So’nggi yangiliklar

00:48Виктор Гёкерешни яхшигина пулга сотган "Спортинг" 25 млн. еврога Луис Суаресни сотиб олди  1 00:27Равшан Эрматов: "Ўртоқлик ўйинлари ҳақида бир тўхтамга келганимиздан сўнг хабар берамиз"  5 00:10Уче Бриансео Нвадике: "Осиё кубоги саралаш босқичида нималарга қодир эканлигимизни кўрсатамиз"  0 23:44Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Индивидуал совринлар кимларга насиб этди?  1 23:26Тимур Кападзе: "Аргентина ва Уругвай билан ўйин... Бу маълумот ҳақиқатга яқин"  18 23:00"Бавария" Риберининг учинчи ўринбосари учун 75 млн евро сарфлади. Бу сафар натижа қандай бўларкин?  3 22:53Тер Стеген ва "Барселона" ўртасидаги муносабатлар таранглашганми?  1 22:22"Нефтчи" уч нафар футболчи билан шартнома имзолади  2 22:10U-23. Ўзбекистон – Япония 0:2  4 21:55Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Япония U-23 Ўзбекистонни мағлуб этди ва турнир ғолибига айланди  75 20:56ПСЖ Доннарумма борасида "Челси", "Галатасарой" ва бошқа клублар таклифларини кўриб чиқишга тайёр  4 19:57"Локомотив" Тожикистон жамоасидан енгилди  3 19:43"Эвертон" Кубога қизиқиб қолди  0 19:19Жака АПЛга қайтмоқда   1 18:39Гвардиола "Барселона"га қайтадими?  11

A PRO-Liga. “Neftchi” o'z maydonida “Iftixor”ni mag'lubiyatga uchratdi Yangiliklar

A PRO-Liga. “Neftchi” o'z maydonida “Iftixor”ni mag'lubiyatga uchratdi

A PRO-liganing 11-turida “Neftchi” Qirgulida “Iftixor” jamoasini qabul qildi.

Uchrashuvning har ikki jamoa vakillari faol harakatlari bilan boshlandi. Birinchi bo'lim davomida “Neftchi” vakillari ketma-ket hujumlar tashkil etib, raqiblari darvozasini ishg'ol etish uchun ko'plab imkoniyatlar yuzaga keltirdilar. Mezbonlar tomonidan taklif etilayotgan hujumkor o'yin uslubidan kelib chiqqan xolda “Iftixor” vakillari qarshi hujumda kuchli raqibga munosib qarshilik ko'rsatdilar. Birinchi bo'lim 41-daqiqasiga kelib uchrashuvda hisob ochildi, mezbonlarning chap qanotdan tashkil etgan hujumini Xamidullo Abduxamidov ajoyib zarba bilan golga aylantirib, hisobni ochdi. Tanaffusga qadar har ikki jamoa vakillarida gol kiritish uchun vaziyatlar yuzaga kelgan bo'lsa-da, darvozalarga boshqa gol kiritilmadi. Birinchi bo'lim 1:0 hisobidagi natija bilan yakuniga etdi.

Ikkinchi bo'lim “Neftchi” vakillarining hujumlari bilan boshlandi. Aytish mumkinki, shu kuni uchrashuvda ko'plab vaziyatlarda “Neftchi” vakillariga omad etishmadi. “Iftixor” jamoasi vakillari qarshi hujumda ikkinchi bo'lim davomida bir necha bor “Neftchi” darvozasini ishg'ol etish uchun qulay vaziyatlarga ega bo'ldilar, lekin vaziyatlar samarasiz yakunlandi. Raqib darvozasini ishg'ol etish uchun ketma-ket hujumlar tashkil etayotgan “Neftchi” vakillari uchrashuvning 87-daqiqasida “Iftixor” darvozasiga ikkinchi golni kiritdilar. Mezbonlarning 77-raqamli futbolchisi Islombek Karimov gol urib,hisobni 2:0ga etkazdi. Qiziqarli o'tgan uchrashuv “Neftchi” jamoasining g'alabasi bilan yakunlandi.


A Pro-Liga. 11-tur.

“Neftchi” – “Iftixor” 2:0 (1:0)
Hakamlar:
A.Risqullaev , F.Yo'ldoshev, N. Afinogenov
Nazoratchi: A. Klepikov
Komissar: E.Baxtiyorov

Gollar: Xamidullo Abduxamidov 41 (1:0), Islombek Karimov 87 (2:0)

"Neftchi": 16.Xurshid Muxammadov, 2.Asilbek G'oyibjonov, 4.SHodiyor Xojimatov, 7.Islom Toshpo'latov, 11.Hamidullo Abduhamidov, 13.Jamshid Qobulov, 14.Abdujalil Manazarov, 15.Mirjamol Nematov, 19.Alisher Abduvoxidov, 20.Dilyorbek Irmatov, 77.Islombek Karimov
Zaxira: 21.Farrux Turdaliev, 10.Xurshidbek Asqaraliev, 17.Ilhomjon Vahobov, 23.SHaxzodbek Usmonov, 25.Azizbek Muxtorov, 33.Doniyor Madaminov

"Iftixor":
16.Dilhushbek Mo'ydinov, 4. Davronbek Qoraboev, 5.Asrorbek Tilovoldiev,8.Olloyor Solijonov, 10.Dostonbek Bobojonov, 13.SHuhratjon O'rinboev, 18.Nodirxon Kamolov, 20.Izzatbek G'aniev, 21.Jamshidbek To'raqulov, 25.SHoxrux Yo'ldoshev, 90.G'iyosjon Tursunov
Zaxira: 1.Malik Abdulaziz Burxonov, 2.Ahmadxon Ro'ziboev, 3.Javohir Azamov, 9.Dostonjon Rashidov, 14.Bekzod Aliev, 17.Nurullo Mirzajonov, 22.Ozodbek Davronbekov.


Bekzod Tolibov


Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика