So’nggi yangiliklar

01:45ЖЧ-2026 саралаши. Германия мағлуб бўлди, Нидерландия дуранг ўйнади ва бошқа натижалар билан танишинг  7 01:20Валерий Карпин: "Иорданиядан бунақасини кутмагандик"  8 00:51Родри: "Бу жароҳат менинг фаолиятимни узайтирди"  0 00:33Даниэль Леви 24 йилдан сўнг "Тоттенхэм"дан кетди  1 00:03Ўртоқлик учрашуви. Россия - Иордания ўйинида голлар урилмади  5 23:51Фаррух Сайфиев Расул Чориевнинг ҳолидан хабар олди  12 23:31Ўртоқлик учрашуви. Саудия Арабистони Шимолий Македония термасини мағлуб қилди  0 23:09Ўзбекистон терма жамоаси Қирғизистонга қарши ўйин олдидан машғулот ўтказди ГАЛЕРЕЯ  4 22:51Эрон "CAFA Nations Cup-2025" финалига йўлланма олди  8 22:15Килиан Мбаппе: "Бизга дам керак"  6 21:51Трентнинг "Реал"га ўтганига бўлган муносабат Майкл Оуэнга ёқмади  1 21:25Элдор Шомуродов: "Ниятимиз финалга чиқиб, чемпион бўлиш"  14 20:59ЖЧ-2026 саралаши. Қозоғистон ўз майдонида Уэльсга имкониятни бой берди  14 20:40"Насаф" назорат ўйинида "Шўртан"га икки марта ютқазди  2 20:20МЮ "Атлетико" футболчисини ижарага олмоқчи бўлган, аммо рад жавобини олган  0

"A" seriya, 29-tur: Benites va Montella to'qnashuvi Yangiliklar

"A" seriya, 29-tur: Benites va Montella to'qnashuvi

Bugun va ertaga Italiya “A” seriyasida 29-tur bahslari bo'lib o'tadi.
Turning markaziy o'yinlari Neapol va Rimda o'tkaziladi. Jumladan, “Napoli” – “Fiorentina” bahsida kelasi mavsumda ECHLda ishtirok etadigan jamoa nomi deyarli hal bo'lishi mumkin.

22 mart, shanba
22:00. TORINO – LIVORNO
Taxminimiz
– 2:1
Oxirgi 4 bellashuvda birorta gol urmasdan mag'lubiyatga uchragan turinliklar kichik inqirozni boshdan kechirishmoqda. “Livorno” bilan uydagi o'yin buni yo'qqa chiqarish uchun juda yaxshi imkoniyat. Birinchi davrada qayd etilgan 3:3 hisobi bu safar ham hujumkor futbol ko'rishga umid uyg'otadi. Mehmonlar hech bo'lmaganda bir ochko bilan uyga qaytishga urinib ko'rishadi.
O'yinni o'tkazib yuboradiganlar: Basha, Farnerud, Larrondo, Paskuale, Mazello, Jille – Luchi, Mbaye, Emegara.

00.45. KEVO – ROMA
Taxminimiz –
1:1
Ligani tark etishi mumkin bo'lgan jamoalar qatorida borayotgan veronaliklar uchun asosan uydagi uchrashuvlar ochko keltiradi. Rudi Garsiya shogirdlari esa ECHLga to'g'ridan-to'g'ri yo'llanma keltiradigan 2-o'rinni egallash uchun harakat qilishyapti. Lekin oxirgi 3 bahsda “Roma” katta muammolarga duch keldi. Jarohatlar va bazi futbolchilardagi charchoq o'z so'zini aytmoqda.
O'yinni o'tkazib yuboradiganlar: Guana, Drame, Paredes, Xetemaj – Balcaretti, Strotman, De Rossi.



23 mart, yakshanba
16:30. PARMA – JENOA
Taxminimiz
– 2:1
Roberto Donadoni boshchiligida o'tgan yilning noyabr oyidan beri mag'lubiyatga uchramagan parmaliklar bu borada klub rekordini yangilab ulgurishdi. Jamoa 16 bahsdan beri yutqazmadi. Antonio Kassano tobora yorqin o'yin namoyish etmoqda. “Jenoa” oldida aniq bir vazifa yo'q. Jamoa o'yin saviyasini o'stirdi va o'rta pog'onalarda boryapti. G'alaba “Parma”ga Evrokuboklarda ishtirok etish uchun yaxshi imkoniyatni taqdim etadi.
O'yinni o'tkazib yuboradiganlar: Markionni, Gargano, Pocci, Mauri, Vergara – Antonini, Donnarumma, Kucka, Gamberini, Vrsalko, Sturaro.

19:00. BOLONYA – KALYARI
Taxminimiz –
1:0
“Bolonya” “A” seriyada o'rnini saqlab qolish uchun jiddiy kurashga kirishgan. Sardiniyaliklar bu muammoni hal qilib bo'lishgan. SHu sababli mezbonlarda ishtiyoq ko'proq. Bu bo'lajak uchrashuvdagi natijaga tasir qilishi mumkin.
O'yinni o'tkazib yuboradiganlar: Krxin, Kone, Della Rokka, Ibson – Adrian, Pizano, Konti.

19:00. INTER – ATALANTA
Taxminimiz –
3:2
So'nggi 6 uchrashuvni juda yaxshi o'tkazgan “Inter” mavqeini yaxshilab olishga erishdi. Har ikki jamoa ayni paytda mavsumdagi eng yorqin o'yinlarini namoyish qilmoqda. O'tgan mavsum bergamoliklar Milandan ajoyib g'alaba bilan qaytishgandi. Bu safar Maccari o'z jamoasi bilan bunga yo'l qo'ymaslikka intilishi tabiiy.
O'yinni o'tkazib yuboradiganlar: Juan Jezus, Kivu – Benaluan, Kaccola, Brivio.



19:00. SAMPDORIYA – VERONA
Taxminimiz -
1:1
Saviya bo'yicha bir-biriga yaqin bo'lgan ikki jamoa to'qnashuvi. Mixaylovich “Sampdoriya”da ijobiy o'zgarishlar qila olgani yaqqol ko'zga tashlanyapti. Veronaliklar esa ikkinchi davrada muvaffaqiyatsizlikka yuz tutishdi, lekin o'yin taraflama Mandorlini shogirdlari yomon taassurot qoldirishmayapti.
O'yinni o'tkazib yuboradiganlar: Sestu, M. Rodriges, Krstichich – Xuan Jezus, Gomes.

19:00. UDINEZE – SASSUOLO
Taxminimiz
– 3:1
Udineliklar so'nggi o'yinlarni juda yaxshi o'tkazishdi. O'tgan turda Rimda “Roma”dan ochko olishga munosib harakat qilishdi, biroq qulay imkoniyatlardan foydalana olishmadi. “Sassuolo” esa o'tgan turda g'alaba qozonib, ruhiy tushkunlikdan chiqishga muvaffaq bo'ldi. Udinedagi bahsda mezbonlarning imkoniyati ancha yuqori.
O'yinni o'tkazib yuboradiganlar: G. Silva – Acherbi, Manfredini, Puchino, Marrone, N. Sansone, Berardi.

22:00. NAPOLI – FIORENTINA
Taxminimiz –
2:1
SHubhasiz, turning markaziy o'yini. 3 va 4-pog'onada kelayotgan jamoalar ECHL yo'llanmasi sohibi nomini aniqlashga urinib ko'rishadi. G'alaba neapolliklarni bunga juda yaqinlashtiradi. Mehmonlarning zafari kurashni yanada keskinlashtiradi. Har ikki jamoa o'tgan hafta Evropa Ligasida muxlislarini xursand eta olmadi. SHu sababli uchrashuv uda shiddatli kechishi tabiiy.
O'yinni o'tkazib yuboradiganlar: Suniga, Rafael, Madjo – Xegazi, Rossi, Pisarro, Rebich.



00:45. KATANIYA – YUVENTUS
Taxminimiz
– 0:2
Ko'pchilikning fikri bo'yicha turda kimning g'alaba qozonishi aniqroq bo'lgan bellashuv. Lekin “Kataniya” ligada qolish uchun kurashga kirishib, hal qiluvchi bahslar arafasida turibdi. SHu sababli peshqadamdan olinadigan ochko jamoaning kayfiyati va ruhini yuqoriga ko'taradi. Siciliyaliklar muxlislari qarshisida qahramonlik ko'rsatishga astoydil harakat qilishadi.
O'yinni o'tkazib yuboradiganlar: Kastro, Frizon, Spolli, Almiron – Markizio, Barcali, Ogbonna, Peluzo, Pepe, Pogba.

00:45. LACIO – MILAN
Taxminimiz –
2:2
Turdagi yana bir markaziy uchrashuv. Klarens Zeedorfga “Milan” rahbariyati 2 uchrashuvda vaziyatni o'nglash uchun imkoniyat taqdim qildi. Bularning birinchisi aynan Rimdagi o'yin. Eduardo Reyya shogirdlari ikkinchi davrani ancha yaxshi o'tkazib, turnir jadvalida yuqoriga ko'tarilishga erishishdi. Milanliklarda ahvol jiddiy. Jarohatlar ham jamoaga xalal beryapti. Rimda jangovar va shiddatli kechadigan o'yinga guvoh bo'lishimizga shubha yo'q.
O'yinni o'tkazib yuboradiganlar: Ederson, Marketti – Abbyati, El-SHaaravi, Petanya, Abate, Montolivo.

Behzod Nazarov.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика