So’nggi yangiliklar

15:06"Пахтакор"нинг икки етакчиси чет элга йўл олишни рад этиб, клубда қолишга қарор қилди  3 14:10"Ливерпул"га Родриго қизиқ. "Реал" вингери трансфери Диас кетган тақдирдагина амалга ошади  3 13:20Аббос Файзуллаев ҳам "Истанбул Башакшеҳир"га трансфер қилинадими? Шомуродов бу саволга жавоб берди  8 13:05Суперлига-2025. Биринчи даврадаги энг яхши 10 та трансфер  0 12:25Месси 6 ўйинда 11 та гол уриб, МЛСнинг 7 йиллик рекордини ўрнатди  34 11:35Нкунку "Челси"ни тарк этади?!  2 11:07МЮ “Реал“ футболчига 90 миллион таклиф қилди  5 10:43“Реал Мадрид“ни трансфер ойнаси якунига қадар 4 нафар футболчи тарк этиши мумкин  16 10:20Жозе Моуринью “Арсенал“ ҳужумчисини “Фенербахче“га ўтишга кўндирди  1 09:51Биринчи даврани “Локомотив“да ўтказган ҳимоячи ОКМК йиғинига қўшилди  1 09:23МЮнинг асосий дарвозабони узоқ муддатга сафдан чиқди  8 08:54“Шўртан“ сардори Ҳиндистон жамоасига кўчиб ўтди  5 08:25Аббосбек Файзуллаев: “Краснодар“ билан ўйин менинг ЦСКАдаги охирги ўйиним бўлганми ёки йўқлигини ўзим ҳам билмайман“  11 07:58Ўзбекистон МТЖнинг яна бир аъзоси фаолиятини Эронда давом эттириши мумкин  10 07:27Россия Суперкубогини қўлга киритган Файзуллаев учрашувдан сўнг нималар деди?  2

A PRO-Liga. "Neftchi" Farg'onada "Xorazm"ni mag'lub etdi Yangiliklar

A PRO-Liga. "Neftchi" Farg'onada "Xorazm"ni mag'lub etdi

A PRO-Liganing 15-turida "Neftchi" jamoasi o'z maydonida "Xorazm"ni qabul qildi.

Uchrashuv "Xorazm" jamoasi vakillarining faol hujumlari bilan boshlandi. Dastlabki daqiqalardanoq tashabbusni qo'lga olishga harakat qilgan mehmonlar uchrashuvning 5-daqiqasidayoq hisobni ochishlari mumkin edi. Timur Ismailovdan ajoyib uzatma qabul qilib olgan Sarvarbek Jumaniyazov darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib bordi, zarba yo'lladi, uning zarbasini "Neftchi" posboni SHerzodbek Abduraimov mahorat ko'rsatib qaytarib qoldi. Oradan bir daqiqa o'tib "Xorazm" jamoasi vakillari o'z jarima maydonlari yaqinida qo'pollik ishlatishdi. Jarima to'pidan uzatib berilgan to'pni "Neftchi"ning 70-raqamli futbolchisi Dostbonbek Bobojonov boshi bilan aniq zarba yo'llab, mehmonlar darvozasini ishg'ol qildi - 1:0.

SHundan so'ng "Xorazm" jamoasi vakillari uchrashuvda hisobni tenglashtirish uchun ketma-ket hujumlar tashkil etgan bo'lsalarda, samara keltirmadi.

Aksincha birinchi bo'lim o'rtalariga kelib, "Neftchi" jamoasi vakillari tashabbusni qo'lga olishdi. Mezbonlar tomonidan tashkil etilgan hujumlar natijasida dastlab Jafar Ismoilovning zarbasi darvoza to'siniga tekkan bo'lsa, oradan bir oz o'tib o'tib Jamshidbek To'raqulovning zarbasi gol bilan yakunlandi - 2:0. Birinchi bo'limga qo'shib berilgan daqiqalar o'tib borayotgan vaqtda "Xorazm" jamoasi vakillari mezbonlar darvozasiga gol kiritishdi, biroq bu vaziyatda yon hakam o'yindan tashqari xolatni qayd etdi. Uchrashuvning birinchi bo'limi "Neftchi" jamoasining 2:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.

Ikkinchi bo'limni har ikki jamoa vakillari faol hujumlar bilan boshladilar. Uchrashuvning 57-daqiqasida mehmonlar hisobni qisqartirishga muvaffaq bo'ldilar, gol muallifi "Xorazm" jamoasining 7-raqamli futbolchisi Timur Ismailov bo'ldi - 2:1. Oradan bir oz o'tib "Neftchi" futbolchilari hisobdagi ustunlikni yanada mustahkamlashdi. "Neftchi"ning 77-raqamli futbolchisi Islombek Karimov jarimadan mehmonlar darvozasi tomon kuchli zarba yo'lladi, to'p yo'l-yo'lakay "jonli devor"ga tegib o'z yo'nalishini o'zgartirdi va "Xorazm" darvozasidan o'rin oldi - 3:1

Ikkinchi bo'limga hakam tomonidan qo'shib berilgan so'ngi daqiqalari o'tib borayotgan vaqtda "Xorazm" jamoasining 2-raqamli futbolchisi Jasur Atadjonov qanotdan etkazib berilgan to'pni boshi bilan mezbonlar darvozasiga yo'lladi - 3:2.

SHu tariqa "Neftchi" jamoasi o'z maydonida "Xorazm"ni 3:2 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.

A PRO-Liga. 15-tur.
"Neftchi" SK o'yingohi.
"Neftchi" - "Xorazm" 3:2 (2:0)
Hakamlar
: Jasur Muxtorov, Baxtiyorxo'ja SHavkatov, Farrux Yo'ldoshev.
Nazoratchi: G'ayrat Karimov
Komissar: Akmal Rahmatov
Gollar: Dostonbek Bobojonov 6, (1:0), Jamshidbek To'raqulov 43, (2:0), Timur Ismailov 57, (2:1), Islombek Karimov 59, (3:1), Jasur Atadjanov 90+3 (3:2)
"Neftchi": 35. SHerzodbek Abduraimov, 4. SHodiyor Xolmatov, 7. Islomjon Toshpo'latov, 15. Mirjamol Nematov, 28. Javohir Rasulov, 32. Nodirbek Yo'ldoshev, 70. Dostonbek Bobojonov, 77. Islombek Karimov, 88. Jafar Ismoilov, 98. Jamshidbek To'raqulov, 99. Ibrohim No'monov
Zaxira: 16. Xurshidbek Muxammadov, 21. Farruxbek Turdialiev, 2. Asilbek G'oyibnazarov, 14. Abdujalil Manazarov, 17. Ilxomjon Vahobov, 20. Dilyorbek Irmatov, 24. Ilxomjon Ibroximov, 26. Boburjon Isroilov, 38. Ibodjon Abelfazov.
"Xorazm": 35. G'ayratjon O'daev, 2. Jasur Atadjanov, 3. Ravshanbek Sultonov, 4. Timur Bekchanov, 7. Timur Ismailov, 11. Timur Masharipov, 13. Sarvarbek Jumaniyazov, 14. Mirjalol Qurbonov, 16. Rafiqbek Karimov, 44. Maqsud Karimov, 77. Tursunmurod Xamdamov.
Zaxira: 1. Eldorbek SHuhratbekov, 9. Xabibulla Matyoqubov, 10. Siroj Ro'zmetov, 15. Dadaxon Yusupov, 17. Farrux Xaydarov, 22. Muxammadqodir Rahimberganov, 29. Miras Karlibaev, 40. Hurmatbek Yuldashev


Bekzod Tolibov tayyorladi



Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика