So’nggi yangiliklar

14:56Беллингемнинг "Ливерпул"даги дўсти кейинги йил "Реал"га ўтади  0 14:22"Фиорентина" ярим ҳимоячи Андреа Колпанини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 13:58"Бавария" уч нафар футболчиси билан хайрлашишга тайёр  1 13:37Ла Лига энг кўп маош олувчи футболчилар ТОП-10 — рўйхатда "Атлетико"дан битта футболчи бор  0 12:53"Бавария" ва "Ювентус" Англия термаси марказий ҳимоячисини ўз сафига қўшиб олмоқчи   0 12:32Миллатлар Лигаси доирасидаги баҳсда Бельгия Исроилни Венгрияда қабул қилади  3 11:56"Интер" "Зенит" ҳимоячисига қизиқиш билдирмоқда  0 11:27Mirabror Usmanov Cup-2024. Ўзбекистон бугун Қирғиз Республикасига қарши кураш олиб боради  2 10:53МЮдан навбатдаги юриш. Инглизлар 90 миллион евролик трансферни амалга оширишга тайёр  10 10:25«Барселона» Дани Ольмо бўйича музокараларни бошлади. Каталонияликлар қанча таклиф қилгани маълум  11 09:57«Атлетико» икки нафар Европа чемпионлари билан шартнома тузмоқчи  0 09:28Месси ХХI асрнинг энг яхши спортчилар рейтингининг ТОП-3лигидан жой олди. Роналду эса…  28 09:00Слот «Ливерпуль» бошқарувидаги дебют ўйнида Чемпионшип вакилига мағлуб бўлди  2 08:31«Пахтакор»нинг яна бир футболчиси «Металлург»га ижарага берилди  2 08:05АПЛ. Ким энг кўп ойлик олади?  1

A Seriya. Jiru Milan derbisida jamoasiga g'alabani tortiq qildi Yangiliklar

A Seriya. Jiru Milan derbisida jamoasiga g'alabani tortiq qildi

Teglar :  InterMilan
Italiya chempionatining 24-turidan o'rin olgan "Inter" - "Milan" uchrashuvi yakunlandi.

"Inter" — "Milan" 1:2

Gol: 1:0 – 38 Perishich, 1:1 – 75 Jiru, 1:2 – 78 Jiru.

Inter – Xandanovich, Dumfris, de Vrey, SHkrinyar, Bastoni (Darmian, 82), Perishich (Dimarko, 70), Brozovich (Vesino, 82), CHalxanoglu (Vidal, 73), Barella, Djeko, Martines (Sanches, 70).

Milan – Menyan, Kalabriya, Romanoli, Kalulu, Ernandes, Kessie (Braim Dias, 58), Bennaser (Krunich, 80), Salemakers (Junior Messias, 46), Tonali, Jiru, Rafael Leau.

Ogohlantirishlar: Romanoli (21), CHalxanoglu (60), Braim Dias (72), Bennaser (76), SHkrinyar (84), Krunich (90).

CHetlatish: Ernandes (90).


YANGILASH


Uchrashuv yakunlandi. Jiru to'rt daqiqa ichida dublga erishib, yutqazayotgan jamoasiga g'alabani inom etdi.

90+5. Teoga raqibini atayin yiqitgani uchun qizil kartochka ko'rsatildi.

90+4. Vaziyat muvaffaqiyatsiz ko'rinish oldi.

90+3. "Inter"da standart yuzaga keldi, Jirudan qo'pollik.

90+1. Krunich ham o'yinni quruq tark etgisi kelmadi, hakam sariq kartochka tuhfa qildi.

90. Ikkinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shib berildi.

87. Futbol vaqtidayam reklamalar ko'rishga etib keldik. SHu sabali Teoga nisbatan qo'pollikni payqamay qolishimizga bir bahya qoldi. SHkrinyarga sariq kartochka ko'rsatildi.

85. Kimdir chetlatildi murabbiylardan. Aut yonida turgan Darmianning dami ichiga tushib ketdi, lekin buning unga aloqasi yo'q.

81. O'yin qizimoqda. Dumfris katta tezlikda o'ng qanotdan oldinga borib, zarba yo'lladi, Menyan o'z o'rnida.

78. DAHSHATTT!!! JIRUUUUUUUUUUUUUUUU!!!!! Kalabriyaning jarima maydoniga uzatmasidan so'ng teskari turgan hujumchi bir harakat bilan to'pni chap oyog'iga to'g'rilab oldi hamda hujumchi nima ish qilish kerak bo'lsa, o'shani qildi.

75. GOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLLLLLLLL!!! Olive Jiru!!! Sanches maydon markazida aynan Jiruga to'pni oldirdi, hujum davomida Dias zarba yo'lladi, rekashetga uchragan to'pni Jiru darvozaga to'g'rilab qo'ydi.

73. CHalxanoglu o'rniga Vidal bahsni davom ettiradi.

72. Dias "sarg'ayganlar"safiga qo'shildi.

70. "Inter"da ikki o'zgarish: Aleksis Sanches Lautaro o'rniga, Federiko Dimarko esa Ivan Perishich o'rniga maydonga tushdi.

69. Perishich birinchi taymdagi scenariysini takrorlashga urindi, biroq uning bu safargi zarbasiga ikkita darvozani ustma-ust qo'yganda ham kamlik qilardi.

67. CHalxanogluning burchak zarbasidan gol urgisi keldi, ammo zarba aralash uzatmasi o'xshamadi.

65. Ehh, lapashang Leau qulay imkoniyatni ko'kka sovurdi.

63. Lautaro to'p o'ziga kelishiga ishonmadi shekilli, aks holda kelgan to'pga og'zini ochib qolmagan bo'lardi.

61. Tonalining jarima zarbasi jonli devorga tegib, tezligini yo'qotdi.

60. CHalxanoglu emagan somsasi uchun ogohlantirildi. Etiroz bildirgani uchun.

58. "Milan"da o'zgarish: Kessie o'rniga Dias maydonga tushdi.

54. Yana janjal yuzaga keldi. "Inter-Milan urishi, chiroyli o'yin qurishi"

Birinchi bo'lim haqida qisqacha

51. Perishich tomon uzatma etib bormadi, Menyan chaqqonroq harakat qildi.

49. Tonali yomooon tepdi birinchi taymdagi singari, Xandanovich bir amallab to'pni qaytardi.

48. Xandanovich yana bir soniya kechikkanda, "Milan" hujumchisi uni afsuslanishga majbur etardi.

Ikkinchi bo'lim boshlandi.

"Milan"da o'zgarish: Salemakers o'rniga Junior Messias maydonga tushdi.

Birinchi bo'lim yakunlandi.

45+2. "Inter" qarshi hujumda raqibini yana jazolashi mumkin edi, Menyan dadil oldinga chiqib kelib, vaziyatni yumshatdi.

Birinchi bo'limga ikki daqiqa qo'shib berildi.

42. Barella Teo bilan to'qnashib ketdi. Unga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda. Futbolchining jahli chiqib ketdi, hakam esa o'zingni bos ukam, deya uni tinchlantirdi.

39. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLLLLLLL!!! Endi inobatga olinadi bu gol! "Inter"ning burchak zarbasidan so'ng hamma sakradi, hech kimning to'pga bo'yi etmadi, bir chetda sakramasdan turgan Perishich esa mana senga deb oddiygina zarba bilan to'pni darvozaga joylab qo'ydi.

38. ZARBA! Lautaroning uzoq masofadan yo'llagan kuchli zarbasidan so'ng Menyan "Undan nimam kam" deya o'z mahoratini namoyish etdi.

35. ZARBA! Tonali jarima maydoni tashqarisidan o'ng oyoda ko'chli zarba yo'llagandi, Xandanovich ham seyv sanati qanday bo'lishini amalda ijro etib berdi.

31. "Inter" tashabbusni to'laligicha o'z tomoniga og'dirmoqda. Ayniqsa, qanotlar juda faol, "Milan" himoyachilari o'zaro kurashda yutqazishmoqda. Gol hidi kelmoqda.

28. ZARBAAA! Dumfres jarima maydonida ichida tizzasi bilan to'pni to'xtatib oldi hamda kuchli zarba yo'lladi, Menyan tablodagi hisob ochilishiga yo'l qo'ymadi. "Milan" futbolchilari buning uchun choyxona palovga tushsayam, xafa bo'lishmasa arziydi.

27. Endi Lautarodan zarba, to'p Bennaserning oyog'iga tegib, tezligini susaytirdi, natijada bu ortiqcha chavf tug'dirmadi.

26. ZARBA! Lautaroning pasidan keyin Barella o'ng oyoqda kuchli zarba yo'llagandi, biroz noaniq.

24. Dumfris havodagi kurashlarda Teodan ustun kelmoqda. Inobatga olinmagan golda ham aynan "neradzurri" himoyachisi ustun kelgandi. 

23. Martines zarba berishga urinib ko'rdi, mehmonlar himoyachisi unga to'sqinlik qildi.

21. Mana natija: Romanoli ogohlantirildi.

19. Jangovar o'yin nomiga moslashmoqda, futbolona qoidalardan tashqari kurash, regbi qoidalari ham aralashib ketgandek go'yo, har yarim daqiqada kimdir ko'ksini maydonga bermoqda.

18. "Milan" futbolchilari Teoning alamini Dumfrisdan olmoqda, shekilli. 

16. Teoni bugun rosa yiqitishmoqda. SHo'rpeshonada nima ayb?!

14. "Inter"da yana bir standart yuzaga keldi. Xakan Dumfrisga to'pni oshirdi, himoyachi esa markazga to'pni uzatgandi, biroq himoyachilar abjirroq harakat qilishdi.

13. "Inter" standart vaziyatga ega bo'lgandi, jarimadan oshirilgan to'p to'g'ri Menyanning qo'lqoplariga kelib tushdi.

10. GOL! GOL! GOO...FSAYD! Perishichning qanotdan oshirgan to'pini Dumfris bosh bilan darvozaga joylab qo'ygandi, ammo uning quvonchi uzoqqa cho'zilmadi. Hakam o'yindan tashqari holatni qayd etdi.

8. Teo ortga qaytayotib, yo'l-yo'lakay Jekoga qoch yo'limdan deya, uni ag'darib ketdi.

6L. Maydonda haqiqiy jang ketmoqda. Hozircha qo'polliklar kam, bu ijobiy holat.

Bugungi o'yinni katta ehtimol bilan mezbonlardan Robin Gozens va Xoakin Korrea, mehmonlar tarkibida esa Simon Ker, Fode Ballo-Ture, Ante Rebich va Zlatan Ibragimovich o'tkazib yuboradi.

3. "Milan" xavfli hujum tashkillashtirdi. Yakunda mehmonlar burchak zarbasi ishlab oldi.

1. Uchrashuvni "Milan" futbolchilari boshlab berdi.

Ayni damda "Inter" 53 ochko bilan A Seriyada peshqadam bo'lib turibdi, "Milan" esa 49 ochko jamg'argan holda 3-o'rinda bormoqda. Demak, bugun voy-dod deydigan o'yin bo'lsa, ajabmas.

Assalomu alaykum, Milan derbisining ashaddiy ishqibozlari!

Reyting: +24   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика