So’nggi yangiliklar

12:57"Ньюкасл" ҳимоячиси Саудия Арабистони чемпионатига ўтиши мумкин  0 12:29Расман: "Комо" ироқлик иқтидор билан шартнома имзолади  0 12:04"Андижон" янги аъзоси Абинур Нуримбет: "Келажакда Қозоғистон миллий терма жамоаси либосида майдонга тушишни истайман"  2 11:39ПСЖ Франция терма жамоаси дарвозабонига қизиқмоқда  2 11:16Хаби Алонсо Арда Гюлерни "Байер"да кўрмоқчи  2 10:50Лапорта: «Барселона» катта трансферларни амалга оширишга тайёр»  3 10:16«Акрон» Шерзод Эсановни қанчага сотиб олгани маълум  7 09:50Жоау Феликс фаолиятини АПЛда давом эттиради  4 09:47Мўъжиза рўй бермади, аммо ҳали барчаси олдинда. Ўзбекистон – Испания ўйинидан хулосалар  17 09:21Александр Хомяков: «Ёзги йиғинни қандай ўтказганимизни иккинчи давра ўйинлари кўрсатиб беради»  3 08:48«Фулад» Ўткир Юсуповни қанчага сотиб олди?  25 08:20"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 12 ёшли Арслан Шакиров  0 07:55Мадрид «отмен». Артём Довбик фаолиятини Италияда давом эттиради  4 07:29Расман. "Бунёдкор" хорватиялик ҳужумчи билан шартнома тузди  3 00:49"Интер" Депайга таклиф юборди  4

A Seriya grandlari mavsum boshigacha nimalarga ulgurishi kerak? Yangiliklar

A Seriya grandlari mavsum boshigacha nimalarga ulgurishi kerak?

Italiya jamoalarining oldida turgan vazifalar va ularning echimi haqida gaplashamiz.

"Milan"

Vazifa: Ochig'i, "Milan"ni jiddiy ravishda kuchaytirish kerak. CHempion jamoa yaxshi o'ynadi, ammo kelasi mavsumda ham yuqorida bo'lish uchun endi bu kamlik qiladi. Ayniqsa, etakchilar ulg'aymoqda, CHempionlar Ligasida klub ambiciyalarini hech kim bekor qilgani yo'q. "Milan" Origi bilan bitim imzoladi, Ibragimovich bilan esa shartnoma muddatini uzaytirdi. Eng katta muammo Kessiening "Barselona"ga ketgani bo'lib turibdi. Endi Pioli bu borada yaxshilab o'ylab ko'rishiga to'g'ri keladi. SHuningdek, "Milan" Alessio Romanoli ketganidan so'ng, himoya markazini kuchaytirish va oldingi chiziqqa o'zgartirish kiritishi lozim.

Echim usullari: "Milan" faol tarzda "Bryugge" hujumkor yarim himoyachisi SHarl de Ketelare bilan kelishishga harakat qilmoqda. SHuningdek, "CHelsi" bilan Xakim Ziesh borasida muzokara o'tkazmoqda. Mudofaa markazi haqida gapiradigan bo'lsak, "Tottenxem"dan ijaraga Jafet Tanganni olish mumkin. Yarim himoya markazida esa vaziyat murakkabroq: PSJ ijaraga berishi mumkin bo'lgan Veynaldum bilan muzokara olib borilmoqda. Ideal holatda, "Milan" Frattezi yoki Froylerni safiga qo'shib olishi ajoyib ish bo'lardi. Biroq "Atalanta" va "Sassuolo" o'yinchilarini osonlikcha qo'yib yubormaydi. Ammo Miralem Pyanichni taklif qilish varianti ancha yaxshiga o'xshaydi.


"Inter"

Vazifa: "Qora-ko'klar" bozorda yaxshi ishlashdi. Jamoaga "Ayaks"dan golkiper Onana keldi, Genrix Mxitaryan hujumni, Aslani yarim himoya markazini, Raul Bellanova esa himoya qanotida raqobatni kuchaytiradi. Qolaversa, Romelu Lukakuning qaytishi ham katta intrigaga sabab bo'lmoqda. Perishichning ketgani yaxshi emas, ammo Gosens mutlaq uning o'rnini bosishi kerak. Biroq Vidalning ketgani jamoa foydasiga ishlashi aniq. Ideal holatda "Inter" Sanches bilan bog'liq masalani hal qilishi lozim, Mxitaryan bemalol uning o'rnini bosishi mumkin. SHuningdek, himoya markazi bo'yicha ham qaror qabul qilish zarur. SHkrinyar hamon PSJ etiborini o'ziga qaratmoqchi, Bastone Angliyaga ketish niyatida va shaxsan Antonio Konteni ishontirishga urinmoqda.

Echim usullari: Malumki, "Inter" anchadan buyon mudofaa chizig'ini "Torino" himoyachisi Bremer bilan kuchaytirish niyatida yuribdi. Lekin bu transfer ancha qimmatga tushadi. Ehtimol, "neradzurri" rotaciya uchun biroz arzonroq variantlar izlab ko'rar?! Masalan, Ayxan ("Sassuolo") yoki Saumaro ("Bolonya"). Agar Bremer "Inter"ga o'tishi o'xshamasa, jamoa yana Milenkovichga ("Fiorentina") etibor qaratadi. Boshqa poziciyalarda esa bu transferlar oynasida o'zgarishlar bo'lmasa kerak.


"Napoli"

Vazifa: "Napoli" ushbu transferlar oynasida juda tushkun kayfiyatga tushib qolgan. Sababi klub ramzi Insine va Kulibali jamoadan ketdi. SHuningdek, Dris Mertens va Viktor Osimxen ham faoliyatini boshqa klubda davom ettirishi mumkin. Jamoa Xvicha Kvaracxeliya va baquvvat chap qanot himoyachisi Matias Oliveyra bilan safini kuchaytirdi. Agar "partenopeylar" o'z poziciyasini saqlab qolmoqchi bo'lishsa, albatta, buning o'zi etarli emas. Jamoa himoya markazini kuchaytirishi va Osimxenning o'rniga o'rinbosar izlashi kerak. Hujum qanotida o'ynay oladigan futbolchi olish esa ideal variant bo'lar edi.

Echim usullari: Kulibalini sotishdan tushgan pulni iloji boricha Florenciyaga o'tkazish lozim. Aks holda, boshqa jamoa Milenkovichni o'z safiga qo'shib olishi mumkin. Bundan tashqari, A Seriya haqida so'z yuritadigan bo'lsak, "Atalanta"da to'p tepadigan Palomino va Demiralni yodga olishimiz mumkin. Hujumga kelsak, uni "Sassuolo" o'yinchilari bilan kuchaytirish ajoyib ish bo'lardi. Raspadori ham, Berrardi ham, Traore ham "Napoli"ga juda mos keladi. Agar Osimxen ketsa, Skamakka ham nomzodlardan biriga aylanadi. Ammo bu o'rinda biroz tezroq harakat qilgan maqul, sababi "neroverdi" kimnidir sotib yuborishi aniq. SHuningdek, "Udineze"dan Deulofeuni taklif qilish borasida muzokara olib borilmoqda.


"Yuventus"

Vazifa: "Yuventus" tobora o'zgarib, haqiqiy qayta qurishni boshdan o'tkazmoqda. Paulo Dibala, Federiko Bernardeski, Jorjio Kellini jamoadan ketdi. Yaqinda Martin De Ligt "Bavariya"ga yo'l oldi. Tarkibga kelganlar ham yo'q emas. Anxel Di Mariya hujumga yordam beradi, Pol Pogbaning Turinga qaytishi esa katta intrigaga sabab bo'lmoqda. SHunday bo'lsa-da, "keksa sinora"ning transfer bozorida etarlicha ishi bor. Mudofaa chizig'ini kuchaytirish borasida jiddiy bosh qotirish lozim, chunki birgina Gattini ("Frozinone") olishning o'zi etarli bo'lmaydi. Hujum chizig'ini kuchaytirish ham zarar qilmasdi.

Echim usullari: "Yuventus" himoya markazini mustahkamlash borasida bosh qotirmoqda. "Arsenal"dan Gabriel va "Vilyareal"dan Pau Torres varianti ko'rilmoqda. A Seriya haqida gapiradigan bo'lsak, "Inter" mo'ljallab yurgan Bremerni nishonga olishgan. SHuningdek, Florenciyadan Milenkovichni taklif qilishmoqchi. "Yuve" ikki markaziy himoyachi bilan o'z safini to'ldirishi mumkin. SHuningdek, Simeonega umuman kerak bo'lmagan Moratani qaytishi ham muhokama qilinmoqda. Qolaversa, Dibala ketganidan so'ng, hujumga sezilarli kuch qo'sha oladigan Raspadoriga "keksa sinora"ning qiziqishi asossiz emas.


"Lacio"

Vazifa: "Burgutlar"da katta o'zgarishlar yuz berdi. Klubni ikki darvozabon, Luis Felipe va Lukas Leyva tark etdi. Kabral va Cakanyaning ijara muddati tugadi. Biroq Mattia Abadiy shaharga yana qaytish ehtimoli bor. Kelganlar haqida gaplashadigan bo'lsak, "SHaxter"dan markaziy yarim himoyachi Markos Antonio, "Granada"dan iqtidorli posbon Maksimiliano, "Milan"dan sobiq jamoa sardori Alessio Romanoli keldi. "Lacio" hujumni kuchaytirish va Milinkovich-Savichni sotish haqida obdon o'ylab ko'rishi kerak. Sababi kelasi yil uni hozirgidek qimmat summaga sotish qiyin bo'ladi.

Echim usullari: Katta ehtimol, Mauriccio Sarri ayni damda "burgutlar" safida etarlicha bo'lgan yosh iqtidorlarga etibor qaratadi. SHuningdek, "Real" himoyachisi Mario Xila haqida ham unutmaslik zarur. "Verona"dan Barak xarid qilish va "Inter"dan Galyardinini ijaraga olish masalasi muhokama qilinmoqda. Biroq "Lacio" Italiyadan tashqaridan ham futbolchilar izlaydi. Ayniqsa, oxirgi paytlar buni faol tarzda bajarmoqda.


"Roma"

Vazifa: Serxio Oliveyra birinchi oy ajoyib o'ynaganiga qaramay, Joze Mourinoni to'liq ishontira olmadi va yana Portugaliyaga qaytib ketdi. Muhim yo'qotishlar haqida aytadigan bo'lsak, Genrix Mxitaryan ham jamoadan ketdi. APL klublari va "Yuventus" o'z safiga qo'shib olish istagida turgan Zanolo bilan bog'liq vaziyat esa so'roq ostida turibdi. Loyihada muhim rol o'ynaydigan Paulo Dibalani "bo'rilar" safida kuzatish yanada qiziq bo'ladi. Jamoani etarlicha kuchaytira oladigan Nemanya Matich va Zeki CHelik ham klubga etib keldi. Ammo "Roma" CHempionlar Ligasiga chiqishi uchun poziciyalarni yanada mustahkamlashi shart.

Echim usullari: "Roma" Dibala bilan yanada xavfli o'ynashi mumkin bo'lgan Domeniko Berradini o'z safiga qo'shib olmoqchi. SHuningdek, rimliklar "Portu" vingeri Otavioni kuzatishmoqda. Joze Mourino hujumda turli figuralarga ega bo'lishni istaydi, lekin himoya markazini kuchaytirish borasida ham o'ylab ko'rsa yaxshiroq bo'lardi. Oxirgi paytlar jiddiy tanqidlarga duchor bo'lgan "Vest Xem" himoyachisi Kurt Zumani olib kelishni istayotgani bekorga emas.


Sergey Rumyancev
Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика