“A” seriya, 15-tur prevyusi: Montella sobiq jamoasini jazolaydimi?
06 dek 2013 17:10
Yangiliklar

“A” seriya, 15-tur prevyusi: Montella sobiq jamoasini jazolaydimi?
Bugun Apennin yarim orolida 15-tur o'yinlari boshlanadi. Amaldagi chempion “Yuventus” “Bolonya” bilan bellashadi. Ananaga muvofiq “A” seriya prevyusini hukmingizga havola qilamiz.
6 dekabr, juma
00:45. Bolonya – Yuventus
Taxminimiz – 0:2
“Renato Del Ara” stadionida Antonio Konte shogirdlari “Bolonya” mehmoni bo'lishadi. Autsayderlar qatoriga tushib qolgan Pioli jamoasi mazkur bellashuvda qarshi hujumlarda o'z omadini sinab ko'radi. 6 o'yindan buyon gol o'tkazib yubormagan turinliklar bu borada 11 yil avvalgi rekordlarini yangilashdi. Mezbonlar safida Moskardelli va Serensen maydonga tusha olmaydi. “Yuve” esa etakchisi Pirlosiz o'ynaydi. Mehmonlar ustozi tarkibda bir qator o'zgarishlarni amalga oshirishi kutilmoqda. “Bolonya”ga Diamantining faolligi natija keltirishi mumkin, biroq ayni paytda jamoaning holati ko'ngildagidek emas. Turinliklarning uchrashuvda g'alaba qozonish imkoniyati ancha yuqori. SHunga qaramay, mezbonlardan jiddiy qarshilikni kutish mumkin.
7 dekabr, shanba
22:00. Livorno – Milan
Taxminimiz – 1:2
O'tgan haftada 1,5 oylik g'alabasiz seriyasiga barham bergan “Milan” endi boshqacha ishtiyoq va kayfiyatda maydonga tushsa ajablanmaymiz. Jamoa mavsum boshida shunchalik ko'p ochko yo'qotdiki, endi bunga haqqi yo'q. Agar CHempionlar ligasiga yo'llanma olishni istasa. Tarkibdagi yo'qotishlar “Milan”da ko'proq. Paccini, Zakkardo, Muntari, Robino va Abatening xizmatidan Allegri foydalana olmaydi. “Livorno”da diskvalifikaciya tufayli De Luchiya o'ynamaydi. Oxirgi 3 bellashuvda maydonni golsiz tark etmayotgan Kakaning faolligi “rossoneyro”larga katta foyda keltiryapti. El SHaaravining safga qaytgani hujumdagi muammolarni hal qilishga yordam berishi turgan gap. “Livorno” bu mavsum himoyada yomon taassurot qoldirmayapti. Biroq raqib darvozasi oldida xavfli vaziyatlarni yaratish borasida jamoa oqsamoqda.
00:45. Napoli – Udineze
Taxminimiz – 2:2
CHempionlar ligasidagi hal qiluvchi o'yin arafasida Rafael Benites tarkibdagi bazi futbolchilarga dam berishi mumkin. SHundoq ham Mesto, Suniga, Xamshik va Britosning maydonga tushmasligi aniq. Mehmonlar safida birgina Murielning yo'qligi sezilarli ahamiyatga ega. “Udineze” oxirgi bellashuvlarda yaxshi holatda ekanligini namoyish qildi. “Napoli” kelasi hafta o'z maydonida “Arsenal”ni yirik hisobda dog'da qoldirsa, CHempionlar ligasining bahorgi qismiga yo'llanma oladi. SHu sababli Benites tarkibda rotaciyaga qo'l urishi aniq. Gvidolin shogirdlari Di Natale va Maykosuelning oldindagi yurishlari evaziga ochko qo'lga kiritishga urinib ko'rishadi.
8 dekabr, yakshanba
16:30. Roma – Fiorentina
Taxminimiz – 2:1
“Roma” oxirgi 6 o'yinda bittadan ortiq gol urmadi, ketma-ket 4 bahsni durang bilan yakunladi. O'sha bellashuvlarda Rudi Garsiya shogirdlarining imkoniyati yuqori edi. “Fiorentina” bilan uchrashuvdagi g'alaba jamoadagi tushkun kayfiyatni ko'tarib yuborishi turgan gap. O'z navbatida “Roma” safida ajoyib mavsumlarni o'tkazgan Vinchenco Montella “Olimpiko”dan kamida ochko bilan qaytishni maqsad qilgan. Mario Gomesning maydonga tushishi florenciyaliklar muxlislari uchun bayramga aylanishi mumkin. Lekin Juzeppe Rossi uning yo'qligini gollari bilan bildirmayapti. Jamoalarda chap qanot himoyachilari jarohat olgan – Balcaretti va Paskual o'ynamaydi. Hujumkor kechishi kutilayotgan o'yinda rimliklar g'alaba qozonish uchun bor kuchlarini berishlari tabiiy. Ularni navbatdagi 3 turning 2tasida “Milan” va “Yuventus”ga qarshi safardagi bahslar kutmoqda.
19:00. Kalyari – Jenoa
Taxminimiz – 1:1
Oxirgi o'yinlarda muhim ochkolarni qo'lga kiritgan genuyaliklar turnir jadvalida etakchilari qatoriga yaqinlashib olishdi. “Kalyari” esa o'ziga xos tarzda o'rtamiyonalar qatorida boryapti. Mezbonlar safida etakchi hujumchi Ibarbo, “Jenoa”da esa Matuzalem va Ze Eduardo maydonga tushmaydi. Bizningcha, Gasperini boshchiligidagi “Jenoa” safarda hech yo'g'i bir ochkoga ega chiqadi. Mezbonlardan Nainggolanning harakatlariga ko'p narsa bog'liq.
19:00. Verona – Atalanta
Taxminimiz – 2:1
Oxirgi 4 bahsda mag'lubiyatga uchragan Mandorlini boshchilik qilayotgan “Verona” hozircha turnir jadvalida Evrokuboklarga yo'llanma beradigan pog'onalardan pastga tushib ketgani yo'q. “Atalanta” ustidan g'alaba qishki tanaffusgacha shunday o'rinda qolishni taminlab beradi. Veronaliklardan Kachchatore va Yankovich o'yinni o'tkazib yuborsa, bergamoliklar tarkibida etakchi sanalgan CHigarini, shuningdek, Yepes, Morales, Raymondi va Del Grosso maydonga tushmaydi. Toni va Jorjino juftligi “Verona”ga ko'plab ochkolarni keltirdi. O'yinda mezbonlarning kichik hisobdagi yutug'ini taxmin qilamiz.
19:00. Sampdoriya – Kataniya
Taxminimiz – 3:1
Sinisha Mixaylovich “Sampdoriya”ga kelgach, jamoa 3 o'yinda yutqazmadi. “Inter” va “Lacio”dan ochko olib, kubokda “Verona”ni dog'da qoldirdi. Hozir genuyaliklar ruhiy jihatdan ko'tarilish pallasida. Ular bunday paytda istalgan raqibni mag'lubiyatga uchratish imkoniyatiga egalar. Etakchilar Gabbyadini va Ederning o'yinlari tobora qovushib boryapti. Muxlislari mashg'ulot o'tkazishga ham imkoniyat bermayotgan “Kataniya” esa omadsizlik va jarohatlar girdobiga tushib qolgan. “Kataniya”dan Almiron, Berxessio, Icko, Barrientos va Tacxidis “Sampdoriya”ga qarshi o'ynay olmaydi.
19:00. Sassuolo – Kevo
Taxminimiz – 1:0
Har ikki jamoa “A” seriyada oxirgi turlar qahramonlari bo'lib turishibdi. Eusebio Di Franchesko shogirdlari so'nggi 4 bahsda mag'lub bo'lishmadi, “Kevo” esa 3 bellashuvda 7 ochkoni qo'lga kiritdi. Zaza, Marrone va Berardi uchligi “Sassuolo” o'yinini belgilab berayotgan bo'lsa, veronaliklar tarkibida Paloski hamda Tero juftligi raqiblarga muammo tug'dirishi mumkin. Autsayderlar qatoridan yuqorilab olish uchun har ikki jamoaga g'alaba juda zarur. Mezbonlar uchrashuvda ko'proq imkoniyatga egalar.
19:00. Torino – Lacio
Taxminimiz – 3:2
“Torino” ishtirokidagi o'yinlar bu mavsum katta qiziqishga sabab bo'lmoqda. Hozirda Ventura jamoasi Petkovich shogirdlaridan bir ochkoga ortda qolmoqda. Bu farqni yo'qqa chiqarib, oldinga o'tish uchun turinliklarda juda yaxshi imkoniyat mavjud. Maydon egalaridan Jille va Rodriges, rimliklardan Mauri, Gonsales hamda Radu o'yinni o'tkazib yuboradi. Turinda kechadigan bellashuvda mezbonlarning g'alaba qozonishi haqiqatga yaqinroq.
00:45. Inter – Parma
Taxminimiz – 3:1
Valter Maccari jamoasidan Kivu, Ikardi, Milito, Mariga, Samuel, Kuzmanovich va Nagatomo o'yinni o'tkazib yuboradi. Mehmonlardan Pavarini, Okaka hamda Galloppa maydonga tushmaydi. “Parma” yaxshi o'yin namoyish etish bilan birga barqarorlikni ko'rsata olmayapti. “Inter” ECHLga yo'llanma beruvchi o'rinlardan birini egallash uchun kurashmoqda. SHunday bahslardagi muvaffaqiyatlar bu yo'lda katta ahamiyatga ega bo'lishi mumkin.
Behzod NAZAROV tayyorladi.

Fikrlar