So’nggi yangiliklar

23:11"Арсенал" ҳужумчи борасида яна Италия клубига мурожаат қилди  0 22:44Мбаппе Франция клубининг бошқарув акциялари пакетини сотиб олади  0 21:55"Насаф" яна бир трансфер ҳақида эълон қилди  4 21:35"Арсенал" 45 млн. еврога ҳимоячи сотиб олди  2 21:23Клейди Даци - ОКМК футболчиси  4 21:14"Фулхэм" 34 млн. фунт эвазига "Арсенал" футболчисини сотиб олади  1 20:45"Барселона" футболчиси "Ал Ҳилол" таклифини рад этди  1 20:14Абдураимов "Нефтчи"га ўтди  2 20:00"BMW" Мбаппега машина совға қилди, лекин...  4 19:39ЎФА Остон Ўрунов ўрнига бошқа футболчини жалб этиш бўйича сўров юборди  35 19:36"Кейлор Навас — "Монца" футболчиси!"  4 19:16"Комо" "Бавария"нинг ёш иқтидори билан шартнома имзолади  1 18:55ФИФА "Қизилқум" клубига нисбатан белгиланган трансфер тақиқини олиб ташлади  2 18:34"Сурхон" собиқ устози Баҳрайннинг 5 карра чемпиони бош мураббийи бўлди  6 18:17Илгиз Танташев бригадаси Олимпиада 3-турида ишлайди  4

A Seriya. "Inter" Florenciyadan ochko bilan qaytadimi va boshqa o'yinlar prevyusi Yangiliklar

A Seriya. "Inter" Florenciyadan ochko bilan qaytadimi va boshqa o'yinlar prevyusi

Italiya CHempionati 25-tur uchrashuvlariga oid malumotlarni etiboringizga taqdim etamiz.

“Bolonya” — “Yuventus”

"Bolonya" o'tgan tur "Roma"ga qarshi bahsda 1:2 hisobda mag'lub bo'lganidan xabardorsiz. Lekin durang o'ynashi mumkin edi. Sinisha Mixaylovich klubga kelganidan keyin jamoaning o'yin uslubi yaxshi tomonga o'zgardi, u har o'yinda gol urishga muvaffaq bo'lmoqda. Serbiyalik - bosh murabbiy bo'lganidan so'ng, "Bolonya" 4 ochko yig'di. Avvalgiga nisbatan, "rossoblu" hujumda ancha ishonchli o'yin ko'rsatmoqda. U deyarli barcha raqiblariga xavfli vaziyatlar yaratib bera olmoqda.

"Yuventus" o'yinchilarining kayfiyati yaxshi emas. Sababi Maks Allegri shogirdlari CHempionlar Ligasi doirasidagi muhim o'yinda g'alaba qozonolmadi — Madridning "Atletiko"siga 0:2 hisobda mag'lub bo'ldi. To'g'ri, "keksa senora"ning ichki chempionatida hech qanday muammo yo'q. Qolgan jamoalar Skudetto uchun davogarlik uchun yana kamida 13 ochko to'plashlari kerak. Turinliklar "Frozinone"ni (3:0) mag'lub etib, A Seriyaning eng samarali jamoasi maqomini yana qaytarib oldilar. "Yuventus" safardagi o'yinlarda mag'lub bo'lmadi: 10 g'alaba va 1 durang.

Bolonyaliklar qanday ahvolda bo'lishmasin, mehmonlar raqib jamoa stadioniga Italiyaning eng yaxshi klubi sifatida tashrif buyuradilar. "Yuventus" bu mavsum "rossoblu" ustidan ikki marotaba g'alaba qozondi: Italiya Kubogi va birinchi davra uchrashuvida.

“Kevo” — “Jenoa”

Verona klubi bu mavsum elitadan chiqib ketishi mumkin. "Kevo" so'nggi o'yinda kichik hisob bilan "Udineze"ga engilgan bo'lsa-da, "Roma"ga yirik hisob (0:3) bilan mag'lub bo'lganidan xabaringiz bor. Jamoa hozir 9 ochkoga ega, uni qutqarib qolishi mumkin bo'lgan 17-o'rin uchun yana 12 ochko to'plashi zarur. Buni iloji bormikan?!

"Jenoa" o'tgan tur "Lacio"ni mag'lub etdi (2:1). Ular yaxshi o'yin ko'rsatib, oxirgi daqiqalarda hal qiluvchi golni darvoza tomon yo'lladilar. Lekin ushbu mavsumda "grifonlar"ga barqarorlik etishmayapti: har safar turlicha o'ynamoqdalar. Kshishtof Pyontek ketganidan so'ng, jamoaga Antonio Sanabriya keldi. Yosh hujumchi oxirgi 4 uchrashuvda 3ta gol urishga muvaffaq bo'ldi. Agar ikkinchi davra uchrashuvlari boshidan "Kevo" hech bo'lmasa bitta gol ura olganida, bazi muammolar o'z yakuniga etgan bo'larmidi?! "Grifonlar"da ham muammo yo'q emas: ular safardagi bahslarda biroz omadsiz o'yin olib boradilar (so'nggi 11 o'yinda — 2ta g'alaba va 1ta durang).

“Parma” — “Napoli”

"Parma" o'tgan tur “Sardiniya”da juda tasirli o'yin ko'rsatdi, lekin "Kalyari"ning qo'li baland keldi. Pavoletti raqib darvozasini ikki marotaba ishg'ol qildi. "Krestonosclar" 4 uchrashuvdan beri g'olib bo'la olmadi. Ularning samarali o'yini deb faqatgina Turinda "Yuventus"ga qarshi bahsni (3:3) aytish mumkin. Ular oxirgi marotaba g'alaba qozonganlariga ham bir oydan oshdi.

"Napoli" esa Evropa Ligasi doirasidagi "Cyurix"ga qarshi o'yinda (2:0) ishonchli tarzda g'alaba qozondi va keyingi bosqichga yo'l oldi. Jamoa u erda "RB Zalcburg" bilan bellashadi. "Napoli"ning ham o'ziga yarasha hujumda jiddiy muammolari bor. Bu oxirgi “Torino” bilan o'yinda yaqqol namoyon bo'ldi: bir necha bor imkoniyatdan foydalana olmadi. “Napoli” ichki chempionatning so'nggi 5 uchrashuvida 3 marta 0:0 durang o'ynadi. Neapolliklar safarda so'nggi uch o'yinda g'olib bo'la olmaganlar.

"Napoli" oxirgi 5 o'yinning 3tasida umuman gol urolmadi. Bu haqiqatdan ham g'alati. Agar "Parma" haqida gapiradigan bo'lsak, ular mehmonda yaxshiroq o'ynaydilar. "Parmezanlar" uydagi ketma-ket 5 o'yinda g'alaba qozona olmadi: so'nggi 3 uchrashuv mag'lubiyat bilan yakunlandi.

“Fiorentina” — “Inter”

Florenciya jamoasi o'tgan tur SPAL ustidan yirik hisobda g'alaba qozondi (4:1). Florenciyaliklar darvozasi tomon yo'llangan va hisobga olinmagan goldan so'ng, "Fiorentina" uyg'ondi hamda hujumga o'tdi. "Fialkalar" Evropa Kubogiga yaqinlashib kelmoqdalar. Jamoa o'tgan tur 8-pog'onaga chiqib olgandi.

Milanning "Inter" klubi Evropa Ligasi doirasida Avstriyaning "Rapid" jamoasini mag'lub etdi (4:0). Milanliklar turnirning keyingi bosqichiga chiqib, Frankfurtning "Ayntraxt"iga qarshi to'p tepadi. Ichki chempionatdagi ishlar ko'ngildagidek ketmoqda. Biroq “Inter” so'nggi uchrashuvda "Sampdoriya" ustidan qiyinchilik bilan g'alaba qozondi (2:1). Agar jamoaning sobiq sardori Mauro Ikardi ketma-ket uchinchi marta maydonga tushmasligini hisobga olmasak, asosiy tarkib bilan bog'liq boshqa muammo yo'q. U qachon maydonga tushishi hali aniq emas.

Har ikki jamoa ham Evrokubokda ishtirok etish uchun davogarlik qilmoqda. Hech biri ochkoni berib qo'yish niyatida emas. Raqiblar oxirgi daqiqagacha g'alaba uchun “jon berib” kurashishi aniq. "Inter" so'nggi 5 o'yinda 1 marta g'alaba qozondi, “fialkalar” hisobida esa 3 g'alaba va 1ta durang bor.

SHuningdek, bugun “Sampdoriya” — “Kalyari” va “Sassuolo” — SPAL uchrashuvlarini tomosha qilishingiz mumkin.


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика