A seriya bahslari qaysi uchrashuv bilan boshlanadi?
29 may 2020 22:25
Yangiliklar


A seriya bahslari qaysi uchrashuv bilan boshlanadi?
Koronavirus pandemiyasi tufayli vaqtincha to'xtab qolgan Italiya A Seriyasi bellashuvlari 19 iyun kuni boshlanadi, deya xabar bermoqda Sky Sport Italia nashri.
SHu kuni ilk uchrashuvda “Atalanta” va “Sassuolo” jamoalari kuch sinashadi. Ilgariroq mazkur bellashuv 20 iyun kuni o'tkazilishi rejalashtirilganligi haqida xabarlar tarqatilgandi. Ammo nashrning tasdiqlashicha, o'yin Bergamoda 19 iyun kuni bo'lib o'tadi. Bunday qarorga kelishining ramziy manosi bor: Lombardiya provinciyasining markazi Bergamo shahri Italiyada koronavirus pendemiyasining epicentri sifatida qayd etilgandi.
Ilgariroq Italiya sport vaziri Vinchenco Spadafora mamlakat kubogi bahslari 13-20 iyun kunlari o'tkazilishiga ishonch bildirgandi.
Ayni paytda Italiya A seriyasi turnir jadvalida 26 turdan 63 ochko jamg'argan “Yuventus” peshqadamlik qilmoqda. Ikkinchi o'rinda 62 ochko to'plagan Rimning “Lacio” klubi bormoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar