A Seriya 31-turi qanday o'tdi?
26 apr 2023 10:45
Yangiliklar
"Lacio" "Torino"ga yutqazib qo'ydi
Lazio |
Serie A . 31-tur 22/04/2023, 22:00 1
:
0
Tugadi
|
Torino Ivan Ilic - 43' |
Stadion: Stadio Olimpico, Rome, 48000 tomoshabin
Bosh hakam: Davide Ghersini
O'yinning 30-soniyasidayoq qanotdan uzatmadan keyin Cakanya boshi bilan zarba berdi, Milinkovich-Savich esa katta qiyinchilik bilan xavfni bartaraf etdi. Ko'p o'tmay, endi Provedel o'yinga qo'shildi. Kiper Radonichning zarbasini qaytardi. SHundan so'ng jamoalar biroz tinchlanib qolishdi va bo'lim oxiriga yaqin qayta jonlanishdi. Vlashich to'pni Ilichga etkazdi, uning esa chamasi 35 metrlardan yo'llagan zarbasini Provedel qaytara olmadi. Birinchi bo'limda boshqa etiborga loyiq vaziyatlar yuz bermadi. Ilk hamla "burgutlar" uchun eng xavflisiligicha qolaverardi.
"Lacio" tanaffusdan keyin o'yin tempini oshirdi, ammo "Torino" ham bunga tayyor edi. Vlashichning uzatmasidan keyin Sanabriya zarba berdi, Provedel ishonchli harakat qildi va to'pni qaytardi. Maydon tashqarisidagi nohushliklarni enga olgan CHiro Immobile o'yinga qo'shildi. Biroq unda golli vaziyatlar bo'lmadi. "Burgutlar" asosan uzoq masofalardan zarbalar orqali raqib darvozasiga yo'l izlashardi. Kombinacion, avvalgan tayyorlangan hujumlarni deyarli ko'rmasdik. Darvozaga aniq borgan 9 zarbaning bor yo'g'i 3 tasi jarima maydonchasi hududidan amalga oshirilgandi. "Torino" esa yana gol urishi mumkin edi. Natijada "buqalar" haqli g'alabaga erishdi, "Lacio" esa hujumdagi o'yini bilan ayniqsa muxlislarini ranjitgan holda, "Napoli" chempionligini yaqinlashtirdi.
"Napoli" so'nggi soniyalarda g'alabani ilib ketdi
Juventus |
Serie A . 31-tur 24/04/2023, 00:45 1
:
0
Tugadi
|
SSC Napoli Giacomo Raspadori - 90' |
Stadion: Allianz Stadium, 39839 tomoshabin
Bosh hakam: Michael Fabbri
O'yin murosasiz kurashlar bilan boshlandi va ish chinakamiga xavfli vaziyatgacha etib bormasdi. Birinchi bunday holat sifatida bo'lim oxiriga yaqinlashib qolganda Xvicha jarima zarbasidan yo'llagan to'pini eslash mumkin. "Yuventus" esa raqib darvozasi tomon zarba berishga shoshilmasdi.
Tanaffusdan keyin "Napoli" hujumlariga rang-baranglik qo'shildi. Avvaliga yana o'sha Xvicha yaqin burchakni nishonga oldi, Perin to'pni qaytardi. Ko'p o'tmay, Osimxen himoyachilar taqibidan qochib, bergan zarbasiga biroz aniqlik etishmadi. Viktor keyingi vaziyatda raqiblaridan chaqqonroq edi, ammo mo'ljalda adashdi. "Keksa sinora" esa hamon passiv va Meret amalda ishsiz qolib ketardi. O'yin so'nggiga yaqin qolganda, Di Mariya qarshi hujumga qochib ketdi va gol urdi, biroq hakam takroriy lavhada avvalroq o'yin qoidasi buzilgani ko'rdi va golni inobatga olmadi. Hal qiluvchi vaziyat esa qo'shib berilgan daqiqalarda yuz berdi. Elmas to'pni jarima maydonchasiga tashlab berdi, Raspadori esa ideal zarba bilan darvozani ishg'ol qildi. "Napoli" g'alaba qozondi va keyingi turdayoq chempionlikni rasmiylashtirishi mumkin. «Yuventus" esa A Seriyada qatorasiga 3-uchrashuvda ham g'alaba qozonolmadi.
"Atalanta" "Roma"ni mag'lub etdi
Atalanta Mario Pasalic - 39', Rafael Toloi - 74', Teun Koopmeiners - 84' |
Serie A . 31-tur 25/04/2023, 00:45 1
:
3
Tugadi
|
Roma Lorenzo Pellegrini - 83' |
Stadion: Gewiss Stadium, 19445 tomoshabin
Bosh hakam: Massimiliano Irrati
O'yin starti ancha sokin ruhda kechdi va ilk xavfli vaziyat 30 daqiqa o'tibgina yuzaga keldi. Abraxam jarima maydonchasi ichida Skalvini bilan kurashdan keyin yiqilib tushdi, biroq hakam italiyalik futbolchi qoidani buzmagan deb hisobladi. "Atalanta"ning birinchi xavfli vaziyati esa gol bilan yakunlandi. Sapata jarima maydonchasi burchagida himoyachi bilan kurashdi va to'pni Pashalichga etkazdi, yarim himoyachi esa birgina urinish bilan uni to'rga yo'lladi. Undan keyin tanaffusgacha darvozalar oldida ortiq vaziyatlar yuzaga kelmadi.
Tanaffusdan keyin Dibala maydonga tushirildi va aynan u Sportello darvozasi oldida xavf tug'dira boshladi. "Roma" turli usullar bilan hujumlar uyushtirdi, golni esa "Atalanta" urib ketdi. Burchak zarbasidan keyin to'p Toloyga kelib tushdi va Rafael ustalik bilan to'qqizlikni nishonga oldi. "Roma" taslim bo'lishni o'ylamasdi va tempni oshirdi. Ko'p o'tmay bu o'z samarasini berdi. Belotti to'pni Pellegriniga etkazdi, yarim himoyachi esa jarima maydonchasiga kirmay, kuchli va aniq zarba yo'lladi. Bir qarashda goldan ruhlangan "Roma" yanada kuchliroq bosim bilan oldinga boradigandek edi, ammo bir daqiqa o'tar-o'tmas rimliklar ahmoqona gol o'tkazib yuborishdi. Ruy Patrisio oddiy vaziyatda to'pni ushlab qola olmadi, oxirigacha pressing qilgan Kompeynars bemalol bo'sh qolgan darvozani poyladi. Bu gol "Roma"ni batamom sindirdi va Mourino shogirdlari raqibga buyog'iga ortiqcha muammo tug'dirmadi. "Atalanta" etakchilarga yaqinlashib oldi, "Roma" esa o'z vaziyatini yomonlashtirmoqda.
Sergey Rumyancev
Nozima To'xtamirzaeva tarjimasi
Fikrlar