So’nggi yangiliklar

11:19"Реал" "Челси" футболчисини қимматлиги туфайли сотиб олишдан бош тортди  0 10:25Аббосбек Файзуллаев нега янги жамоасида майдонга тушмаётгани маълум қилинди  8 09:56"Интер"га "Челси" ҳужумчиси керак  1 09:27Саудия клублари Роберт Левандовскига даҳшат сумма таклиф қилишган  2 08:58"Бавария" нархни 60 миллион еврога оширди  1 08:29"Барселона" футболчисини 60 миллион еврога сотишга тайёр  1 08:00Луис Энрике: "Бу адолатли ёки йўқлигини билмайман"  4 07:31Here we go! "Ливерпуль" яна бир транферни ҳал қилди  2 07:00Суперлига. "Бухоро" "Хоразм" билан дуранг ўйнади, "Сурхон" эса ўз майдонида "Бунёдкор"ни ишончли ҳисобда енгди  2 02:15ПСЖ ўйинда ва пенальтилар сериясида камбэк амалга ошириб, УЕФА Суперкубогини қўлга киритди!  34 00:55Рэшфорд "Барса" ҳақида: "Англиядан фарқли ўлароқ, бу ерда ҳамма нарса шиддатли"  15 00:36Февзи Давлетов: "Гол ўтказиб юборганимизда жаҳлим чиқди"  4 00:20Иньиго "Ал Насср"га ўтиши ҳақида: "Бундай таклифни кўрганда ишона олмадим"  4 00:02Илёс Зейтуллаев: "Мағлубиятдан тўғри хулоса чиқаришимиз керак"  2 23:39Ҳаким Фузайлов: "Баҳс давомида яққол устунлик қила олмадик"  0

A PRO-Liga. Neftchi to'xtamayapti! Navbatdagi qurbon SHerdor bo'ldi Yangiliklar

A PRO-Liga. Neftchi to'xtamayapti! Navbatdagi qurbon SHerdor bo'ldi

A PRO-Liga 20-turida Neftchi o'z maydonida SHerdorni qabul qildi.

Uchrashuv maydon egalarining hujumkor o'yini bilan boshlandi. Dastlabki daqiqalardanoq hujum tashkil etgan «Neftchi» vakillari 4-daqiqadayoq hisobni ochishga muvaffaq bo'ldilar. Bu vaziyatda «SHerdor» jamoasi vakillari o'z jarima maydonlari yaqinida o'qin qoidasini buzganliklari uchun uchrashuv bosh hakami Doston Rahmonov jarima zarbasi belgiladi. Jarimadan yo'langan zarbani dastlab mehmonlar himoyachisi qaytardi, qaytgan to'pga «Neftchi»ning 7-raqamli futbolchisi Islombek Toshpo'latov kuchli va aniq zarba yo'llab «SHerdor» darvozasini ishg'ol etdi – 1:0. Oradan 4 daqiqa o'tib mezbonlar tomonidan tashkil etilgan navbatdagi hujum ham gol bilan yakunlandi. Bu safargi gol muallifi «Neftchi»ning 19-raqamli futbolchisi Alisher Abduvohidov bo'ldi – 2:0.

Birinchi bo'lim boshidanoq o'z darvozalaridan ikkita gol o'tkazib yuborgan mehmonlar jamoa bosh murabbiyi Baxtiyor Sattarovdan tegishli ko'rsatmalarni olgan xolda hujumkorlikni oshirgan xolda himoyani mustahkamladilar. SHundan so'ng birinchi bo'lim so'ngiga qadar goh «Neftchi», goh «SHerdor» vakillari hujumlar tashkil etgan bo'lsalarda, darvozalarga boshqa gol kiritilmadi va tanaffusga mezbonlar 2:0 hisobida g'alaba bilan chiqib qetdilar.

Ikkinchi bo'limni mezbonlar faol hujumlari bilan boshladilar. 48-daqiqada «Neftchi» vakillari mehmonlar darvozasiga uchinchi golni kiritdilar. Bu safargi gol muallifi ham yana o'sha Alisher Abduvohidov bo'ldi – 3:0.

Uchrashuvning 60-daqiqasida «SHerdor» jamoasi vakillari tomonidan tashkil etilgan hujum xavfli chiqdi. Mazkur hujum yakunida darvoza tomon yo'llangan zarbani «Neftchi» posboni SHerzodbek Abduraimov egallab oldi. 65-daqiqada «Neftchi» vakillarida mehmonlar darvozasini ishg'ol etish uchun yana bir qulay imkoniyat yuzaga kelgandi, ushbu vaziyatda Islombek Toshpo'latovning uzoq masofadan yo'llagan kuchli zarbasi himoyachilarga tekkan xolda «SHerdor» posboni qo'liga borib tushdi. 78-daqiqada «SHerdor» hujumchisi Faxriddin Alimov «Neftchi» jarima maydoniga yorib kirdi, himoyachi bilan to'p uchun kurashda yiqilib tushganligi sababli uning zarbasi kuchsiz chiqdi. Ikkinchi bo'limga hakam tomonidan qo'shib berilgan daqiqalar o'tib borayotgan vaqtda mezbonlar «SHerdor» darvozasi tomon xavfli hujum tashkil etishdi. Mehmonlar darvozasi tomon yo'llangan dastlabki zarbani himoyachilar qaytarib qolishgan bo'lsa, takroriy zarbani darvozabon qiyinchilik bilan egallab oldi.

Uchrashuv shu tariqa «Neftchi» jamoasining 3:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakuniga etdi.

Ushbu uchrashuvning birinchi bo'limida yon hakamga bildirilgan etiroz uchun mehmonlar bosh murabbiyi Baxtiyor Sattarovga bosh hakam Doston Rahmonov tomonidan sariq kartochka ko'rsatilganligini takidlash joiz.

A PRO-Liga.
20-tur
«Neftchi» – «SHerdor» 3:0 (2:0)
Gollar:
Islomjon Toshpo'latov, 4 (1:0), Alisher Abduvoxidov, 8 ( 2:0), Alisher Abduvoxidov, 48 ( 3:0),
Hakamlar: Doston Rahmonov, Maxmud Turdiev, SHoxnur Yuldashev, SHoxrux Azamov
Nazoratchi: Rashid Aytekov
Komissar: Sardor Qudratullaev
“Neftchi”: 35. SHerzodbek Abduraimov, 4. SHodiyor Xojimatov, 7. Islomjon Toshpo'latov, 13.Jamshid Qobulov, 15. Mirjamol Nematov, 19.Alisher Abduvohidov, 20. Dilyorbek Ermatov, 24.Ilxomjon Ibragimov, 28.Javohir Rasulov, 77. Islombek Karimov, 99. Ibroxim No'monov.
Zahira: 21. Farrux Turdialiev, 2. Asilbek G'oyibjonov, 26.Bobirjon Isroilov, 27. Sardorbek Mirzashoev, 32. Nodirbek Yo'ldoshev, 38.Ibodjon Abelfazov, 70. Dostonbek Bobojonov, 88. Jafar Ismoilov, 98. Jamshidbek To'raqulov

“SHerdor”: 13.Amirjon Nazirqulov, 2. Farzin Muxtorov, 6. Asiljon Orifov, 10.Faxriddin Alimov, 19. Islom SHaripov, 22. Jasur Qurbonov, 26. Farxodjon Safarov, 28. Asomiddin Mamatov, 32. Murodjon SHamsiddinov, 77. Asadbek Tolibov, 95. Firdavs Abdusalimov.
Zaxira: 99.SHaxzod Raimov, 12. Jahongir Saydullaev, 25. Mirzo Axmedov, 29. Oybek Jo'raev, 33. Elbek Xamdamov, 55. Valijon G'ulomjonov, 66. Soxib Maxmudov, 80. SHaxzodjon Ravupov

Bekzod Tolibov tayyorladi.



Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика