Mehmonda 9ta gol urgan “Lester” APL rekordini o'rnatdi
26 okt 2019 02:10
Yangiliklar
Mehmonda 9ta gol urgan “Lester” APL rekordini o'rnatdi
Angliya chempionatining 10-turida “Lester” mehmonda “Sautgempton”ga qaqshatqich zarba berdi.
“Tulkilar” raqib darvozasiga javobsiz to'qqizta gol urishdi va APL doirasida o'tkazilgan safardagi bahsda eng yirik g'alabani qo'lga kiritishdi. Bundan oldingi natija esa “Manchester Yunayted”ga tegishli edi. 1998/99 yilgi mavsum Aleks Fergyuson shogirdlari «Nottingem Forest»ni mehmonda 8:1 natijasi bilan tor-mor etishgandi.
SHuningdek, Brendon Rojers murabbiyligidagi jamoa Premer-liga tarixidagi eng yirik g'alabani takrorladi. 1994/95 mavsum “qizil iblislar” uyda «Ipsvich»ni 9:0 natijasi bilan engishgandi.
Fikrlar