A Seriya. Hakam VAR orqali SPAL urgan golni bekor qilib, jamoa darvozasi tomon penalti belgiladi
17 fev 2019 20:28
Yangiliklar


A Seriya. Hakam VAR orqali SPAL urgan golni bekor qilib, jamoa darvozasi tomon penalti belgiladi
Italiya A Seriyasining 24-turida SPAL o'z maydonida "Fiorentina"ga 1:4 hisobida mag'lub bo'ldi.
Hisob 1:1 bo'lib turgan bir vaziyatda, SPAL futbolchisi Mattia Valoti qarshi hujumdan unumli foydalanib gol kiritdi. Biroq, hakam Luka Payretto ushbu vaziyatda mezbonlar jarima maydonida yuzaga kelgan holatni o'rganish uchun VAR tizimiga murojaat qildi.
VARda vaziyatni ko'rgan hakam SPALning golini bekor qildi va jarima maydonchasidagi holat uchun jamoa darvozasi tomon penalti belgiladi. "Fiorentina" futbolchisi Jordan Veretu esa 11 metrli zarbani aniq amalga oshirib, hisobni 1:2 ko'rinishiga keltirdi.
SPAL maydonidagi qoidabuzarlik 72:45 daqiqada sodir bo'lgan. Valoti esa golni 73:20 daqiqada urgan. Hakam esa 74:55 daqiqada VARga murojat qilgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar