So’nggi yangiliklar

02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  2 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  1 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  4 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  2 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  12 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  3 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  1 20:52"Интер" Канселу трансфери бўйича "Ал Ҳилол" билан келишувга эришди, аммо...  2 20:24"Ман Сити" Гвардиол ва Диашнинг жароҳати сабаб қишки трансфер ойнасида ҳимоячи сотиб олмоқчи  17 19:50"Бавария"нинг порлаб келаётган юлдузи "Реал"да ўйнашни орзу қилади  3 19:22Ашортиа: "Андроникашвили билан биргаликда "Андижон" яхши натижаларига эришиши учун ёрдам берамиз"  1 18:57Вадим Абрамов: "Аввал бизга етарлича баҳо беришмасди, энди эса даража кўтарилди"  5

86 yoshli jurnalist "Qo'qon-1912"ga atab sher yozdi Yangiliklar

86 yoshli jurnalist "Qo'qon-1912"ga atab sher yozdi

Malumki, "Qo'qon-1912" bu yil o'z o'yini va natijalari bilan ko'pchilikni xushnud etmoqda.

Yaqinda Qo'qondagi “Markaziy” stadionda bo'lib o'tgan yangi futbolchilarni tanishtiruv marosimida 86 yoshli faxriy jurnalist Mo'ydinjon ota Yo'ldoshev stadionga kelgan ishqibozlarga o'zining yangi sherini o'qib berdi. SHer "Qo'qon shunqorlari" deb nomlanadi. 

QO'QON SHUNQORLARI

(“Qo'qon-1912” futbol jamoasiga ataladi)


Futbol kezayotir yurtimiz bo'ylab,

Berayin Qo'qonning futbolin so'ylab.

Sardordan so'z ochsak Nosirjon o'zi –

Xo'p dadil to'p surar, qatiydir so'zi.


Darvozabon - yarim jamoa derlar,

O'yinda Azizxon “o'lguncha” terlar.

Jalil va Darkodan umidlar katta

Bahodir ko'rsatar o'zin albatta!


Muxlislarga suyuk bizning Javohir,

Raqib himoyasin buzishga qodir.

Jarima to'plarni mohir Murodjon –

Golga aylantirib qo'yyar har qachon!


Zarbalar bersa gar Berdiev Suhrob,

Ko'plab darvozabon bera olmas tob.

Olis yurtdan keldi Filipp Rayevac,

To'purarlikdan u berayotir dars.


Jamoa zo'r o'yin etsa namoyish,

Hamma shodu xurram, bo'lmagay koyish.

Ey, “Qo'qon-o'n ikki” belingni bog'la,

Qiyin o'yinlarga o'zingni chog'la.


Oldinda turibdi o'yinlar zo'ri,

G'olib chiqsang senga davraning to'ri.

Orzular ko'p albat, qoqadir qanot,

Muxlislar orzusi baxsh etsin najot.


Raqib darvozasi to'plarga to'lsin,

Omad va g'alaba Sen tomon bo'lsin,

Qo'qon shunqorlari bo'linglar omon!

Yana o'zing ko'rsat, Hasanov No'mon!

Mo'ydinjon YO'LDOSH.


Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика