So’nggi yangiliklar

00:49Шахзод Азмиддинов "Пахтакор" билан хайрлашди  4 00:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси "Чертаново" билан дуранг ўйнади  7 23:57"Реал" Конатени нишонга олди  2 23:28"Пахтакор" бугун Камолиддин Тожиевни бош мураббий этиб тайинлади, аммо унда Про лицензияси йўқ  3 23:14Расман: "Арсенал" Гёкерешни 63,5+10 млн еврога сотиб олди  6 22:58Гёкереш тиббий кўрикдан ўтди ва "Арсенал" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  2 22:35Назорат ўйини. "Нефтчи" ФарДУни аяб ўтирмади, Нимели ва Марушичдан дубль  6 22:17Александар Митрович - "Манчестер Юнайтед"нинг янги мақсади  1 21:45Назорат учрашуви. "Пахтакор" ва "Бунёдкор" жамоалари ўртасидаги ўйинда ғолиб номи аниқланмади  8 21:22"Тоттенхэм" Родриго учун курашга киришди  2 20:47"Манчестер Сити" Эдерсонни сотишга тайёр  2 20:20Ўртоқлик ўйини. "Сурхон" "Бухоро"дан устун келди  7 19:58"Ливерпуль" Англия терма жамоаси вингерини нишонга олди  3 19:00Ўртоқлик ўйини. "Милан" Гонконгда "Ливерпул"ни мағлуб этди  4 18:40"Реал" "Арсенал" билан учрашув учун делегация тайёрламоқда  10

A PRO-liga. "Neftchi" mavsumni mag'lubiyat bilan boshladi (batafsil sharh) Yangiliklar

A PRO-liga. "Neftchi" mavsumni mag'lubiyat bilan boshladi (batafsil sharh)

Teglar :  NeftchiXorazm
Pro-Liga "A" guruhi 1-turida "Neftchi" o'z maydonida Xorazmning "Xorazm" jamoasini qabul qildi.

Uchrashuvdan avval «Istiqlol» o'yingohiga tashrif buyurgan muxlislarni xushnud etish maqsadida estrada xonandalari ijrosida koncert dasturi tashkil etildi. SHundan so'ng O'zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi sadolari ostida rasman Farg'onada Pro-Liga musobaqalariga start berildi.



Bellashuv «Neftchi» vakillarining faol harakatlari bilan boshlandi. Birinchi bo'lim davomida mehmonlar darvozasini ishg'ol etish uchun ketma-ket hujumlar tashkil etgan mezbonlarda bir qator qulay imkoniyatlar yuzaga kelgan bo'lsada, vaziyatlar samarasiz yakunlandi. Aksincha «Xorazm» jamoasi vakillarining qarshi hujumdagi harakatlari xavfli ko'rinish hosil qildi. Har ikki jamoa vakillarida raqib darvozasini ishg'ol etish uchun imkoniyatlar yuzaga kelgan bo'lsada, uchrashuvning birinchi bo'limida hisob ochilmadi.




Ikkinchi bo'lim dastlabki daqiqalaridanoq o'z muxlislari qarshisida o'ynayotgan «Neftchi» vakillari hujumkorlikni kuchaytirdilar. Ketma-ket hujumlar natijasida yuzaga kelgan jarima zarbalari, gol urish uchun qulay imkoniyatlar mezbonlarga naf keltirmadi. Uchrashuvning 69-daqiqasiga kelib hisob ochildi. Kutilmaganda «Neftchi» jamoasi himoyachisi Davron Mamatov to'pni darvozabonga qaytarish vaqtida xatoga yo'l qo'yib, avtogol muallifiga aylandi. SHundan so'ng mezbonlar raqib darvozasini ishg'ol etish uchun so'ngi daqiqalarga qadar ketma-ket hujumlar tashkil etgan bo'lsalarda, naf keltirmadi. Ikkinchi bo'lim so'ngi daqiqalarida zahiradan o'yinga qo'shilgan Islombek Karimovning kuchli zarbasini «Xorazm» posboni G'ayrat O'daev qiyinchilik bilan qaytarib qoldi. SHu kuni mehmonlar himoyasi tartibli o'yini va jamoa posboni mahorati evaziga «Neftchi» vakillari raqib darvozasiga yo'l topa olishmadi, ko'plab vaziyatlarda mezbonlardan omad yaqqol yuz o'girganligini alohida takidlash joiz.

Uchrashuv shu tariqa «Xorazm» jamoasining kichik hisobdagi g'alabasi bilan yakunlandi.



PRO-liga. "A" guruhi.
1-tur
“Neftchi” – “Xorazm” 0:1 (0:0)
Gol
: Davron Mamatov, avtogol (69)
Hakamlar: Asqar Najafaliev, H.Nabiev, D.Tillaboev.
Zaxiradagi hakam: Olim To'ychiboev
Nazoratchi – Mamur Saidqosimov
Komissar – Zohirshoh Akramxonov

“Neftchi”:
12. Muzaffar Abdullaev, 3. Davron Mamatov, 4. SHodiyor Xojimatov, 5. Ruslan Melzitdinov, 6. Bahodir Akramov, 8. Doston Abdurahmonov, 9. Nosirbek Otaqo'ziev, 11. Xamidullo Abdulhamidov, 18. Davron Isoqov, 20. Dilyorbek Ermatov, 22. Igor Taran.
Zaxiradagilar: 21. Farrux Turdialiev, 2. Asilbek G'oyibjonov, 7. Islom Toshpo'latov, 10. Xurshidbek Asqaraliev, 13. Jamshid Qobulov, 15. Mirjamol Nematov, 77. Islombek Karimov.

“Xorazm”: 35. G'ayrat O'daev, 3. Ravshanbek Sultonov, 4. Jasur Atajonov, 6. Farrux Xaydarov, 7. Dadaxon Yusupov, 8. Aybek Nurboev, 10. Timur Bekchanov, 11. Sarvar Jumaniyozov, 15. Siroj Ro'zmetov, 19. Temur Masharipov, 22. Mirjalol Qurbonov.
Zaxiradagilar: 16. Laziz Ubaydullaev, 17. Sardorbek Matmurodov, 18. Rafikbek Karimov.

Bekzod Tolibov tayyorladi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика