“A” seriya, 12-tur prevyusi. Turinda gigantlar to'qnashuvi
09 noy 2013 12:34
Yangiliklar

“A” seriya, 12-tur prevyusi. Turinda gigantlar to'qnashuvi
Apennin yarim orollarida yakshanba kuni yilning eng kutilgan o'yinlaridan biri o'tkaziladi.
Italiya “A” seriyasining 12-turida Turindagi “Yuventus Stedium”da mezbonlar Neapoldan tashrif buyuradigan “Napoli”ni qabul qiladi. Turning barcha o'yinlari anonsini etiboringizga taqdim etamiz.
9 noyabr, shanba
22:00. Kataniya – Udineze
Taxminimiz – 1:2
Mazkur bellashuv arafasida udineliklar o'z etakchilari Antonio Di Nataleni ikki haftaga yo'qotishgani malum qilindi. Bir tarafdan terma jamoalar uchrashuvlar o'tkazadigan haftadan avval jarohatga yo'liqqani Di Natale uchun yaxshi bo'ldi. CHunki u faqat bir bellashuvni o'tkazib yuboradi. Lekin u jamoa etakchisi sanaladi. Joriy mavsumni ko'ngildagidek o'tkazmayotgan Luidji Di Kanio shogirdlari o'z maydonlarida zarur ochkolarni qo'lga kiritishga urinib ko'rishadi. Tarkibi asosan italyan va argentinalik futbolchilardan iborat “Kataniya”ga himoyadagi xatolar juda qimmatga tushmoqda. Udineliklar safida Muriel va Maykosuel tobora ishonchli o'yin namoyish etishyapti. Bu bahsda mehmonlar imkoniyatini yuqoriroq baholash mumkin.
00:45. Inter – Livorno
Taxminimiz – 3:1
Haqiqiy italyancha jamoa sanalgan “Livorno” “Juzeppe Meacca” stadionida “A” seriya grandlaridan biriga qarshi maydonga tushadi. Davide Nikoli jamoasi hozircha “Milan” bilan bir xil ochko jamg'argan. 11 o'yindan keyin 12 ochko to'planganini o'rtacha deb aytish mumkin. “Inter” tarkibida Mauro Ikardi yangi yilgacha boshqa o'ynay olmasligi malum qilindi. O'z navbatida Xaver Zanetti maydonga tushish imkoniyatiga ega. Valter Maccari shogirdlari hozircha barqaror o'yin namoyish etishmayapti. Ayni paytda “Inter” ishtirokidagi uchrashuvdan har narsani kutish mumkin.
10 noyabr, yakshanba
16:30. Jenoa – Verona
Taxminimiz – 2:2
Evropa futboli mavsumida kashfiyot jamoa nomiga loyiq ko'rilgan “Verona” bu safar Genuyaga safar qilib, “Jenoa” sinovidan o'tadi. Aslida hozir egallab turgan o'rinlari bo'yicha veronaliklar sinab beruvchi vazifasini bajarishlari ehtimoli yo'q emas. SHuningdek, ikki mashhur hujumchi – Alberto Jilardino va Luka Tonining o'zaro to'qnashuviga guvoh bo'lamiz. Andrea Mandorlini joriy mavsum “Verona”ni kurashchan jamoa sifatida shakllantira olgani ko'zga tashlandi. Romulo, Jorjino va Toni veronaliklarning hujumdagi harakatlarida faol harakat qilishmoqda. “Jenoa” ham bu yil ancha mazmunli o'yin ko'rsatib kelyapti. Genuyada ishqibozlar har ikki jamoaning hujumkor harakatlariga guvoh bo'lsa ajab emas.
19:00. Parma – Lacio
Taxminimiz: 2:1
Turnir jadvalida bir-biriga yaqin joylashgan jamoalar uchrashuvi keskin o'tishiga shubha yo'q. “Parma” oxirgi turlarda “Milan” va “Yuventus” bilan kuch sinashdi. Endi “Lacio” bu klubni sinovdan o'tkazadi. Mezbonlar safida mavsum kashfiyoti sifatida etirof etilayotgan Marko Parolo, tajribali Antonio Kassano, Amauri, Belfodil ishqibozlar ishonchini oqlashga urinishyapti. Rimliklar esa mavsum oldidan kutilgan o'yinni taqdim eta olishmayapti. Vladimir Petkovich turli muammolarga duch kelyapti. Lekin “Lacio”ning o'yini bir qovushsa, har qanday raqibni bemalol dog'da qoldirish imkoniyatiga ega. Mazkur bellashuvda Roberto Donadoni shogirdlarining kichik hisobdagi g'alabasini taxmin qilamiz.
19:00. Roma – Sassuolo
Taxminimiz – 2:1
Dastlabki 10 turda g'alabaga erishgan “Roma” avvalgi turda Turinda ochko yo'qotdi. Oxirgi 3 bahsda Rudi Garsiya shogirdlari raqiblar darvozasini bir martadan ishg'ol qilishdi. Bunga jamoa etakchisi Franchesko Tottining jarohat olgani sabab bo'ldi. Totti faqat yanvar oyidan safga qaytadi. Ungacha esa rimliklar murakkab vaziyatdan qolgan futbolchilar yordamida chiqib ketishlari kerak bo'ladi. “Sassuolo”ga qarshi uchrashuvni Mehdi Benatia diskvalifikaciya sababli qo'yib yuboradi. “A” seriya debyutanti tarkibi asosan yosh mahalliy futbolchilardan iborat. Himoyachi Luka Antei, hujumchi Domeniko Berardi, yarim himoyachilar Luka Marrone va Ezekiel Skeletto ertangi kunga ishonch bilan qarashga umid bermoqda. Jamoa yuqori divizionga ko'nikib borish jarayonida raqobatchilaridan ortda qolib ketmayapti. “Olimpiko”da bo'lib o'tadigan o'yinda har qanday sharoitda mezbonlarning imkoniyati yuqori baholanadi.
19:00. Kalyari – Torino
Taxminimiz – 2:2
“A” seriyaning haqiqiy o'rtamiyona klublari uchrashuvi. Turinliklar bu mavsum hamshaharlaridan boshqa grandlarni ochko yo'qotishga majbur qilib kelishyapti. Lekin o'yin saviyasi juda yuqori va barqaror emas. Alessio CHerchi va CHiro Immobilening hujumdagi mahorati jamoaga qo'l kelmoqda. Eng katta jumboq esa “Torino”ning 11 uchrashuvda 5 bor penaltidan gol urganidir. Bu ligadagi eng yuqori ko'rsatkich. “Kalyari” o'z o'yinlarini bazi muammolar tufayli (stadion xavfsizligi va mahalliy hokimiyat bilan kelisha olmaslik) boshqa hududda o'tkazishga majbur bo'lyapti. Bu faqat zarar keltirmoqda. Uchrashuvda gollarga boy durang qayd etilishini taxmin qilamiz. CHunki “Torino” joriy mavsumning o'zida ikki marta 3:3, bir bor 2:2 hisobida duranglarni qayd etishga ulgurdi.
19:00. Kevo – Milan
Taxminimiz – 1:2
Mavsumni hozirdanoq boy berayotgan klublar o'rtasidagi o'yin unga bo'lgan qiziqishni yanada oshirmoqda. Berluskoni haligacha Allegrining salbiy natijalariga toqat qilib kelmoqda, Galliani esa murabbiyni maqtashdan nariga o'tmayapti. “Kevo” muxlislari hamshaharlarining natijalariga havas qilish bilan band. “Milan”ga jarohatlangan futbolchilarning ko'pligi qo'shimcha ziyon keltiryapti. Balki, jamoa shifokorlar shtabida qandaydir muammo bordir. Lekin milanliklar o'tgan mavsumni ham shunday boshlab, qishki tanaffusdan keyin uzov vaqtgacha mag'lubiyatsiz yurish qilishgandi. Bu safar ham ulardan shunday qahramonlik kutib qolamiz. CHunki “Milan”siz “skudetto” yoki ECHL o'rinlari uchun kurash unchalik tatimaydi.
19:00. Atalanta – Bolonya
Taxminimiz – 2:1
Taxminimiz – 3:2
“Yuventus” va “Napoli” oxirgi ikki mavsumda “skudetto” uchun kurashda birinchi raqamli raqobatchilarga aylanishdi. Hozir ham “Roma” peshqadamlik qilayotgan bo'lishiga qaramay, baribir bu klublarda imkoniyat yaxshiroq ekanligini rimliklarning o'zlari yashirib o'tirishmayapti. Tarkib va futbolchilarning tajribasi yakshanba kuni Turinda to'qnash keladigan jamoalarga qo'l kelishi tabiiy. Avvalgi ikki mavsumda “Yuve” o'z maydonidagi o'yinlarda zafar quchgan, Neapolda durang natijalar kuzatilgan. Turinliklarga Lixtshtayner va Vuchinich, mehmonlarga Mesto yordam bera olmaydi. Vidal, Pirlo, Pogba va Tevez singari “Yuve” etakchilari Xamshik, Insine, Kalexon va Iguain kabi neapolliklar etakchilari bilan shiddatli bahsga kirishishadi. O'yinni Italiyaning taniqli hakamlaridan biri Janluka Rokki boshqarib boradi. Umid qilamizki, mazkur uchrashuv bizga “A” seriyaga xos ehtirosli va jangovar, haqiqiy mardlar to'qnashuvini taqdim etadi. CHunki bu Italiya futboli.
00:45. Fiorentina – Sampdoriya
Taxiinimiz – 3:1
Tobora yaxshi holatga kirib borayotgan “Fiorentina” o'tgan mavsumda o'rtamiyonalarga qarshi bellashuvlarda katta qiyinchilikka duch kelgan. “Sampdoriya” mavsumni omadsiz o'tkazyapti. SHu sababli Florenciyada o'tadigan bahsda Vinchenco Montella shogirdlarining imkoniyati ancha yuqori.
Behzod Nazarov tayyorladi.

Bergamoliklar odatdagidek o'rtamiyona pog'onalarda yurishibdi, “Bolonya” esa kutilmaganda autsayderlar qatoriga tushib qoldi. Tarkibida Diamantidek ijodkor futbolchi bor bo'lgani holda yaxshi natijalarga erisha olmayotgani katta muammolar borligini isbotlab turibdi. Mezbonlar safida ikki uchrashuvga diskvalifikaciya qilingan Xerman Denis maydonga tushmaydi. U keyingi turni ham o'tkazib yuborishga majbur. Lekin maydon egalarida baribir imkoniyat ko'proq.
00:45. Yuventus – NapoliTaxminimiz – 3:2

Fikrlar