So’nggi yangiliklar

09:55Расман. Бразилия терма жамоаси аъзоси Россия клубига ўтди  0 09:20Энрике мағлубият ҳақида фикр билдирди  10 08:41Ўзбекистон U-17 терма жамоасининг икки нафар футболчиси “Нефтчи“ билан шартнома тузди  4 08:07Клублар ўртасидаги ЖЧнинг энг яхши футболчиси аниқланди  17 07:35“Андижон“ легионер дарвозабон билан шартнома тузди  4 07:05Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Челси" - ПСЖ 3:0  6 02:13"Челси" - жаҳон чемпиони!  169 01:45U-20 Жаҳон чемпионатини биргаликда қабул қиламиз. Бу қандай бўлади?  1 00:35"Бавария" "Челси" футболчисига қизиқмоқда  1 23:40"Арсенал" ва "Спортинг" Гёкереш бўйича келишувга эришишга яқин  6 22:21"Ливерпуль" ўртоқлик ўйинида "Престон Норт Энд"ни мағлуб этди  1 21:56Терма жамоадаги муҳит, аёллар футболининг ривожи, Англиядан олинган таклиф ва 23 йиллик танаффусдан сўнг қўлга киритилган Осиё кубоги йўлланмаси ҳақида — Оминахон Валиханова  1 21:30МЮ 65 млн фунтлик трансферни амалга ошириши мумкин  0 20:40"Барселона" даъвогарлик қилаётган Рэшфорд Саудия Арабистонидан ажойиб таклифни рад этди  6 19:57"Бавария" "Арсенал" вингерига қизиқиш билдирмоқда  0

A PRO-Liga. Jamshidlar gol urgan o'yinda Neftchi Farg'onada Oq-tepani yirik hisobda mag'lub etdi Yangiliklar

A PRO-Liga. Jamshidlar gol urgan o'yinda Neftchi Farg'onada Oq-tepani yirik hisobda mag'lub etdi

A PRO-Liga 19-turida Neftchi o'z maydonida Oq-tepa jamoasini qabul qildi.

Uchrashuv har ikki jamoa vakillarining faol hujumlari bilan boshlandi. Birinchi bo'limning 15-daqiqasida bosh hakam Elyor Tursunov «Oq-tepa» darvozasi tomon penalti belgiladi, biroq bu vaziyatda yuzaga kelgan qulay imkoniyatdan «Neftchi» vakillari foydalana olmadilar. Nuqtaga yaqinlashgan «Neftchi»ning 77-raqamli futbolchisi Islombek Karimovning zarbasi darvoza to'sini ustidan o'tib ketdi, hisob o'zgarmay qoldi.

43-daqiqada uchrashuvda hisob mezbonlar tomonidan ochildi. «Neftchi»ning 98-raqamli futbolchisi Jamshidbek To'raqulov aniq zarba yo'llab, «Oq-tepa» darvozasini ishg'ol etdi – 1:0.

Birinchi bo'lim shu hisob bilan yakuniga etdi.

Ikkinchi bo'limning dastlabki daqiqalaridanoq hujumga otlangan «Oq-tepa» jamoasi vakillarining hujumlari samarasiz yakunlandi.

Uchrashuvning 70-daqiqasida «Neftchi» vakillari mehmonlar darvozasiga ikkinchi golni kiritishdi. Zahiradan o'yinga qo'shilgan Jamshidbek Qobulov jarimadan etkazib berilgan to'pni boshi bilan darvozaga joylab qo'ydi – 2:0. Oradan 3 daqiqa o'tib, uchrashuvning 73-daiqasida yana o'sha Jamshidbek Qobulov «Oq-tepa» darvozasiga gol kiritdi – 3:0.
Uchrashuv shu tariqa «Neftchi» vakillarining yirik hisobdagi g'alabasi bilan yakuniga etdi.

Etiborga molik jihati, «Oq-tepa» bosh murabbiyi ketma-ket uchrashuvlarda gol kiritib kelayotgan Pavel Purishkinni nega asosiy tarkibda tushirmaganligi tushunarsiz bo'ldi.

A PRO-Liga.
19-tur
«Neftchi» – «Oq-tepa» 3:0 (1:0)
Gollar:
Jamshidbek To'raqulov, 43 (1:0), Jamshidbek Qobulov, 70 ( 2:0), Jamshidbek Qobulov, 73 ( 3:0),
Hakamlar: Elyor Tursunov, Aleksandr Sidlrov, Avaz Abdullaev, Ahror Rahmatov.
Nazoratchi: Bobur Haydarov
Komissar: Oybek Yunusov
“Neftchi”: 35. SHerzodbek Abduraimov, 4. SHodiyor Xojimatov, 7. Islomjon Toshpo'latov, 15. Mirjamol Nematov, 19.Alisher Abduvohidov, 20. Dilyorbek Ermatov, 28.Javohir Rasulov, 70.Dostonbek Bobojonov, 77. Islombek Karimov, 98. Jamshidbek To'raqulov, 99. Ibroxim No'monov.
Zaxira: 21. Farrux Turdialiev, 2. Asilbek G'oyibjonov, 13.Jamshid Qobulov, 24.Ilxomjon Ibragimov, 26.Bobirjon Isroilov, 27. Sardorbek Mirzashoev, 32. Nodirbek Yo'ldoshev, 38.Ibodjon Abelfazov, 88. Jafar Ismoilov

“Oq-Tepa”: 1.Akrom Xodjaev, 7. SHerzod Qodirov, 8. Muzaffar Abdullaev. 10. Islomjon Ismoilov , 15.Davronbek Mamatov, 17. Saveliy Abramov, 19.Oybek Mirzoxidov, 22. Farrux Sodiqov, 77. Bilolxon Toshmirzaev, 91.Maqsudjon Maxmudov, 97. Jamshid Yusupov
Zaxira: 71.Valijon Rahimov, 9.Mirzoxid Mirsaidov, 20. Pavel Purishkin, 21. Oripxo'ja Abduxoliqov, 28.Abdulaziz Nishonboev

Bekzod Tolibov tayyorladi.



Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика