9 daqiqada 5ta gol urgan futbolchi haqida eshitganmisiz?
23 sen 2015 00:30
Yangiliklar
9 daqiqada 5ta gol urgan futbolchi haqida eshitganmisiz?
Germaniya chempionatining 6-turidan o'rin olgan "Bavariya" - "Volfsburg" uchrashuvida Robert Levandovski penta-trik qayd etdi.
Uchrashuvni zaxira o'rindig'ida boshlagan Robert Levandovskini "Bavariya" ustozi ikkinchi bo'limning dastlabki daqiqasidanoq maydonga tushirdi. "Bavariya" esa bu vaqtga kelib 0:1 hisobida imkoniyatni boy berayotgandi. Uchrashuvning 51-daqiqasidan boshlab Levandovski "Volfsburg" darvozaboni Benaloni 9 daqiqa ichida besh marotaba ranjitishga erishdi penta-trik qayd etdi. Futbolda shunaqa ham bo'lib turadi. "Bavariya"ning Robert LevanGOLski degan "snayperi" 9 daqiqa ichida dahshatli yurishni amalga oshirdi.
Bundesliga tarixida ilk bor zaxiradan maydonga tushgan futbolchi bir o'yinda beshta gol urishi ekanligini ham eslatib o'tamiz.
O’xshash yangiliklar
19:10
"Barsa" Uilyamsning transferi barbod bo'lsa, "Bavariya" vingeri bilan shartnoma imzolashi mumkin 1
Fikrlar