So’nggi yangiliklar

10:21"Милан" тарихида 56 йилдан бери бундай ҳолат содир бўлмаган   0 09:58Яна бир собиқ Олимпия терма жамоамиз аъзоси фаолиятини "Шўртан"да давом эттиради  0 09:32Ўзбекистон МТЖ аъзоси фаолиятини "Андижон"да давом эттириши мумкин  4 09:08Арманистон чемпионатининг энг яхши футболчиларидан бири фаолиятини Ўзбекистонда давом эттириши мумкин  5 08:41ЦСКА собиқ футболчиси: "Файзуллаевни жуда яхши вақтда сотишди"  5 08:15Луиджи Ди Бияджо: "Рақиб ғалабага лойиқ ўйин намойиш қилди"  1 07:56"Насаф" бразилиялик ярим ҳимоячига таклиф билан чиқди  8 07:28Расман. "Бунёдкор"ни яна бир асосий таркиб футболчиси тарк этди  3 01:15Расман: Азизбек Амонов "Бухоро" футболчисига айланди  5 01:04Равшан Ҳайдаров: "Йигитларда иштиёқ катта эди. Мухлислар қўллови билан ғалабага эришдик"  3 00:57Нодирбек Абдураззоқов: "Японияга қарши ўйинда ғалаба учун майдонга тушамиз. Голимни Ислом Тўхтахўжаевга бағишлайман"  7 00:45"Ювентус" Консейсауни "Порту"дан тўлиқ сотиб олди  0 00:17Рэшфорд "Барса" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  4 23:55"Андижон" назорат ўйинида камбэк эвазига ғалаба қозонди  2 23:24Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАга қарши баҳс олиб боради  3

A PRO-Liga. “Iftixor” - “Mashal” uchrashuvida darvozalarga 4ta gol urildi (batafsil sharh) Yangiliklar

A PRO-Liga. “Iftixor” - “Mashal” uchrashuvida darvozalarga 4ta gol urildi (batafsil sharh)

Teglar :  MashalIftixor
Pro-Liga "A" guruhi 6-turida Iftixor jamoasi Farg'ona davlat universiteti stadionida “Mashal”ni qabul qildi.

Uchrashuv “Iftixor” jamoasining tezkor hujumlari bilan boshlandi. Birinchi bo'limning dastlabki daqiqalarida mezbonlar ustunlikka ega bo'lgan bo'lsalarda, oradan bir oz vaqt o'tib “Mashal” jamoasi vakillari o'yin tizginini qo'lga oldilar. Birinchi bo'lim yakunlanib borayotgan vaqtda muborakliklar sardori Bahodir Murtazoev gol kiritib, jamoasini oldinga olib chiqdi – 0:1. Birinchi bo'lim shu hisob bilan yakuniga etdi.

Ikkinchi bo'limni “Iftixor” jamoasi vakillari hujumkor o'yin bilan boshladilar. Mezbonlarning 21-raqamli futbolchisi Jamshidbek To'raqulov uchrashuvning 66-daqiqasida hisobni tenglashtirdi. Oradan bir oz fursat o'tib, aniqrog'i 82-daqiqada yana o'sha Jamshidbek To'raqulov gol urib, “Iftixor”ni oldinga olib chiqdi – 2:1. Hakam tomonidan qo'shib berilgan daqiqalarda zaxiradan o'yinga qo'shilgan muborakliklarning 11-raqamli futbolchisi Mo'minjon Meliev hisobni tenglashtirdi – 2:2. Uchrashuv shu hisob bilan yakuniga etdi.

PRO-Liga. "A" guruhi.
6-tur
«Iftixor» – «Mashal» 2:2 (0:1)
Gollar:
Bahodir Murtazoev 43 (0:1), Jamshidbek To'raqulov 66 (1:1), Jamshidbek To'raqulov 82 (2:1), Mo'minjon Meliev 90+2 (2:2)
Hakamlar: A.SHukrullaev, O.Kalaxo'jaev, SH.Azimov.
Nazoratchi: G'.Karimov.
Komissar: F.Hojimuhammedov.
"Iftixor": 16.Dilhushbek Mo'ydinov, 4. Davronbek Qoraboev, 5.Asrorbek Tilovoldiev, 8. Olloyor Solijonov, 9.Dostonjon Rashidov, 10.Dostonbek Bobojonov, 18.Nodirxon Kamolov, 20.Izzatbek G'aniev, 21.Jamshidbek To'raqulov, 25.SHoxrux Yo'ldoshev, 77.Abdumalik Toshpo'latov
Zaxira: 1.Malik-Abdulaziz Burxonov, 2.Ahmadxon Ro'ziboev, 3.Javohir Azamov, 13.SHuhratjon O'rinboev, 14.Bekzod Aliev, 17.Nurullo Mirzajonov, 22.Ozodbek Davronbekov
"Mashal”: 35. Doton To'xtaboev , 2. Zafarbek Akramov, 5. Muhammad Toshpo'latov, 7. Tursunmurod Hamdamov, 8. Ahrorjon Inoyatov, 10. Baxodir Murtazoev , 17. Sanjarbek Zokirov, 18. Oybek Jo'raev, 23. SHokir Yo'ldoshev , 45. Samandar SHukurillaev, 55. Elbek Otaqulov
Zaxira:1. Rahimjon Abduqodirov, 6. Jonibek Mirzaqulov, 11. Mo'minjon Meliev, 21. Maruf Jumaev, 22. Sirojiddin Qo'ziev, 25. Doniyor Umarov, 90. Asadbek Aliqulov


Bekzod Tolibov tayyorladi




Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика