So’nggi yangiliklar

15:30Суперлига. "Хоразм" – "Сурхон". Превью  0 15:07"Қизилқум" собиқ футболчиси Сербия клубига қайтди  0 14:40"Челси" асосий ҳимоячиси машғулот вақтида жароҳат орттириб олди  3 14:12Россия октябрь ойида Эрон терма жамоаси билан ўйнайди  1 13:42"Тоттенхэм" асосий ярим ҳимоячисини узоқ вақтга йўқотди  0 13:14Расман: "Реал" собиқ ҳужумчиси "Алавес"га ўтди  0 12:45Жоан Гарсия — Марк-Андре тер Штеген даврига якун ясаб бериши кутилаётган дарвозабон билан яқинроқдан танишамиз  1 12:21Расман: Томас Парти "Вильярреал" футболчисига айланди  0 11:53Модрич "Реал"га қайтиши мумкин  2 11:25Бахтсиз ҳодисада омон қолган Майкл Антонио "Вест Хэм"ни тарк этди  0 10:45Жанлуижи Доннаруммага ТОП клублардан таклиф тушди  3 10:12Можаро давом этади. Тер Штеген "Барселона" шифокорларини уйига киритишдан бош тортмоқда  16 09:40Фабрицио Романо ёзда "Челси"ни тарк этадиган икки нафар футболчи номини айтди  3 09:08МЮ Антонига нарх белгилади  1 08:36"Олтин тўп"га даъвогарларнинг янгиланган рейтинги эълон қилинди. Ким фаворит?  21

8+3. SHavkat Nasibullaev - futbolimizdagi eng omadsiz odam Yangiliklar

8+3. SHavkat Nasibullaev - futbolimizdagi eng omadsiz odam

Championat.asia'da "8+3" rukni davom etadi.

Bu gal saytimizda uzoq yillardan beri faoliyat yuritayotgan Zoir Tursunboevning fikrlariga quloq tutdik. Malumot uchun, siz Championat.asia'da tomosha qiladigan aksar videolavlar aynan Zoirbekning mehnat mahsuli bo'ladi.

— Siz o'yinlarini bevosita kuzatgan eng kuchli futbolchi kim?

— Lionel Messi.

— Siz ko'rgan eng chiroyli gol qaysi?

— Divok Origining "Barselona" darvozasiga urgan goli. O'shanda Trent to'pni burchakdan o'yinga kiritganida "ko'k-anorranglilar" yuzidagi hayratni qayta-qayta ko'rish yoqadi.


— Futbol olamida boshqalardan mutlaq ajralib turadigan shaxs kim?

— "Milan" etakchisi Zlatan Ibragimovich.

— O'zbekiston terma jamoasini boshqargan eng kuchli murabbiy kim?

— O'ylashimcha, hali unaqasi bo'lmagan.

— O'zbek futbolidagi eng omadsiz shaxs kim?

— "Neftchi" va "Turon" jamoalari o'rtasidagi uchrashuvni boshqargan SHavkat Nasibullaev. O'yin oxirida unga nisbatan katta hurmatsizlik bo'lgandi.

— Sizningcha, bugun o'zbek futbolining qaysi jihatlari tanqidga loyiq?

— Tanqidmi? O'yinlarni tashkillashtirish, stadionlarda muxlislarga yaratilgan sharoitlar juda yomon. Arenada ko'ngil ochish uchun etarli sharoitlar bo'lmagani uchun ham ishqibozlar stadionlarga kelmay qo'ydi. Bir so'z bilan aytganda, klublar muxlislar uchun ishlamaydi. Muxlislarni qo'ya turing, bazi stadionlarda jurnalistlar kompyuterini quvvatlashii uchun qurilma ham yo'q. SHuningdek, translyaciyalar va maydon sifatini yaxshilash payti ham allaqachon etib keldi.

— Siz bevosita stadiondan kuzatgan eng oxirgi o'yin?

— So'nggi paytlarda Superliga bahslarini ofisdan kuzatishga majbur bo'lyapman. CHunki muxlislar uchun o'yinlardagi xavfli vaziyatlar jamlanmasini tayyorlashim kerak. Oxirgi bor "Surxon" va "Metallurg" jamoalari o'rtasidagi o'yinga tushgandim. O'shanda bekobodliklar so'nggi daqiqalarda gol urib, g'alabani ilib ketishgan.

— O'zingiz o'yinlarini kuzatgan futbolchilar orasidan ramziy jamoa tuzib bering.

Darvozabon: Buffon.

Himoyachilar: Aleksander-Arnold, Aspilikueta, Serxio Ramos, Marselo.

Yarim himoyachilar: Son, Kante, Modrich.

Hujumchilar: Messi, Levandovski, Ronaldu.

— Hayotdagi kumiringiz kim?

— Kumirim yo'q. Saxiy va halol insonlarga havas qilaman, ularga o'xshagim keladi.

— O'zingizga yoqmagan tarafingiz qaysilar? Kamchiliklaringiz...

— Juda ko'p. SHularni to'g'rilashga harakat qilyapman.

— Hayotingizning burilish nuqtasi sifatida qaysi voqeani eslaysiz?

— Hozircha meni hayron qoldiradigan voqea ham, hayotimni o'zgartiradigan katta burilish ham bo'lmagan.

8+3. To'y kuni, Mirjalol Qosimov va Rivaldo haqida — Kamoliddin Alimov

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика