So’nggi yangiliklar

16:57Япония U-23 терма жамоасининг Мираброр Усмонов Кубоги учун қайдномаси маълум  0 16:30Гёкереш "Манчестер Юнайтед" таклифини рад этди ва "Арсенал"га ўтишга умид қилмоқда  0 16:03Саудия Арабистони U-23 терма жамоасининг Мираброр Усмонов Кубоги учун қайдномаси эълон қилинди  2 15:46"Хоразм" 6 нафар футболчи кетганини эълон қилди  0 15:20"Андижон" "Сурхон" ярим ҳимоячисини қўлга киритди  0 14:52Рафинья фаолиятини якунлаганини маълум қилди  1 14:28"Интер" BYD билан ҳамкорлик қилади  3 14:00Эндрик 18 ёшида уйланди, Холанд Римда дам олмоқда. Футбол юлдузлари ўтган ҳафтани қандай ўтказди?  0 13:53Аббос Файзуллаев тиббий кўрикдан муваффақиятли ўтди  9 13:36Эшитдик-да! "Сўғдиёна" Люпчо Дориевга йирик миқдорда товон пули белгилаган  9 13:10Эшитдик-да! Рустам Турдимуродов "Сурхон"га ўтади  9 12:56"Ньюкасл" ҳимоячисини "Манчестер Сити"га қўйиб юбормоқчи эмас  1 12:31Расман: "Пахтакор" ироқлик ҳимоячи трансферини эълон қилди  4 12:19Манба: Тожикистон собиқ устози Сегрт Ўзбекистон терма жамоаси бошқарувига келиши кутилаётган Лёвга ёрдам бериши мумкин  16 11:54Асрор Алиқулов жамоадан кетгани йўқ — "Машъал"  1

A Seriya. 13-turning eng qiziqarli o'yinlari Yangiliklar

A Seriya. 13-turning eng qiziqarli o'yinlari

Terma jamoalar o'rtasidagi o'yinlarga tanaffus berildi. Natijada klublarda ish yana qizg'in tus oldi.

Bugun Italiya chempionatining 13-turi start oladi. Elitaning eng qiziqarli bahslariga oid faktlarni etiboringizga taqdim etamiz.


"Atalanta" - "Yuventus"

"Atalanta" so'nggi yillarda "Yuve" uchun juda noqulay raqiblardan biri bo'lib kelmoqda. O'tgan mavsum "keksa sinora" bergamoliklar bilan 3 marta uchrashdi (ikki bor chempionatda, bir marta – Kubokda), lekin umuman g'alaba qozonolmadi. Jamoalar A Seriyada durang o'ynadi – 2:2 va 1:1, Kubokning chorak finalida Janpero Gasperini shogirdlari 3:0 hisobda g'alaba qozondilar.

"Atalanta" o'z stadiondan golsiz chiqish ketishi juda qiyin. Ammo "Yuventus" ustidan g'alaba qozonish oson bo'lmaydi: Mauricio Sarri jamoasi bu mavsum so'nggi daqiqalarda g'alabani "ilib ketishga" muvaffaq bo'lmoqda. Aynan shunday vaziyat Bergamoda ham sodir bo'lishi hech gap emas. SHuningdek, Krishtianu Ronaldusiz ham turinliklarni to'xtatish qiyin.


"Milan" - "Napoli"

Turning ikkinchi o'yinida Italiyaning eng ko'p azob chekkan jamoalari uchrashadi. "Milan" va "Napoli" CHempionlar Ligasi zonasidan joy egallashi mumkin yoki hech bo'lmaganda, Evropa Ligasidan. Ammo "adzurri" turnir jadvalining 7-pog'onasida turibdi, "rossoneri" esa 14-o'rinda bormoqda.

Bugun "Napoli" oxirgi bor g'alaba qozonganiga bir oy bo'ldi — 23 oktyabr kuni CHempionlar Ligasida Avstriyaning "Red Bull Zalcburg" jamoasini 3:2 hisobida mag'lub etgandi. Karlo Anchelotti shogirdlari 19 oktyabrdan buyon chempionatda yutolmayaptilar ("Verona", 2:0). Qolaversa, butun Italiyani larzaga solayotgan janjal ortida neapolliklar favoritga o'xshamaydilar.

Bundan tashqari, Stefano Pioli jamoasining imkoniyatlari etalicha yaxshi. To'g'ri, "Milan" so'nggi 5 o'yinning 3tasida mag'lub bo'ldi, ammo raqiblari kuchli ekanini hisobga olish zarur: "Roma", "Lacio", "Yuventus". "Rossoneri" ushbu bahslarda bitta to'p nisbati bilan mag'lub bo'lgandi — Rim klublariga qarshi 1:2, Turin jamoasiga qarshi 0:1. Ehtimol, aynan "Napoli"ga qarshi uchrashuvdan keyin "Rossoneri"ning ishlari o'z o'rniga tushib ketar?!


"Torino" - "Inter"

Antonio Konte shogirdlari chempionat etakchisi bo'lish uchun "Yuventus" bilan jiddiy kurashmoqda. "Neradzurri" mavsumni yomon boshlamadi: A Seriyaning so'nggi 5 uchrashuvida "Inter" faqat bir marta ochko yo'qotdi (26 oktyabr, "Parma" 2:2). Ammo "Breshia", "Bolonya" va "Verona" ustidan qozonilgan g'alabalardagi hisob maqtovga arzimaydi (bari — 2:1).

"Torino" o'tgan tur g'alabasiz seriyaga nuqta qo'yishga muvaffaq bo'ldi: safarda "Breshia" ustidan yirik g'alabaga (4:0)ga erishdi. Qiziqarli fakt: statistik malumotlarga ko'ra, so'nggi uch mavsum mobaynida "buqalar" o'z maydonida "Inter"ga umuman mag'lub bo'lmagan: 2 g'alaba (bari — 1:0) va durang (2:2).

Yana bir narsani takidlash joiz: bu mavsum Valter Madzarri shogirdlari uyida juda ishonchli o'yin namoyish etmoqda. "Olimpiya" stadionida faqatgina "Lechche" hamda "Yuventus" g'alaba qozona oldi. "Napoli" va "Kalyari" esa durang bilan kifoyalangan, "Milan" va "Sassuolo" Turindan ochkosiz ketdi. "Inter" — ushbu bahs favoriti bo'lsa-da, "Torino" "neradzurri"ga osonlik bilan 3 ochkoni berib qo'ymaydi.


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика