. SHundan so'ng mezbonlar yarim himoyachilari markazda o'zaro pas o'ynash bilan ovoralar.

30. To'pga egalik qilish bo'yicha statistika: 34% - 66% 

28. Domingesning o'ng qanotdan uzatmasini himoyachilar qaytarishdi, qaytgan to'pni Destro egallab oldi va unga nisbatan qoida buzildi.  

25. Uuxx!  Tomiyasuning o'ng qanotdan amalga oshirilgan uzatmasi xavfli chiqdi, ammo to'p hech kimga tegmasdan o'tib ketdi. 

23. O'yin tempi ancha pastladi. Oxirgi soniyalarda SHomurodov asosiy vaziyatlarda ishtirok etmoqda, biroq muvaffaqiyatsiz. 

21. SHomurodov-Destro juftligi hujumda o'zaro pas o'ynadi, SHomurodov to'pni oldirdi, uning ortidan mehmonlar himoya vakili etib kelgandi. 

20. Mehmonlar hujumga o'tishdi, yakunda o'zlari markazga yaqin hududda to'pni yo'qotishdi. 

18. "Jenoa" jarima maydoni chizig'i yaqinida Orsolini Badelni yiqitdi. 

17. "Bolonya" burchak to'pini o'yinga kiritdi, samarasiz.  Zappakosta o'ng qanotdan oldingi bordi va faqat yon chiziqdan to'pni o'yinga kiritish huquqiga  ega chiqdi. 

14. Sorianoning olisdan yo'llagan zarbasi!  Perin o'z o'rnida!   

13. Zarba!  SHomurodov erlatib Zaycga pas berdi, uning zarbasidan keyin Anjelo to'pni egallab oldi. 

11. Zarba!  SHomurodovning zarbasi himoyachilarga tegdi.  Keyingi holatda Bexramining bosh bilan yo'llagan zarbasini Anjelo ushlab oldi. 

10. Eldor SHomurodov o'ng qanotda bir himoyachi qarshisida turgan holda markazga Destroga pas berdi, u esa himoyachilarni chalg'itib, to'pni Krishitoga o'tkazib yubordi, Domenikoning zarbasini esa darvozabon qaytardi. 

9. "Bolonya" hujumni o'ngdan chapga ko'chirdi, "Jenoa" himoyalanish bilan band. 

7. Tomiyasu o'ng qanotdan oldinga borib, ichkariga pas uzatdi, genuyalik himoyachilar xavfni bartaraf etishdi. 

6. Mezbonlarning bosimiga qaramasdan "Bolonya" to'pni enallab turibdi. 

4. To'p himoyada SHomurodovning qo'liga tegdi, biroq Vinyato ofsaydda qolgan edi, hakam hushtagi chalindi. 

3. Vinyato ketma-ket 2 holatda chapda faollik ko'rsatdi va "aut" ishladi.  

1. Uuuuxx!  "Jenoa"dan dastlabki xavfli vaziyat!  Destroning zarbasi sal kuchsiz chiqib qoldi. 

1. Eldor SHomurodovga omad tilagan holda boshladik!  Olg'a!  

- A Seriya madhiyasi yangrab o'tdi. 

- Diqqat qilamiz, futbolchilar yashil maydonga chiqib kelishmoqda. 

Uchrashuv boshlanishiga 5 daqiqa qoldi!  Tomosha qilishga tayyormisiz? 

CHigil yozdi mashg'ulotlar olib borildi 

- O'yin Toshkent vaqti bilan 22:00 da boshlanadi. 

- Assalomu alaykum, qadrli futbol ishqibozlari!  Bugun Italiya A Seriyasi navbatdagi 17-turida hamyurtimiz Eldor SHomurodov harakatlanadigan "Jenoa" klubi o'z uyida "Bolonya"ni mehmon qiladi. Ushbu uchrashuvni yaqin 2 soat ichida siz bilan birgalikda kuzatib boramiz.  

Reyting: +75   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика