90+64-daqiqada urilgan g'alaba goli... Bunisi qanday sodir bo'ldi?
20 noy 2022 12:07
Yangiliklar
90+64-daqiqada urilgan g'alaba goli... Bunisi qanday sodir bo'ldi?
Portugaliya Liga Kubogi doirasidagi uchrashuv ikki marta stadion yoritish tizimi tufayli to'xtab qoldi.
Balki bu futbol tarixidagi eng uzoq davom etgan uchrashuvdir. CHunki "Penafiel" hamda "Moreyrense" jamoalari ishtirokidagi bahs 3 soatdan oshiqroq vaqt davom etdi. "25 aprel" nomli stadionning yoritish tizimi yaxshi ishlamagani sababli uchrashuv bosh hakami ikki marta o'yinni to'xtatib qo'ydi.
Uchrashuv birinchi marta to'xtatilganida mezbon klub prezidenti so'zga chiqib, bunday holat klub tarixida umuman bo'lmaganini, barchasiga tuman elektr tarmoqlari sababligini aytdi.
"Men g'alaba qozonishni (o'shanda "Penafiel" 1:0 hisobida oldinda borayotgandi) istayman", - deb qo'shimcha qildi.
Haqiqat shundan iboratki, "Moreyrense" 90+55 hamda 90+64-daqiqadagi gollar evaziga g'alabani ilib ketdi.
Fikrlar