So’nggi yangiliklar

23:18Ҳаким Фузайлов: "Маҳаллий футболчилар Нарх ва Самиевлардан ёмон ўйнашмаяпти"  0 22:52Доннарумма агенти Нойернинг Мусиала жароҳати ҳақидаги сўзларига: "Мануэль 2014 йилда Игуаинни урганда ҳам, жароҳатланиш хавфини билиб турган"  0 22:26Шченсни "Барселона" билан янги битим имзолади  0 22:15Мбаппе судга берган аризасини қайтариб олди  0 22:00Суперлига. "Нефтчи" "Хоразм"ни мағлуб этди ва иккинчи ўринга чиқиб олди   34 21:07Акмал Мозговой БАА клубига ўтди  8 20:20Ўзбекистонлик ҳакамлар Президент кубоги (Индонезия) мусобақасида фаолият олиб боришади  1 19:47Анчелотти "Олтин тўп"га муносиб бўлган, лекин қўлга киритолмаган футболчи номини айтди  6 19:20"Антверпен" янги аъзоси Муҳаммадали Ўринбоев: "Ўзбекистонни янада танитишга ваъда бераман!"  26 18:49Расман: Муҳаммадали Ўринбоев – Бельгия клуби футболчиси!  15 18:35Доннарумма Мусиала туфайли психологга мурожаат қилди  2 18:08МЮ ва бошқалар Дуглас Луис учун курашмоқда   0 17:41VAR ишламаган, иккита камерада трансляция қилинган "Динамо" – "Насаф" беллашувидан ГАЛЕРЕЯ  6 17:19Артета янги трансфердан мамнун: "Субименди "Арсенал"га жуда мос келади"  0 16:50"Манчестер Юнайтед" "Палмейрас" ярим ҳимоячисини нишонга олди  1

A Seriya. "Benevento" o'z uyida "Jenoa"ni ishonchli hisobda mag'lub etdi, SHomurodov 58 daqiqa o'ynadi Yangiliklar

A Seriya. "Benevento" o'z uyida "Jenoa"ni ishonchli hisobda mag'lub etdi, SHomurodov 58 daqiqa o'ynadi

Italiya A Seriyasi 13-tur doirasidagi "Benevento" - "Jenoa" o'yini bo'lib o'tdi.

"Benevento" - "Jenoa" 2:0

Gol: Insine (57), Sau (p, 89).

"Benevento": Montipo, Tuyya, Glik, Barba, Leticia, Kaprari, Xetemay, Improta, Ionice, Insine, Lapadula.

"Jenoa": Perin, Bani, Goldaniga, Masello, CHiborra, Lerager, Sturaro, Pyaca, Gilone, Destro, SHomurodov.


ITALIYA A SERIYASI TURNIR JADVALI

Benevento

Roberto Insigne - 57', Marco Sau - 89'

Serie A . 13-tur

20/12/2020, 19:00

0
:
2
Tugadi

Genoa

Stadion: Stadio Ciro Vigorito, 0 tomoshabin

Bosh hakam: Antonio Giua

45'
90'
43'  Gianluca Caprari
57'  Roberto Insigne
57'  Perparim Hetemaj
74'  Roberto Insigne (Andres Tello)
79'  Gianluca Lapadula (Giuseppe Di Serio)
79'  Gianluca Caprari (Marco Sau)
80'  Alessandro Tuia (Daam Foulon)
89'  Marco Sau
13'  Mattia Bani
58'  Eldor Shomurodov (Goran Pandev)
58'  Stefano Sturaro (Ivan Radovanovic)
58'  Lennart Czyborra (Domenico Criscito)
67'  Edoardo Goldaniga
72'  Mattia Destro (Gianluca Scamacca)
75'  Edoardo Goldaniga (Davide Zappacosta)
88'  Andrea Masiello


O'YIN YAKUNLANDI

90. Ikkinchi bo'limga 4 daqiqa vaqt qo'shib berildi.

89. Sau 11 metrlik nuqtadan gol urdi.

88. Penalti. Sauni jarima maydonchasi ichida yiqitishdi.

85. Zappakosta uzoq masofadan zarba berdi: kuchli, ammo xavfsiz.

79. Zarba berish bo'yicha ustunlik "Benevento" tarafida: 9-6

72. "Jenoa"da o'zgarish: Skamakka Destroni almashtirdi.

67. Navbatdagi sariq kartochka Goldanigaga ko'rsatildi.

64. "Jenoa" hisobni tenglashtirish uchun oldinga bormoqda, ammo hujumlar xavfli ko'rinish olmayapti.

58. Faol harakat qilayotgan Eldor SHomurodov negadir almashtirildi, uning o'rniga Pandev tushirildi. Bundan tashqari mehmonlar safida yana ikki o'zgarish amalga oshirildi: Krishito - CHiborra, Radovanovich - Sturaro.

57. GOL! Insine "Jenoa" o'yinchilarining bo'sh harakatlari sabab jarima maydonchasi ichidan raqib darvozasini ishg'ol qildi.

53. Kaprari gol urdi, ammo ungacha hakam qo'pollik ishlatilgani sabab hushtak chalib bo'lgandi.

50. "Benevento" taymni faollik bilan boshladi, ammo ish so'nggi zarbagacha etib bormayapti.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.


"Birinchi bo'lim yakunlandi. SHomurodov katta intilish bilan muvozanatni buzishga harakat qilmoqda. Birinchi taymda gollar urilmadi. Olg'a yigitlar!" - deb yozdi "Jenoa" matbuot xizmati.

 

BIRINCHI TAYM YAKUNLANDI

45. Hakam birinchi bo'limga 1 daqiqa vaqt qo'shib berdi.

43. Kaprari hakamdan penalti so'rab, etiroz bildirgani uchun sariq kartochka bilan "siylandi".

42. Hozircha o'yinda xavfli vaziyatlar kam, ammo SHomurodov o'yinda juda faol harakat qilmoqda.

35. SHomurodov himoyada ham faol. U raqibining ehtimoliy xavfli zarbasi yo'liga chiqib, vaziyatni biroz bo'lsa-da yumshatdi.

32. SHomurodoooov!! Hamyurtimiz havodan uzatilgan to'pni to'xtatmasdan raqib darvozasiga yo'lladi, ammo Montipo super zarbaga javoban super seyv ijro etdi!

28. To'pga egalik qilish bo'yicha mezbonlar ustunlik qilmoqda: 58% - 42%

23. Lapadulaning zarbasi o'ta noaniq.

22. "Benevento" yana "Jenoa" jarima maydonchasi yaqinida standartga ega bo'lmoqda.

19. Pyaca SHomurodovning pasidan so'ng uzoq masofadan zarba berib ko'rdi, ammo noaniq.

17. Hamyurtimiz to'pni raqibdan olib qo'ygandi, ammo ko'p o'tmay uning sheriklari to'pni yana raqibga topshirib qo'yishdi.

16. Xavfli vaziyat! Sturaroning jarima zarbasidan uzatgan to'pini SHomurodov bosh bilan raqib darvozasiga yo'lladi, ammo noaniq.

15. SHomurodov hozirgi vaziyatda markazda yaxshi harakat qilib, sheriklarini to'p bilan taminladi.

14. Kaprarining zarba xavfli, ammo noaniq chiqdi.

13. "Jenoa" o'yinchisi Baniga sariq kartochka ko'rsatildi. Jarima maydonchasi yaqinida "Benevento" yaxshi imkoniyatga ega bo'ldi.

12. O'yindagi ilk xavfli hujumni "Benevento" tashkil qildi: mezbonlar o'yinchisining bergan zarbasini Perin qiyinchiliksiz egallab oldi.

8. Maydon egalari mezbon sifatida birinchi bo'lib o'ynamoqchi, hozircha na mehmonlar, na mezbonlar hujumga o'tishdi. 

4. Hozircha o'yinning tempi yuqori emas. Mezbonlar to'pga egalik qilmoqda, genuyaliklar esa raqibga bosim uyushtirishga harakat qilmoqda. 

1. O'yinga start berildi!



- Hayrli kech! Barchangizni tez orada boshlanadigan Italiya chempionati doirasidagi "Benevento" - "Jenoa" o'yiniga taklif etamiz. Etiborlisi, hamyurtimiz Eldor SHomurodov genuyaliklar tarkibida asosiy tarkibda maydonga tushadi va bahsni sizlar bilan birgalikda kuzatib boramiz.

Reyting: +29   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика