95-daqiqada urilgan gol “Braga”ga Portugaliya liga kubogini taqdim etdi
26 jan 2020 08:30
Yangiliklar
95-daqiqada urilgan gol “Braga”ga Portugaliya liga kubogini taqdim etdi
“Braga” va “Portu” jamoalari o'rtasida kechgan bellashuvda mezbonlar 1:0 hisobida g'alaba qozonishdi.
O'yin taqdirini bahsning hakam tomonidan qo'shib berilgan beshinchi daqiqasida Rikardu Orta tomonidan kiritilgan gol hal qildi.
Portugaliya liga kubogi bahslari 2007 yildan buyon o'tkazib kelinmoqda. Ushbu turnirda “Benfika” etti bor g'olib chiqqan bo'lsa, “Sporting” ikki bor ushbu sovrinni o'z muzeyiga olib ketgan. Final bahsida g'olib chiqqan “Braga” ikkinchi bor ushbu turnirda tengsiz ekanligini namoyish etdi. Bragaliklar 2013 yili ham ushbu musobaqada barcha raqiblarini mag'lub eta olishgandi.
Finalda mag'lub bo'lgan “Portu” esa hozircha biror marta ham Portualiya liga kubogiga ega chiqqanicha yo'q. Ular to'rt marta finalgacha etib borishgan va har safar raqiblariga mag'lub bo'lishgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar